O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
-rasm. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo'nalishlari
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
4.1. -rasm. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo'nalishlari
va vositalari Boshqarishning barcha darajalarida investitsion-qurilish loyihalarining iqtisodiy jihatdan asoslanganligi, shuningdek investitsion-qurilish jarayoni ishtirokchilarining faoliyati va ayni paytda mas'uliyati - investitsiyalar samaradorligini oshirish va milliy iqtisodiyotni yuksaltirishda qurilish mahsulotlarining rolini oshirish hamda ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning muhim shartidir. 4.3. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda investitsiya loyihalarining roli va ahamiyati Investitsiya loyihasi – bu ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish va mavjud ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning Sifatni boshqarish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy etish Chiqindilarsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish Mahalliy resurslarga asoslangan innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish Ishlab chiqarish sarf- xarajatlarini kamaytirish va resurslarni tejash Ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini kengaytirish Eskirib qolgan uskunalarni foydalanish jarayonidan chiqarish Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish 53 turli tarmoq va sohalariga kapital qo’yilmalarni sarflash bo'yicha kompleks chora- tadbirlarni nazarda tutuvchi hujjatdir. Ushbu qo’yilmalar: 1. Yangi qurilish; 2. Mavjud korxonalarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish; 3. Ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va mehnat vositalariini modernizatsiya qilish; 4. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy darajada saqlash uchun sarflanadi. Investitsiya loyihasini ma'lum bir ob'ektni qurish bilan bog'liq bo'lgan texnik, iqtisodiy, tashkiliy, konstruktiv va boshqa echimlar ko'rsatilgan qurilish loyihasidan ajratish kerak. Ya'ni, qurilish loyihasi - bu texnik-iqtisodiy asoslash, tushuntirish xati, u yoki bu ob’ektni qurish bilan bog'liq bo'lgan chizmalar va smetalarni o'z ichiga olgan hujjatlardir. Masalan, tushuntirish xatida loyihaning g'oyalari va uning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari asoslanadi. Chizmalar loyihalashtirilayotgan ob'ekt to’g’risida tassavurni beradi va shu bo’yicha qurilish amalga oshiriladi. Smeta qurilish qiymatini tavsiflaydi va uning asosida esa moliyalashtirish ishlari hamda navbatdai pullik hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Qurilish loyihasi boshqa turdagi hujjatlarni ham o'z ichiga olishi mumkin, masalan, qurilishni tashkil etish loyihasi (QTL), ishlab chiqarish loyihasi (IChL), materiallar, konstruktsiyalar va uskunalarni yetkazib berish jadvallari va boshqalar. Bir so'z bilan aytganda, qurilish loyihasi, ko’pincha usta, katta usta, qurilish uchastkasi va boshqarmalari boshliqlarining qo'lida ko’proq turadigan hujjatdir. Moliyalashtirish manbalari va qurilishga ajratilgan er maydonlari bilan tasdiqlangan qurilish loyihalari qancha ko'p bo'lsa, shunchalik qurilish buyurtmalari "portfeli" to'liq bo’ladi. Yana, investitsiya loyihalariga qaytamiz. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari investitsiya loyihalari xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, bank va umuman moliya-kredit tizimini takomillashtirish, mavjud muhandislik kommunikatsiyalarni modernizatsiya qilish, ekologiya va atrof-muhitni 54 sog'lomlashtirish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va hokazolar maqsadida ham ishlab chiqilishi mumkin. Ko'rib turganingizdek, turli darajalarda va turli maqsadlarda investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo'g'ini bo'lganligi sababli yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, milliy daromadning "vazmini" ni sezilarli darajada belgilab berganligi bois aynan mana shu bo'g'in darajasidagi investitsiya loyihalarni ishlab chiqish strategiyasi alohida qiziqish uyg'otadi. Investitsiya ob'ektlari tavsifiga ko’ra turli xil bo'lishi mumkin. Kapital qo'yilmalarning tipik ob'ektlari bo’lib, yer, bino va uskunalarga bo’lgan xarajatlar hisoblanadi. Korxonaning har xil sotib olish xarajatlaridan tashqari uzoq vaqt davomida daromad keltiruvchi boshqa ko'plab xarajatlarni amalga oshiradi. Bunday xarajatlar, masalan, tadqiqotlar, mahsulotlarni takomillashtirish, uzoq muddatli reklama, sotish tarmoqlari, korxonalarni qayta tashkil etish va xodimlarni o’qitishga yo'naltirilgan investitsiyalardir. Investitsiyalar ishlab chiqarish vositalari sohasida, ya'ni real investitsiyalar shaklida joylashtirilishidan tashqari, moliyaviy jihatdan ham bo'lishi mumkin va ular qimmatli qog'ozlarni sotib olishni anglatadi. Investitsiya yo'nalishini tanlashning asosiy vazifasi ob'ekt uchun qo’yilgan mablag’larning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdir. Har bir ob'ekt uchun alohida loyihani amalga oshirish tavsiya etiladi. Shunday qilib, quyidagilar investitsiya ob'ektlari hisoblanadi: 1.Qurilayotgan, rekonstruktsiya yoki kengaytirilayotgan korxonalar, binolar, inshootlar (asosiy fondlar); 2. Davlat va hududlar miqyosidagi dasturlar; 3. Qimmatli qog'ozlar. Investitsiyalar mahsulotlarni (resurslar, xizmatlar) va uning elementlari (bosqichlari)ni yaratishda to'liq ilmiy-texnik va ishlab chiqarish davrlarini qamrab olishi mumkin: ilmiy tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari, mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, yangi ishlab chiqarishni yoki yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, utilizatsiya va hokazo. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling