O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsion-qurilish


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

4.2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsion-qurilish 
faoliyatining rivojlanishi 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash – bu iqtisodiyotni yangi va yanada ilg'or 
texnologiyalardan foydalanishga yo'naltirgan holda asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining uzluksiz va dinamik ravishda yangilanish jarayonidir. Shuning uchun 
investitsion resurslarni operativ boshqarishni ta'minlash va investitsion-qurilish 
faoliyati samaradorligini oshirish asosiy vazifalar sanaladi. 
Bunday sharoitlarda investitsion strategiya aniq harakatlar dasturi, g'oyalar 
va rejalarni haqiqat maydoniga aylantirishni ifodalaydi. Bunga erishish uchun 
investitsion strategiyani butun respublikaning ishlab chiqarish kuchlarini yanada 
rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlarni yaratish, mavjudlarini yuqori sifatli qayta 
qurish va texnik jihatdan qayta jihozlash hamda qisman ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan 
kompleks investitsion-qurilish dasturi qo'llab-quvvatlanishi kerak.
Ushbu dastur, 
bizning fikrimizcha, birinchi navbatda quyidagi savollarga javob berish kerak: 
nima, qaerda va qanday qilib o’zlashtirish yoki qurish kerak, shuningdek, o'z 
kuchlari va mablag'lari, xuddi shuningdek, xorijiy investitsiyalar hisobiga 
nimalarni qurish mumkinligini belgilash. 
Ushbu 
turdagi 
faoliyatning 
birinchi 
bosqichi 
bo’lib, 
buyurtmachi(investor)ning talablari va manfaatlariga muvofiq loyihalash


51 
shuningdek uning amalga oshirilishi davomida, moliyalashtirish hajmi bilan 
aniqlanadigan parametrlarda ob’ekt modeli(loyihasi)ni yaratish hisoblanadi. Shuni 
ta’kidlash mumkinki, investitsion-qurilish faoliyati boshqa tarmoqlardan farqli 
qiladi, ularning aksariyati texnologik jihatdan mustaqil va yopiq ishlab chiqarish 
siklligi, yagona texnik bazaga ega ekanligi, ishlab chiqarishning ixtisoslanganligi 
va boshqalar bilan tavsiflanadi. Shu bilan birgalikda loyihalash, investitsion- 
qurilish jarayonining eng muhim bosqichi sifatida pudrat tashkilotlarining ishlab 
chiqarish faoliyati samaradorligi va boshqa ko'rsatkichlariga katta ta'sir 
ko'rsatmoqda. Shu boisdan, loyihani ishlab chiqish samaradorligi investitsion- 
qurilish kompleksi samaradorligini ta'minlashning muhim sharti hisoblanadi. 
Iqtisodiyotga horijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasi emas, balki ularni 
qo'llashning taktikasi ham diqqatga sazovordir. Ular bugungi kunda asosan yirik va 
ustuvor tarmoqlar hamda ishlab chiqarish sohalariga qo’yilmoqda. Shu bilan birga 
ular, geografik jihatdan ham kengaymoqda. 
Iqtisodiy faoliyatning turli yo'nalishlari investitsion jozibadorlikning turli 
darajalariga ega. Vazifa shundan iboratki, investitsiya loyihalarining haqiqiyligi va 
ularning amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy foyda va texnik muvaffaqiyat olib 
kelinishi nafaqat buyurtmachi, balki butun iqtisodiyotning bosqichma-bosqich 
rivojlanishi nuqtai nazaridan ham amalga oshirilishi lozim. 
Innovatsion rivojlanish davrida korxonalar mumkin bo’lgan rivojlanish 
yo'nalishlari va mavjud mablag'larni hisobga olgan holda o'z faoliyatini maqsadli 
ravishda amalga oshirishi kerak. 4.1-rasmda shunday yo'nalishlar majmui va ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish vositalari ko'rsatilgan. 
Tanlov (tender) tizimining rivojlanishi qurilish tashkilotlari va korxonalarini 
investitsiyalash jarayonini biroz murakkablashtiradi, biroq pudrat- qurilish ishlarini 
yangi darajaga olib chiqishga imkon beradi, bu esa o’z navbatida investitsion-
qurilish jarayoniga ta'sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillarni oldindan bilishga 
imkon beradi. 


52 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling