O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Qurilish ishlab chiqarishi diversifikatsiyasini amalga oshirish


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/108
Sana22.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1716210
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108
Bog'liq
Qurilish iqtisodiyoti

12.2. Qurilish ishlab chiqarishi diversifikatsiyasini amalga oshirish 
sharoitlari va mezonlari 
 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini samarali amalga oshirishga uchta 
guruhdan tashkil topgan quyidagi: makroiqtisodiy, tarmoqli va firma ichidagi 
omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Makroiqtisodiy omillar ichidan birinchi navbatda davlatning investitsion va 
soliq siyosati, inflyatsiya darajasi, monetar (pul-kredit) siyosatini ajratib ko’rsatish 
o’rinlidir, chunki ular qurilish korxonasining funktsiya yuritishi uchun sharoitlar 
yaratadi, shuningdek ular qurilish korxonasining faoliyati uchun xush va noxush 
xarakteriga ega bo’lishi ham mumkin. 
Inflyatsiya korxona resurslarini qadrsizlantiradi, investitsion faollikni 
kamaytiradi, bu esa asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari(fondlari) shaklidagi 
asosiy kapitalning oddiy ishlab chiqarish jarayonini qiyinlashtiradi. 
Bir vaqtning o’zida inflyatsiya tadbirkorlik faolligini kamaytiradi, korxona 
faoliyatining iqtisodiy samaradorligini pasaytiradi, ularning moliyaviy ahvoli 
(holati)ga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Boshqa tomondan inflyatsiya faoliyatning shunday sferalari va 
yo’nalishlarini izlashni yo’lga qo’yadiki, unga ko’ra foyda sur’atining o’sishi 
inflyatsiya darajasining o’sishidan ancha ilgarilab ketadi.
Bu shunday vaziyatlarda ro’y berishi mumkinki, qachonki mahsulot turg’un 
va katta ehtiyojga ega bo’lgan holdagina bu esa korxonaga inflyatsiya o’sishiga 
nisbatan narxlarni tez oshirish imkonini beradi.
Shunga o’xshash vaziyat korxonalarni o’z ishlab chiqarishini 
diversifikatsiyalashga, ularning asosiy faoliyat turlari bilan bog’langan va 
bog’lanmagan ancha foyda olib keladigan yo’nalishlarni qidirib topishga undashi 
mumkin.
Pul-kredit siyosati narxlar darajasi, YaIM, investitsion faollik, bandlik 
(mashg’ullik) kabi muhim ko’rsatkichlarga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Korxona 
uchun soliqqa tortish katta ahamiyat kasb etadi. Soliq olish (soliq bremyasi) 


172 
qancha kam bo’lsa, korxonaning ishbilarmon faolligi shuncha yuqori bo’ladi va 
aksincha soliq olish (soliq bremyasi) qancha yuqori bo’lsa, korxonaning 
ishbilarmon faolligi shuncha past bo’ladi.
Ishlab chiqarish korxonalari uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, 
ishlar, xizmatlarga bo’lgan soliq bremiyasi o’rtacha 28 % dan 24 % ga tushdi. 
Soliq solish (soliq pressi) taxminal 15 % ga kamaydi, bu esa o’z navbatida 
korxonaning ishbilarmon faoliyatiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko’rsatdi, 
investitsiya, talab-ehtiyoj va bandlik uchun manfaatli sharoitlar yaratdi.
Tarmoq (soha) doirasiga ta’sir qiluvchi omillar orasidan ushbu tarmoq 
daromad salohiyatiga ta’sir ko’rsatadigan bir qator omillarni ajratib ko’rsatamiz: 
 qurilish mahsulotiga bo’lgan taklif va talab; 
 pudrat ishlari bozorida harakatlanayotgan qurilish korxonalari o’rtasidagi 
raqobat; 
 kapital ajratmalar, kapital ta’mirlash va ta’mirlashni moliyalashtirish 
hajmi; 
 materiallarni yetkazib beruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasidagi 
raqobat; 
 qurilish pudrat ishlari bozorini materiallar va xizmatlar bilan to’ldirish 
darajasi. 
Qurilish korxonalarining pudrat ishlari bozorida tutgan o’rni qurilish-montaj 
ishlari (QMI) narxi va sifati (ularning ixtisoslashtirilganligi), qurilish texnikasi
asbob-uskunalar, jihozlar, ishlab chiqarish bazasi, ishchi kuchi salohiyati va 
firmaning buyurtmachilar oldidagi mavqei hamda qurilish tashkilotining 
raqobatbardoshlik darajasiga bog’liqdir.
12.3 - rasmda quyidagi moliyaviy va moddiy oqimlar shartli ravishda 
raqamlar bilan belgilangan. 
1 – korxonalar-investorlarning kapital mablag’lari; 
2 – qurilgan binolar va inshootlar ko’rinishidagi qurilish mahsuloti; 
3 – kapital ta’mir o’tkazish uchun ajratilgan investitsiyalar va ta’mirlash 
ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan pul mablag’lari; 


173 
4 – bajarilgan ta’mirlash – qurilish ishlari kompleksi; 
5 – qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari; 
6 – qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlarini yetkazib beruvchi-
larga ajratiladigan pul mablag’lari; 
7 - tarmoq ichida bog’langan turdagi ishlab chiqarish diversifikatsiyasi 
doirasida bajarilgan qurilish-montaj va qurilish – ta’mirlash ishlari; 
8 - tarmoq ichida bog’langan turdagi ishlab chiqarish diversifikatsiyasi 
doirasida tuzilgan pudrat shartnomalari. 
Material yetkazib beruvchilar, xizmat ko’rsatuvchilarning egallagan o’rni 
(pozitsiyasi) ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilayotgan xizmatlar) 
narxi va sifati, tarmoqning iste’molchi sifatidagi mavqei (ahamiyati) va xaridorlar 
talablarini differentsiallashgan holda hisobga olish bilan aniqlanadi. Yuqorida 
sanab o’tilgan omillar alohida regionlarda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashgan 
korxonalar soni, ularning quvvati, ya’ni bir jinsli mahsulot chiqarish bo’yicha 
ishlab chiqarish quvvatlarining kontsentratsiya darajasi, alohida turdagi ishlar va 
xizmatlar bajarilishi uchun ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan, investorlar va 
xaridorlar tomonidan ularning mahsuloti, ishlari, xizmatlariga qo’yiladigan talab 
va ehtiyojlar hajmini hisobga olish zarurdir. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling