O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulkchilik shakllari boyicha kapital qoyilmalarning tuzilmasi
Kapital qo'yilmalar yangi qurilish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga
yo'naltirilgan bo’lib, u quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi: - qurilish-montaj ishlari; - mashina va uskunalarni sotib olish; 47 - loyiha-qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga bo’lgan xarajatlar. Kapital qo'yilmalar tarkibida ushbu turdagi xarajatlar investitsiyalarning texnologik tarkibini belgilaydi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo'naltirilgan kapital qo'yilmalarning umumiy hajmida quyidagi tarkibiy tuzilmalar yaratildi: qurilish-montaj ishlari qiymati 55-60 %, mashinalar va uskunalar sotib olish xarajatlari 35-30 %, loyiha-qidiruv ishlari esa 10 % ni tashkil etadi. Mulkchilik shakllari bo'yicha kapital qo'yilmalarning tuzilmasi - bu davlat, aktsiyadorlik, qo'shma, ijara va boshqa jamoaviy korxonalar boyicha investitsiyalarni taqsimlash hisoblanadi. Bu nafaqat kapital qo'yilmalardan foydalanish, balki ularni shakllantirish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, kapital qo'yilmalarning samarali tuzilmasi ularning xarajatlariga teng bo'lib, eng arzon narxlardagi foyda oladi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, kapital qo'yilmalarning samarali tuzilmasi ularning tejalishi hamda minimal xarajatlar orqali ko'proq foyda olishga baravardir. Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilish xarajatlari va mavjud ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlash o'rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Bugungi kunda va kelajakda investitsion faoliyatni rivojlantirish O'zbekistonning iqtisodiy siyosatidagi muhim yo’nalishlaridan sanaladi. Investitsiyalarsiz milliy iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiyotning o'sishi va aholi turmush darajasining yuksalishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to'g'risida" gi qonunida 13 investitsion faoliyat sohasidagi, ayniqsa xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha kafolat va choralar to’g’risidagi qonunchilik hamda O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish munosabatlarining xususiyatlarini aks ettiradi. Ushbu qonunga muvofiq, sarmoyador(investor)lar: 13 O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 9-dekabrdagi "Investitsiya faoliyati to'g'risida" gi O’RQ-380-son qonuni (yangi tahrirdagi). http://lex.uz/docs/2513898 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling