46
Mavjud korxonaning kengaytirilishi - yoxud yangi loyihalar bo’yicha
keyingi qo'shimcha ishlab chiqarish ko’mplekslari navbatlari qurilishi,
yoxud
asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarish sex(ustaxona)lar
qurilishi yoki kengaytirilishi hisoblanadi. Odatda, u faoliyat ko'rsatayotgan
korxona hududida yoki qo'shni (tutash) maydonchalarda amalga oshiriladi.
Qayta qurish (rekonstruktsiya) – bu to’liq yoki qisman qayta jihozlash,
yoki
mavjud
korxonanani
ishlab
chiqarishni
mexanizatsiyalash
va
avtomatlashtirish orqali ma'naviy eskirgan va jismonan emirilgan uskunalarni
almashtirish hamda texnologik bog’lanish(bo’g’in)lar va yordamchi xizmatlardagi
nomutanosibliklarni yo'qotish hisoblanadi. Qayta qurish
vaqtida eski sexlarning
o’rniga yangilarini qurishga ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish(jihozlash) – bu zamonaviy texnika va
texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini
mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish, eskirib qolgan uskunalarni modernizatsiya qilish va
almashtirish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va tuzilmasini takomillashtirish orqali
alohida ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar
majmuidir. Bu ishlab
chiqarishni jadallashtirish, uning salohiyatini oshirish va
mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan.
Moliyaviy va ayniqsa yer resurslari cheklanganligi sharoitida, bir tomondan,
ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan korxonalardan yanada yaxshiroq
foydalanish,
boshqa tomondan esa, yangi qurilish nisbatan cheklanganlik
xarakteriga ega bo’lib, odatda, u zarur hollarda amalga oshiriladi. Shu sababli
bugungi kunda mahsulotlarning yangi turlarini o’zlashtirish va ishlab
chiqarishini
ko’zlagan korxonalar hayotida investitsiyalashning keng tarqalgan sohalari bo’lib,
mavjud ishlab chiqarishni qayta qurish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta
qurollantirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: