O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

Konsalting – bu ixtisoslashtirilgan kompaniyalarning qurilish materiallari 
sanoatidagi qurilish-montaj tashkilotlari va korxonalariga barcha iqtisodiy 
masalalar, shu jumladan ularning tashqi iqtisodiy faoliyati bo’yicha maslahatlar 
bera oladigan maqsadli faoliyatidir.
Qurilish majmuasida konsalting kompaniyalar qurilish xizmatlari va 
materiallari bozorini tadqiq qilish va bashorat qilish; jahon bozorlari, birinchi 
navbatda yaqin davlatlar bozori kon’yunkturasini tadqiq etish; investitsiya 
loyihalarining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish; qo’shma korxonalarni barpo 
etish va boshqalar bilan shug’ullanadi.
Injiniring va konsalting kompaniyalaridan farqli ravishda 1999 yildan 
boshlab respublikada lizing kompaniyalari ham rivojlana boshladi. Ushbu 
kompaniyalarning rivojlanishiga 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi 756-I-son qonuni (2016 yil 27 dekabrda 
o’zgartishlar kiritilgan), shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 23 


41 
oktyabrdagi “Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish” 
to’g’risidagi 462-son qarori muhim turtki bo’ldi. Mazkur qonun va qarorlarning 
qabul qilinishi munosabati bilan qurilish-montaj tashkilotlarining ob’ektlarni to’liq 
bitkazgunga qadar bo’lgan muddatga qurilish texnikalari va mashina-
mexanizmlarini chetdan jalb etish bo’yicha imkoniyatlari yanada kengaydi. 
Qurilish-montaj tashkilotlarining texnikalardan oqilona foydalanish va ularni 
ekspluatatsiyasi bo’yicha barcha rejimlarga rioya etish bo’yicha mas’uliyatlari 
yanada oshdi.
Lizing kompaniyalarining muvaffaqiyatli rivojlanishida davlat tomonidan 
har tomonlama o’ylab berilgan barcha preferentsiya va imtiyozlar muhim 
hisoblanadi. Lizing to’lovlari qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qiindi; 
mamlakatga olib kelinayotgan texnologik uskunalar boj to’lovi va qo’shimcha 
qiymat solig’idan ozod qilindi; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar – lizing oluvchilar 
esa lizing shartnomasi muddati davomida mol-mulk solig’idan ozod qilindi. 
Lizing, boshqa faoliyatlarga nisbatan tashqi savdo, kredit va investitsiya 
jarayonlarining barcha elementlarini o’zida birlashtiruvchi investitsion va 
tadbirkorlik faoliyatining yangi va istiqbolli turlaridan biri hisoblanadi. Umuman 
olganda, lizing mazmun-mohiyati jihatidan mol-mulklar sotib olingandan keyin, 
ularni keyinchalik jismoniy yoki yuridik shaxslarga ma’lum bir mablag’ evaziga 
hamda aniq muddat va shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishda paydo 
bo’ladigan mol-mulk va iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. 
Qurilishda ko’chuvchi va ko’chmas mulk lizinglarini ajratish kerak bo’ladi. 
Ko’chuvchi mulk lizingi ob’ektlariga quyidagilar kiradi: transport vositalari, 
qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, mobil zavodlar, hisoblash texnikasi 
vositalari. Ko’chmas mulk lizingi ob’ektlariga esa ishlab chiqarishga mo’ljallangan 
bino va inshootlar kiradi. Bozor sektori bo’yicha lizinglar ichki va xalqaro turlarga 
bo’linadi. Muddati jihatidan lizinglar uzoq muddatli (3 yil va undan ortiq), o’rta 
muddatli (3 yilgacha) va qisqa muddatli (1,5 yilgacha) bo’ladi. Amaliyotda mazkur 
lizing turlarining barchasi tarqalgan bo’lib, ular mos ravishda qonun osti va 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlangan. 


42 
Lizing kompaniyalari, tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi, bunda lizing 
loyihasining barcha shartlari to’liq o’rganiladi. Lizing loyihalarini kompleks 
ekspertiza qilish lizing bitimlarini tuzishning majburiy shartlaridan biri 
hisoblanadi. Ushbu jarayon murakkab bo’lib, uning ko’p elementlari respublika 
sharoitida yetarlicha rivojlanmagan hamda chuqur o’rganilmagan.
Loyiha ekspertizasi - marketing tadqiqotlari, axborot ta’minoti, texnika va 
moliya ekspertizasi, tavakkalchilikni baholash, shartnomaviy narxlarni to’g’ri 
aniqlash va loyiha qiymatini hisoblash kabi ishlarning o’tkazilishini ko’zda tutadi.
Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirokorlikni rivojlantirishning 
aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, bunda asosiy e’tiborni sohada raqobat
muhitini rivojlantirish va monopoliyaga qarshi faoliyatni davlat tomonidan 
tartibga solishni takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida kabi, qurilish sohasida ham raqobat 
muhitini rivojlantirish mexanizmi asosida ko’zlangan natijalarga erishish mumkin. 
Buning uchun qurilish sohasida kichik va xususiy korxonalar faoliyatini 
rivojlantirish, aktsiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarini boshqa mulk 
shakllardagi korxonalarga aylantirish jarayonlarini takomillashtirish, sohada 
xizmat qiluvchi yangi tuzilmalarni, ayniqsa konsalting, injiniring, lizing va ijara 
firmalari hamda kompaniyalarini tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish 
uchun yetarli darajadagi qulay huquqiy va iqtisodiy jihatdan imkoniyatlarni 
yaratish talab qilinadi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, xo’jalik yuritish mexanizmini davlat bevosita 
belgilaydigan tarmoqlar “boshqariladigan” tarmoqlar deb yuritiladi. Bunday 
tarmoqlar tarkibi turli mamlakatlarda turlicha bo’lsa-da, ko’plab mamlakatlarda, 
masalan AQShda boshqariladigan tarmoqlar jumlasiga temir yo’l, aviatsiya va 
transportning boshqa turlari, bir qator yoqilg’i-energetika, gaz ta’minoti, elektr 
quvvati va ko’plab turdagi kommunal xizmatlar va boshqalar kiradi. 
Milliy iqtisodiyotda monopoliyaga qarshi muammolarni hal etish unda yuz 
berayotgan xo’jalik jarayonlariga davlat ta’siri vositalarining muayyan tizimidan 


43 
foydalanishni taqozo etadi. Ushbu tizimning asosiy tashkil etuvchilari sifatida 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling