O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Qurilish korxonalari diversifikatsiya dasturlarini asoslash va


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

12.3. Qurilish korxonalari diversifikatsiya dasturlarini asoslash va
ishlab chiqish bosqichlari 
 
Har qanday diversifikatsion loyiha to’rtta bosqichdan iborat bo’ladi: 
1) loyihani asoslash va ishlab chiqish (diversifikatsiya oldi ishi); 
2) loyihani tadbiq etish; 
3) loyihaga muvofiq ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish va mahsulot ishlab 
chiqarish; 
4) loyihalashni tugatish va yakuniy xulosalar chiqarish. 
O’z navbatida ishlab chiqarish diversifikatsiyasi dasturini loyihaga muvofiq 
asoslash va ishlab chiqish bir nechta bosqichlarda olib boriladi. 
I bosqich. Pudrat ishlari bozori kon’yunkturasi. 
II bosqich. Qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari, transport 
xizmatlariga bo’lgan talab va takliflarni tahlil qilish. 
III bosqich. Noqurilish bozorlari kon’yukturasini tahlil qilish. 
IV bosqich. Korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilish yoki korxonadagi 
nochor holatga iqtisodiy tashxis qo’yish. 
V bosqich. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi turini tanlash va loyiha yoki 
biznes-reja ishlab chiqish. 
VI bosqich. Korxona faoliyati yakuniy ko’rsatkichlarini bashorat qilish yoki 
oldindan aytib berish. 
Qurilish 
korxonalari 
diversifikatsiya 
dasturini 
ishlab 
chiqishda 
diversifikatsion mahsulot uchun bozor imkoniyatlarini baholash, diversifikatsiya 


181 
yo’nalishini va turini tanlash kabi muhim holatlarga katta e’tibor qaratilmog’i 
lozim.
Birinchi tartibli vazifalar (bozorlar kon’yunkturasi monitoringi)ni bajarish 
ishonchli axborotlar olish va ularni qayta ishlashni talab etadi. Bozor axboroti 
tizimi uchta yordamchi tizimlarni shakllantiradi: korxona ichki hisoboti tizimi
tashqi joriy axborot yig’ish tizimi va marketing tadqiqotlari tizimi.
Korxona ichki hisoboti tizimi korxona faoliyatining yo’l ko’rsatuvchisi deb 
hisoblanadi. Qaytma aloqa funktsiyasini bajarish bilan korxona ichki hisoboti 
tizimi korxona faoliyatiga bozor muhiti ta’sirini ko’rsatadi, bu ta’sir o’z navbatida 
korxona faoliyati asosiy ko’rsatkichlari o’zgarishi dinamikasi, ijobiy yoki salbiy 
moliyaviy va iqtisodiy natijalar bilan ifodalanadi.
Korxona ichki hisoboti tizimining amaliyotda foydalanilgan usullari, uning 
kundalik qo’llanish xarakterini hisobga olish qurilish korxonalarining ishlab 
chiqarish diversifikatsiyasiga o’tishida va uning amalga oshirilishida katta rol 
o’ynaydi. Tashqi joriy axborot yig’ish tizimi qurilish korxonalarini turli 
bozorlarda ro’y berayotgan oxirgi axborotlar bilan ta’minlaydi. Bu turdagi axborot 
turining manbalari bo’lib O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi 
ma’lumotlari, kompyuter dasturlari, gazeta va jurnallar xizmat qilishi mumkin.
Bundan tashqari ushbu axborotlar qurilish korxonasi xodimlarining boshqa 
korxonalar (etkazib beruvchilar, investorlar, buyurtmachilar) mutaxassislari bilan 
bevosita muloqot natijasida ham olinishi mumkin. Qurilish korxonalari olinishi 
qiyin bo’lgan axborotga ega bo’lishi uchun ixtisoslashgan marketing tadqiqotlarini 
o’tkazish xizmatiga buyurtma berishlari mumkin. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling