O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- tashkiliy-huquqiy mexanizmlar;
- boshqarilayotgan tarmoqlarga xususiy kapitalning kirib borish sharoitlarini belgilash; - narx shakllanishi mexanizmi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishida raqobat muhitini takomillashtirish va uning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo’yicha quyidagi asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: - xususiy va davlat monopoliyasini cheklash, iqtisodiy kuchlarni haddan tashqari markazlashuvining oldini olish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari erkinliklarini oshirish asosida qulay raqobat sharoitini vujudga keltirish; - soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish, tavakkalchilikni pasaytirish va kichik biznes korxonalari faoliyati barqarorligini t’minlashga yordam berish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishda turli xil byudjetdan tashqari fondlar hamda kreditlar uyushmalari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini davlat buyurtmalarini bajarishga yanada keng jalb qilish va bu sohada ularga imtiyozlar taqdim etish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga axborot va maslahat xizmatlari ko’rsatishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish. Shunday qilib, hozirgi paytda respublikaning barcha tarmoq va sohalarida modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash jarayoni amalga oshirilayotganligi kabi qurilish tarmog’ida ham iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish ishlari faol amalga oshirilmoqda. Xususan, mutlaqo yangi tuzilmalar: injiniring, konsalting, lizing va ijara firmalari hamda kompaniyalarini paydo bo’lishi va ularning erkin faoliyati uchun huquqiy bazani 44 takomillashtirish, me’yoriy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, bu borada rivojlangan davlatlar tajribalarini o’rganish, jahon standartlari darajasida axborot ta’minoti va ish yuritishni tashkil etish, ularning moliyaviy ta’minoti kabi muhim printsipial vazifalarni hal etishda printsipial va tizimli jihatdan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling