O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
2010-2011
2011-2012 2012-2013 2013-2014 2014-2015 2015-2016 2016-2017 davlat odavlat 3.3.-rasm. Asosiy fondlarning ishga tushirilishida mulkchilik shakllarining taqsimlanishi 6 Respublikada uy-joy qurilishining nodavlat sektorda, xususan yakka tartibda turar joy binolari qurilishining yuqori sur’atlar bilan olib borilishi natijasida qurilish materiallari va buyumlarini ulgurji va chakana savdo qilish bozorlarining yanada kengayishi va rivojlanishiga olib kelmoqda. Shuningdek, bu o’z navbatida aholini arzon, har tomonlama qulay va shinam uylar bilan ta’minlashda imtiyozli ipoteka kreditlari berilishini yanada takomillashishiga olib keladi. Agarda fikrimizni yanada davom ettirsak, ushbu jarayonlar uy-joy qurilishi qonunchiligi hamda ushbu sohadagi mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Oxirgi yillarda uy-joy qurilishiga kiritilgan investitsiyalar hajmi tahliliga qaraydigan bo’lsak, uning yildan-yilga o’sayotganini ko’rish mumkin. Investitsiyalar hajmi 2008 yilda 880,2 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2017 yilga kelib, ushbu ko’rsatkich 11068,8 mlrd. so’mga yetdi yoki 12,6 martaga 6 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan. 31 oshgan. 7 Shu bilan birgalikda, ushbu davr oralig’ida turar joy qurilishiga kiritilgan investitsiyalar hajmining boshqa sohalarga nisbatan solishtirma ulushi 9,2 - 16,2 foiz oralig’ida bo’lib keldi. 8 Bu o’z navbatida davlatimiz tomonidan mazkur ijtimoiy-iqtisodiy sohaga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. O’zbekistonda asosiy fondlarni ishga tushirish ko’rsatkichlari uy-joy qurilishi hisobiga dinamik ravishda o’sayotganini ko’rish mumkin. Agarda 2008 yilda foydalanishga topshirilgan turar joy ob’ektlari 7290,0 ming kv.m. ni tashkil etgan bo’lsa, u holda 2017 yilda ushbu ko’rsatkich 11456,4 ming kv. m. ga yetdi yoki 1,6 martaga oshdi. 9 Yuqorida zikr etilganlar shuni ta’kidlaydiki, hozirgi kunda mamlatkatimizning barcha hududlari, xususan viloyat, shahar va qishloqlarda Yurtboshimiz rahnomaligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida yuqori sur’atlarda turar joylar, ijtimoiy va bozor infratuzilma ob’ektlari, yo’l- transport hamda muhandislik kommunikatsiyalari barpo etilmoqda. 2018 yil 1 yanvar holatiga respublikada uy-joy fondi hajmi 507,5 mln. kv.m. ga yetdi. Uning bir kishiga to’g’ri keladigan hajmi esa o’rtacha 15,7 kv.m. ni tashkil etadi. 10 Quyidagilar kapital qurilish tarmog’ini rivojlantirishning asosiy vazifalari va yo’nalishlari sifatida, xususan asosiy fondlarning ishga tushirilishi va ulardan samarali foydalanish, loyiha va pudrat tashkilotlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash va ularning nufuzini oshirish hamda shu orqali qurilish ishlab chiqarishi samaradorligini ta’minlash va boshqa shu kabi o’z yechimini kutayotgan muhim masalalar keltirilgan: Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling