O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining 
ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir. 
Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali 
onalarni bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi, voyaga 
etmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi 
munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar.
 
12.4. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish 
Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kontrakti) va u 
imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida 
imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi. 
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha 
xodimlarning ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi. 
Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, 
rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. 
Har bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish 
hajmi va ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi. 
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy 


257 
schyota ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy 
jamlanib boriladi. 
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, 
eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim. 
Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, 
ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida 
ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z 
vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi 
shaxsiy tarkib hisobini xamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan 
foydalanish hisobini olib boradi. 
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi xujjatlardan foydalaniladi: 
T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq 
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. 
T-3 shakli. Shtat jadvali. 
T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq. 
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd. 
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. 
T-13 shakli. Tabel. 
T-49 shakli. Hisob-kitob to‘lov vedomosti. 
T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti. 
T-53 shakli. To‘lov vedomosti. 
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan 
foydalaniladi. Tabel - bo‘lim, brigada, tsex xodimlarining noma-nom ro‘yxati 
bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi. 
Xar bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yicha 
ramiylashtiriladigan barcha xujjatlarda ko‘rsatilib boradi. 
Hisobot davri boshlanishidan avval o‘tgan oydagi tabeldan xodimning ism-
sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini sarflashi shartli belgilar 
yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar "T", kasallik 


258 
varaqasi bo‘yicha ishga chiqmayotganlar "K" xarfi va xokazolar bilan belgilanadi. 
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda 
amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga 
chiqmagan xodimlar to‘liq ruyxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat 
kechikkanlar, ishga chikmaganlar, ya’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan 
xodimlar ro‘yxat qilib boriladi. 
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga 
va oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel tsex boshlig‘i tomonidan 
imzolanadi va buxgalteriyaga ish xaqi hisoblash uchun topshiriladi. 
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel 
ma’lumotlari etarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi xujjatlardan foydala-
niladi: 
- ishbay ishlash uchun naryadlar; 
- raportlar; 
- marshrut varaqalari; 
- qaydnomalar; 
- bichish kartalari va hokazo. 
Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi xujjatning eng keng tarkalgan 
turi naryaddir. Ko‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada 
tomonidan bajariladigan xar bir ishlab chiqarish topshirig‘iga aloxida yoziladi. 
Topshiriqlar tsexning reja-dispetcher byurosi tomonidan tsexning ishlab chiqarish 
rejasiga muvofiq texnologik karta asosida to‘ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq 
bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish xajmi 
bajarish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material me’yori va xaqiqatda berilgan 
materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, ish haqini topshiriq 
asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga 
rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi. 
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida 
yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari tsexning reja-dispetcher xodimlari tomo-


259 
nidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab 
chiqarish topshirish sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash 
jarayonlarining birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat 
qilinadi. Shu bilan birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik 
jarayonning borishi nazorat qilinadi. 
Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo‘nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab 
tamomlangan detallar bo‘yichagina asos bo‘la oladi. Agar shu smenada ayrim 
detallarning ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport 
ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni tsexga 
jo‘natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo‘natib, bu 
xaqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati bo‘limiga 
beriladi. Smena oxirida kayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi. 
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich 
xujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish xaqini hisoblash bo‘limiga 
topshiriladi. Buxgalteriyada boshlangich xujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash 
uchun hisoblash markaziga beriladi. Kayta ishlangan xujjatlar, ishchilarning tabel 
rakamlari buxgalteriyada tsexlar bo‘yicha guruxlanadi va ishchilarning ish haqi 
shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjatlar asosida hisoblash 
vedomosti, ish haqi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa 
xujjatlar tuziladi. 
Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash qaydnomasida ishchi 
va xizmatchilarga ish xaqi xamda undan ushlab qolinadigan summalar aks 
ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomosti xar bir tsex xodimlarining toifalari 
bo‘yicha alohida tuziladi. 
Ish haqini hisoblash kaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy xujjatdir. Bu xujjatda har bir tabel raqami, 
xodimlarning toifasi hamda to‘lov va ushlab qolish turlari bo‘yicha tuziladi.
Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi ko‘rsatkichi to‘lov vedomostini 
to‘ldirish uchun xamda xodimga ish haqi berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 


260 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling