O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti
- investitsion faoliyatning qonunchilik bazasini takomillashtirish; -
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish iqtisodiyoti
- investitsion faoliyatning qonunchilik bazasini takomillashtirish;
- soliq tizimini qo'llash, soliq to'lovchilar va soliqqa tortish ob'ektlarini differentsiyalash, soliq stavkalari va ular uchun imtiyozlar; 49 - asosiy fondlarning jadallashgan amortizatsiyasini o'tkazish; - me'yor, qoida va standartlarni belgilash (o’rnatish); - monopoliyaga qarshi choralarni qo'llash; - kredit va narxni shakllantirish siyosatini olib borish; - yer va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash; - investitsiya loyihalarini ekspertizadan o'tkazish mexanizmlarini yaratish; - O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish orqali amalga oshiriladi. Qonunda markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish qoidalari ko'zda tutilgan. Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish davlat investitsiyalari maqsadlari uchun ob'ektlarni aniqlash, investitsiyalash shartlari va ular bilan bog'liq boshqa masalalarni hal qilishni o'z ichiga oladi va o'z vakolatlari doirasida mahalliy hokimiyat organlari hamda davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va Investitsiya dasturiga kiritiladi. O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirokchilarga soliq va boshqa imtiyozlar beriladi. Qurilish sohasi investitsion jozibadorlik nuqtai nazaridan ko’p ustuvorliklarga ega. Boshqaruv nazariyasi va ijtimoiy mehnat taqsimoti nuqtai nazaridan nafaqat asosiy fondlarning tabiiy eskirishi tufayli ularni almashinuvi, balki faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruktsiya qilish va ularning quvvatlarini oshirish, shu jumladan yuqori sifat darajasida, shuningdek aholining uy-joyga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish masalalarini o’z ichiga olgan investitsion-qurilish faoliyatininng ayrim jihatlarini ko'rib chiqaylik. Boshqacha qilib aytganda, ushbu soha faoliyatining natijalari yangi boshlangan va davom etayotgan investitsiya dasturlari hamda asosiy fond va ishlab chiqarish quvvatlari yaratilayotgan loyihalar hisoblanadi. Turli ob'ektlarni loyihalash, qurish va ishga tushirish uchun investitsiyalar oqimini rejalashtirish va ta'minlash, ularni 50 keyinchalik iste'molchilarga sotish jarayoni ushbu faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Shunday qilib, investitsion-qurilish faoliyati birinchi navbatda barcha moddiy ishlab chiqarishning ajralmas qismi va eng muhim elementi sifatida, ikkinchidan, davlatning investitsiya siyosati amalga oshirilayotgan, yangi tashkil etish, mavjud ishlab chiqarishlarni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish, uy-joy, ijtimoiy va boshqa ob'ektlarni qurish bilan bog'liq loyihalar amalga oshirilayotgan soha sifatida ko'rib chiqilishi kerak. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling