O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
4 4 6 6 6 Kapital mablag’lar ajratadigan korxonalar, investorlar moliyaviy holati Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash uchun investitsiya ajratuvchi korxonalarning moliyaviy ahvoli Qurilishda pudrat ishlari bozori. Qurilish korxonalari o’rtasidagi raqobat Qurilish materiallari yetkazib beruvchi korxonalar. Qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari chiqarish 177 7 8 12.3 - rasm. Qurilishda o’tkazish mumkin bo’lgan ishlab chiqarish diversifikatsiyasi Diversifikatsiya maqsadlaridan kelib chiqqan holda uning mumkin bo’lgan natijalari haqida bashorat qilish, foyda va sarf-xarajatlarning nisbatlarini oldindan hisoblash, korxona faollari va ishchilari sonini oldindan aniqlash mumkin. Mezon (kriteria) ko’rsatkichlari tizimidan foydalanish qurilish korxonasi mutaxassislariga ishlab chiqarish diversifikatsiyasi tufayli erishish mumkin bo’lgan natijalarni oldindan baholash imkonini beradi. O’tkaziladigan ishlab chiqarish diversifikatsiya variantini tanlash uchun qurilish korxonalarining marketing yondashuvdan foydalanishi ancha maqsadga muvofiqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida har qanday korxona o’zining bir yoki bir-nechta tovarlariga bo’lgan talab-ehtiyojning pasayishiga to’qnash keladi. Bunday vaziyatda konyukturaning pasayish sabablarini tahlil qilish va yangi maqsadli bozorlarni izlab topish yo’li bilan sotiqni yana o’z o’rniga qo’yish yoki tovar xarakteristikasini o’zgartirish orqali ko’zlangan maqsadga erishish mumkinligini aniqlash zarur bo’ladi. Qurilish korxonalari ishlab chiqarish diversifika- tsiyasi: a) bog’langan turdagi; b) bog’lanmagan turdagi Loyiha-qidiruv hamda injiniring ishlari va xizmatlari Qurilish texnikasi, ofis va ishlab chiqarish joylari va ombor-xonalarni arendaga berish Milliy iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi ishlab chiqarish turlari Uy-joy-kommunal xo’jaligi xizmati sohasi Avtotransport xizmati: yuklarni tashish, avtotransportni таъмирлаш ва техник хизмат кўрсатиш 178 Marketingning vazifasi – bu tovarni takomillashgan yondashuv asosida taklif qilish evaziga talab-ehtiyojning pasayishini to’xtatishdan iboratdir. Axborot olishning hamma ijobiy tomonlariga ega bo’lgan marketing qidiruvlari axborot olish manbalari ichida eng qimmati deb hisoblanadi. Ko’plab qurilish korxonalarini moliyaviy mablag’lar yetishmaydigan sharoitlar faqat eng muhim axborotlarni olish zururiyatigina ularni bunday axborot manbayiga murojat qilishga majbur etadi. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini o’tkazishning yuzaga kelishi va uning bozor imkoniyatlarini baholash ko’plab variantlarning vujudga kelishiga olib keladi, bu variantlar ichidan qurilish korxonasi imkoniyatlari ko’proq darajada mos keladigan faqat bitta variantni tanlash zarur bo’ladi. Diversifikatsiya variantini nazariy tanlash (asoslash) quyidagi tartibda olib boriladi. Qurilish korxonasi ishlab chiqarish va qurilish buyumlarni ishlab chiqarishni “X” buyumlarni ma’lum deb hisoblaydi. “X” buyumlarni ishlar va xizmatlar namenklaturasiga kiritish uning maqsadlariga va mavjud bo’lgan resurslariga muvofiq keladi, ya’ni korxonaning ishlab chiqarish bazasi, tarkibi shchi- xodimlarning saviyalari “X” buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini bersa, mavjud bo’lgan moliyaviy mablag’lar va xo’jalik aloqalari ishlab chiqarishni zarur bo’lgan resurslpar bilan ta’minlash va yangi mahsulot sotilishini tashkillashtirib beradi. Diversifikatsiyaning bunday variantini yangi bozorning ahamiyati va o’ziga xos jihatlarini o’zlashtirish nuqtai nazaridan o’rganish taqoza etiladi. Diversifikatsiyaning ushbu variantini amalga oshirish imkoniyatlarini quyidagi tartibda olib boriladi: - talab-ehtiyoj o’rganiladi va bashorat qilinadi; - yangi bozor o’zlashtiriladi (bozorni segmentlash amalga oshiriladi); - maqsadli segmentlar o’rnatiladi; - bozorda chiqarilayotgan buyum turi joylashuvi (pozitsiyasi). Ishlab chiqarilgan “X” buyumlarni bozorga olib chiqishni ko’zda tutgan qurilish korxonasi tomonidan bozorning hozirgi va kelgusi ko’lamini aniq 179 bahlanishi taqoza etiladi. Bozorning hozirgi holatini baholash uchun korxona bozorda o’zinikiga o’xshash buyumlarning mavjudligini aniqlamog’i va ulardan har birining sotilish hajmini baholashi zarur bo’ladi. Qurilish korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan “X” yangi buyumning bozorda sotilishi o’suvchan bo’lishliligi taxminiy xarakter kasb etadi. SHuning uchun marketing bo’limi mutaxassislar oldida yangi yuozor perspektivasini aniqlash masalasi ko’ndalang turadi. Salohiyatli xaridorlarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini qoniqtirish uchun korxonaning samarador xizmat ko’rsata olish holatini aniqlashda marketing xizmatini bozorni segmentlashtirish protsedurasi yordam beradi. Bozorni segmentlashtirish ma’lum parametrlarga tayangan holda uni (bozorni) iste’molchilarning aniq guruhlariga ajratish orqali amalga oshiriladi, bunda ulardan har biri uchun alohida ishlar, tovarlar yoki xizmatlar va mos ravishda marketing komplekslari talab etilishi mumkin. Korxona bozorni segmentlashtirishda mumkin bo’lgan turli parametrlardan foydalanishi mumkin. Bozorni segmentlashtirish uchun asosiy parametr sifatida iste’molchilar manfaatini, iste’mol qilinish jadalligini, iste’molchilar maqolini yoqlaydigan daromadlar mavqeini (darajasini) olish mumkin. Segmentlashtirish korxona o’z mahsuloti bilan chiqish ko’zda tutilgan bozordagi turli segmentlarning imkoniyatlarini ochib beradi. So’ngra korxonaga qancha segmentlarni egallash va ular ichidan eng ma’qullarini aniqlash zarur bo’ladi. Korxona bozorni egallashning uchta usulidan foydalanishi mumkin: nodifferentsial marketing, differentsiallashgan marketing, kontsentratsiyalashgan marketing. Birinchi vaziyatda qurilish kooxonalari segmentlarning farqlanishini inobatga olmaydi va butun bozorga birdaniga bir xil takliflar bilan murojaat qiladi. Ikkinchi vaziyatda korxona bir nechta segmentlarga chiqishni ko’zda tutadi va ularning har biri uchun alohida takliflar ishlab chiqadi. Uchinchi vaziyatda esa katta bozorda katta bo’lmagan hissaga kontsentratsiyalanishni kuchaytirish o’rniga firma takliflarni bitta yoki bir nechta sub’nkovlarning katta hissasiga 180 kontsentratsiyalashtiradi. Oxirgi variant chegaralangan resurslarga ega bo’lgan korxonalar uchun kancha qo’l keladi. Bir vaqtning o’zida kontsentratsiyalashgan marketing yuqori darajadagi taxmin (xavf-xatarga yuz tutish) bilan bog’langandir, chunki tanlangan segment raqobatchilarning ko’payib ketishi tufayli ko’zlangan umidlarni oqlamasligi mumkin. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling