O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Lizing - mol-mulkni vaqtincha foydalanishga topshirish bilan bog’liq 
bo’lgan mulkiy munosabatlar majmui. Lizing shartnomasi bo’yicha ijaraga 
beruvchi (lizing beruvchi) o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkni (masalan, qurilish 
texnikalari) lizing oluvchiga vaqtincha egalik qilish va undan foydalanish (ijaraga 
berish) yoki ijaraga beruvchi (lizing oluvchi) tomonidan muayyan sotuvchidan 
olingan mol-mulkni sotib olish va shu mol-mulkni (qurilish mashinalari va asbob-
uskunalar) ijarachiga tadbirkorlik maqsadlarida vaqtincha egalik qilish va undan 
foydalanish uchun haq to’lash evaziga topshirishga majbur. 
Loyiha - qurilishi rejalashtirilayotgan bino, inshoot va ularning 
komplekslarini to'liq ifodalovchi texnik hujjatlar majmuasidir; u chizma, 
tushuntirish xati va smetalardan iborat. 
Loyihani boshqarish - loyiha maqsadiga erishishni ta’minlovchi loyiha 
elementlari o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash, o’rnatish, tartibga solish va 
rivojlantirish. 
Marketing – firma yoki korxona ishlab chiqarish-sotish faoliyatini 
boshqarish funksiyalaridan biridir, uning vazifalari qatoriga bozorni kompleks 
tahlil qilish va firmaning rivojlanish yo’nalishlari hamda kelajakdagi faoliyatini 
aniqlashdir. 
Menejment - (ingl. management - boshqaruv, boshqaruv tizimi) korxona 
ishi samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan boshqaruvning zamonaviy
texnologiyalari, tamoyillari, uslublari, vositalar va shakllari majmuidir. 
Mehnat unumdorligi – mehnat xarajatlari samaradorligi. U ishchi xodim 
tomonidan vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot 
birligini ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqti miqdorida ifodalanadi. 


187 
Mehnatga haq to’lash shakllari – mehnatga haq to’lashning ikki shakli 
mavjud: ishbay va vaqtbay. U yoki bu haq to’lash shakllaridan foydalanish qurilish 
ishlab chiqarishining aniq shartlariga bog’liq bo’ladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling