O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar aks ettirilishi Muomalalarning mazmuni Debet Kredit
Ish vaqtidan tashqari ish buxgalteriyada naryadlar, ish vaqtini hisobga
261 olish tabeli, ma’lumotnoma-hisob-kitob bilan rasmiylashtiriladi hamda ikki baravardan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi (O‘zR Mehnat kodeksining 157-moddasi). Haq to‘lashning aniq miqdori kollektiv shartnomasida o‘rnatiladi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, korxona rahbari tomonidan kasaba uyushmasi yoki ishchilarning boshqa vakil organi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 23-jadval Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar aks ettirilishi Muomalalarning mazmuni Debet Kredit Ish haqi hisoblab yozildi 2010-“Asosiy ishlab chiqarish”; 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish”; 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari”; 9410-“Sotish xarajatlari” va boshq. 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” Ish haqidan ushlanmalar (daromad solig‘i, alimentlar va boshqalar) aks ettirildi 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” 6410-“Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”; 6990-“Boshqa majburiyatlar” va boshq. Ish haqini berish 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” 5010-“Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” O‘z vaqtida olinmagan ish haqini deponentlashtirish 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” 6720-“Deponentlangan ish haqi” 262 Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim (O‘zR Mehnat kodeksining 125-moddasi). Ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan iborat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi (O‘zR Mehnat kodeksining 122-moddasi). Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish(smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanadi, ya’ni tungi vaqtdagi ish uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori soat stavkasining 50%dan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi. Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi. Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi. Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi. Mehnat kodeksining 135-moddasiga muvofiq quyidagilarga uzaytirilgan Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling