O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Soliq solinadigan daromad miqdori va stavkalari
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
Soliq solinadigan daromad miqdori va stavkalari
Soliq solinadigan daromad miqdori Soliq stavkasi 172 240 so‘mgacha 0% 172 241 so‘mdan 861 200 so‘mgacha (5 x 172 240) 172 240 so‘mdan ortiq summaning 7,5%i 861 201 so‘mdan 1 722 400 so‘mgacha (10 x 172 240) 51 672 so‘m + 861 200 so‘mdan ortiq summaning 16,5%i 1 722 401 so‘m va undan yuqori 193 770 so‘m + 1 722 400 so‘mdan ortiq summaning 22,5%i 1-vaziyat. Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi: Xodim korxonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar oyida u 160 000 so‘m ish haqi hisoblandi. Jismoniy shaxsning 172 240 so‘mgacha bo‘lgan daromadiga nol stavkasi bo‘yicha soliq solinadi. Xodimning ish haqidan JShDS 0 so‘mni (160 000 x 0%) tashkil qiladi. Xodimning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi bo‘yicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab o‘tkazilmaydi. Xodimning daromadlaridan sug‘urta badallari 12 800 so‘mga (160 000 x 8%) teng. Sug‘urta badallari ushlanganidan keyin xodimga 137 200 so‘m (160 000 – 12 800) to‘lanadi. 2-vaziyat. Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi: Xodimga yanvar oyida 800 000 so‘m ish haqi hisoblangan. Olingan daromadga 7,5%lik stavka bo‘yicha solinadigan JShDS: (800 000 – 172 240) x 7,5% = 47 082 so‘mga teng. 282 Yanvar oyi uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 12 555,2 so‘mni ((820 000 – 172 240) x 2%) tashkil etadi. Yanvar oyi uchun byudjetga 34 526,8 so‘m (47 082 – 12 555,2) soliq o‘tkaziladi. Majburiy sug‘urta badallari 64 000 so‘mni (800 000 x 8%) tashkil etadi. JShDS va sug‘urta badallari ushlanganidan keyin xodimga 688 918 so‘m (800 000 – 47 082 – 64 000) to‘lanadi. 3-vaziyat. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob- kitobi: Xodimning yanvar oyidagi mehnatiga 1 500 000 so‘m hisoblangan. 16,5%lik stavka bo‘yicha soliq solinadigan daromad summasi hisob-kitobi va yanvar oyi uchun soliq: 51 672 + (1 500 000 – 861 200) x 16,5% = 157 074 so‘m. ShJBPHga majburiy badallar 26 555,2 so‘mni ((1 500 000 – 172 240) x 2%) tashkil etadi. Yanvar oyi uchun byudjetga 130 518,8 so‘m (157 074 – 26 555,2) JShDS o‘tkaziladi. Majburiy sug‘urta badallari 120 000 so‘mni (1 500 000 x 8%) tashkil etadi. Xodim qo‘liga 1 222 926 so‘m (1 500 000 – 157 074 – 120 000) ish haqi oladi. 4-vaziyat. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob- kitobi: Xodimning yanvar oyidagi mehnatiga 2 100 000 so‘m haq hisoblangan. 22,5%lik stavka bo‘yicha soliq solinadigan daromad summasi hisob-kitobi va yanvar oyi uchun daromad solig‘i: 193 770 + (2 100 000 – 1 722 400) x 22,5% = 278 730 so‘m. ShJBPHga majburiy badallar summasi 38 555,2 so‘mga ((2 100 000 – 172 240) x 2%) teng. Yanvar oyi uchun byudjetga 240 174,8 so‘m (278 730 – 38 555,2) JShDS 283 o‘tkaziladi. Yanvar oyi uchun majburiy sug‘urta badallari 168 000 so‘mni (2 100 000 x 8%) tashkil etadi. Xodim qo‘liga 1 653 270 so‘m (2 100 000 – 278 730 – 168 000) ish haqi oladi. 5-vaziyat. Moddiy yordam olish chog‘ida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi: Xodimning yanvar oyidagi mehnatiga 1 400 000 so‘m haq hisoblangan. Unga farzand tug‘ilganligi munosabati bilan 2 200 000 so‘m moddiy yordam berilgan. Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-xatboshilariga ko‘ra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda to‘lovlarga JShDS solinmaydi. Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qo‘llaniladi (172 240 x 12 = 2 066 880 so‘m). Soliq solinadigan daromad 1 533 120 so‘mga (1 400 000 + 2 200 000 – 2 066 880) teng. 16,5%lik stavka bo‘yicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar oyi uchun soliqni hisoblab yozamiz: 51 672 + (1 533 120 – 861 200) x 16,5% = 162 538,8 so‘m. ShJBPHga majburiy badallar summasi 27 217,6 so‘mni ((1 533 120 – 172 240) x 2%) tashkil etadi. Yanvar oyi uchun byudjetga 135 321,2 so‘m (162 538,8 – 27 217,6) JShDS o‘tkaziladi. Majburiy sug‘urta badallari 112 000 so‘mni (1 265 000 x 8%) tashkil etadi. Xodim qo‘liga 3 325 461,2 so‘m (1 400 000 + 2 200 000 – 162 538,8 – 112000) ish haqi oladi. 2019 yil 1-yanvardan O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan jismoniy shaxsning daromadlariga, bundan dividendlar va foizlar tarzida to’lanadigan daromadlar mustasno, 12 foizli stavka bo’yicha soliq solinadi. 284 O’zbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to’lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo’yicha soliq solinadi. 27-jadval Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling