O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. 
Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘llanishi mumkin. 
Ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan iborat bo‘lganda, shuningdek 
mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga 
binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam 
miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda 
cheklanmaydi. 
Har bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan oldindan 
tanishtirilishi lozim. 
Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari 
qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llanish tartibi, afzallik va 
imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa 
lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda 
belgilab qo‘yiladi. 
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi 


252 
intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli: 
1) hayfsan; 
2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda 
jarima.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir 
yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy 
jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. 
Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning 
iltimosiga binoan, 
mehnat 
jamoasi 
yoki 
xodimning 
bevosita 
rahbari 
iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli. 
 
12.3. Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari 
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari 
va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ishga qabul qilishga o‘n 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling