O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

qobiliyatsizlik nafaqasi
– mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasal bo‘lganda 
(shikastlanganda); 
– sanatoriy-kurortda davolanganda; 


264 
– oilaning betob a’zosini parvarish qilganda; 
– karantin e’lon qilinganda; 
– sil kasali yoki kasb kasalligiga chalingani sababli vaqtincha boshqa ishga 
o‘tkazilganda; 
– reabilitatsiya muassasalariga joylagan holda mehnat qobiliyati tiklanganda 
yoki protez qilinganda to‘lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va 
kasb kasalligiga chalinganda: 
a) ish haqining to‘liq miqdorida; 
b) ijtimoiy jihatdan ahamiyatli kasalliklar bo‘yicha hisobda turadigan 
xodimlarga ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga 
(umumiy ish stajiga) qarab: 
– 8 yillik va undan ortiq umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — ish haqining 
100 %i; 
– 5 yildan 8 yilgacha umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — 80 %i; 
– 5 yildan kam umumiy ish stajiga ega bo‘lganlarga — 60 %i miqdorida; 
c) boshqa holatlarda ularning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan 
muddatiga (umumiy ish stajiga) qarab: 
– umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lganlarga, shuningdek 21 yoshga 
etmagan sag‘ir etimlarga – ish haqining 80 %i; 
– umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lganlarga – 60 %i miqdorida to‘lanadi. 
Misol. Xodim 1 martdan 5 martgacha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
bo‘yicha kasallik varaqasini taqdim etdi. Xodimning lavozim maoshi martda 
1325000 so‘mni tashkil etgan. O‘tgan 12 oyda lavozim maoshidan ortiq summasi 
711 780 so‘mni tashkil etadi. Nafaqa ish haqining 80 %i miqdorida to‘lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha kasallik varaqasiga asosan haq 
to‘lash uchun o‘rtacha oylik ish haqi 1 384 315 so‘m miqdorida (1325000 + 
711780 : 12). O‘rtacha oylik ish haqini maosh olingan davrdagi jadval bo‘yicha ish 
kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadigan o‘rtacha kunlik ish haqi 65920 


265 
so‘mni tashkil etdi (1 384 315 : 21). 
1 martdan 5 martigacha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 263 680 
so‘m miqdorida to‘lanadi (65920 x 5 x 80%). 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha hisoblangan nafaqa xodimning 
jami daromadiga kiritiladi va belgilangan tartibda unga daromad solig‘i solinadi.
Mehnat kodeksining 233-moddasida ayollarga tuqqunga qadar etmish 
kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan 
yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda - etmish kalendar kun) muddati 
bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha 
nafaqa to‘lanishi nazarda tutiladi.
Nafaqa ayollarga ish joyi bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida tayinlanadi va to‘lanadi. Homiladorlik 
va tug‘ish ta’tili summasi hisoblanib, ayolga tuqquniga qadar haqiqatda 
foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar to‘liq beriladi. 
Misol. Korxona xodimi 1 fevraldan 126 kunlik muddatga tug‘ishgacha va 
tug‘ishdan keyingi ta’tilga chiqish haqida kasallik varaqasini taqdim etdi. 
Yanvardagi ish haqi 1360 000 so‘mni, mukofot 540 000 so‘mni tashkil etdi (hisob-
kitob davrida boshqa mukofot to‘lovlari amalga oshirilmagan). 
Nafaqa hisob-kitobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1. O‘rtacha oylik ish haqi belgilanadi 1360000+540000/12 = 1405000 so‘m. 
2. To‘liq 4 oy va iyun oyidagi 4 ish quni uchun haq to‘lanadi: fevral, mart, 
aprel, may uchun nafaqa 5 620 000 so‘m (1405000 x 4), iyun uchun – 1405000/20 
x 4 = 281000 so‘mni (20 iyun oyidagi ish kunlari soni) tashkil etadi. 
Jami nafaqa miqdori 5901000 so‘mni tashkil etadi (5620000 + 281000). 
Nafaqaning bu turi bo‘yicha soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar ushlanmaydi.

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling