40
O’zbekistonda injiniring va konsalting kompaniyalari 2005
yildan boshlab
rivojlana boshladi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 fevraldagi Qaroriga binoan
respublikada mazkur kompaniya va tashkilotlar faoliyat yurgizishlari uchun
tayyorgarlik ishlari, tegishli uslubiy va xuquqiy xarakterdagi
tavsiyalar hamda
mexanizmlar ishlab chiqildi.
Injiniring kompaniyalari asosan injenerlik-maslahat xizmatlari, ya’ni
tijorat xarakteridagi qurilish mahsuloti va materiallarini
ishlab chiqarishni
tayyorlash va ta’minlash hamda amalga oshirish; qurilishga xizmat ko’rsatish va
yangi ishga tushirilgan ob’ektlarning ekspluatatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan
xizmatlar majmuini bajaradi.
Respublikadagi mavjud injiniring kompaniyalarini faoliyat yo’nalishi
jihatidan quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: 1-guruhga – qurilish va qurilish
materiallari sanoatida ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash va 2-guruhga esa –
tayyor qurilish ob’ektlari, qurilish materiallari va boshqalarni
ishlab chiqish va
ularni amalga oshirish jarayonlarining normal kechishi bilan bog’liq bo’lgan
xizmatlar bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: