O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi va uning qoplanishi
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi va uning qoplanishi
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni Debet Kredit Daromadni aks ettirish (undiriladigan summa kamomad summasidan yuqori) - aybdorlar aniqlangan 4730 - aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan aktivning bozor qiymatiga 5910 - kam chiqqan aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga, 9310 - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan aktivning bozor qiymati bilan uning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqqa Zararni aks ettirish (kam chiqqan aktivning bozor qiymati kamomad summasidan past) - aybdorlar aniqlangan 4730 - aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan aktivning bozor qiymatiga; 9430 - aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan aktivning bozor qiymati bilan uning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasi o‘rtasidagi farqqa 5910 - kam chiqqan aktivning chiqib ketishidan ko‘rilgan zarar summasiga Agar aybdor shaxsdan undiriladigan summa kam chiqqan obyektning qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda korxona umumiy tartibda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan daromad oladi. 296 Aybdor shaxsdan undiriladigan summa kam chiqqan obyektning qoldiq qiymatidan kam bo‘lgan hollarda korxona zarar ko‘radi, u ham daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazani oshiradi. Yagona soliq, yalpi daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari bo‘lgan korxonalarda esa bunday holda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi. Amaliyotda har doim ham kamomadning aniq aybdorlarini belgilash yoki moddiy javobgar shaxsdan kam chiqqan obyekt qiymatini undirishga muvaffaq bo‘linmaydi. Ushbu hollarda korxona kam chiqqan obyekt bo‘yicha barcha xarajatlarni boshqa operatsion xarajatlar tarkibida aks ettirib, o‘z mablag‘lari hisobiga hisobdan chiqarishi kerak. Tegishlicha, olingan zarar summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqarishda soliqqa tortiladigan bazani oshiradi, biroq yagona soliq, yalpi daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi hisob-kitobida hisobga olinmaydi. Undirib olinishi gumon bulgan debitorlik qarzlari korxona raxbariyatining qaroriga muvofik dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobidan yoqi bunday rezerv tashqil etilmagan bulsa, ushbu qarzlarning korxona zararini kupaytirish hisobiga (yoqi sof foyda hisobidan ) hisobdan chiqariladi. Da’vo qilish muddati tugagan barcha kreditorlik qarzlari ho‘jalik faoliyati natijalariga, ya’ni foydaga olib borilishi lozim. Xar xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi 8- jurnal-orderda, analitik hisobi esa xar bir debitor va kreditor doirasida 7- vedomostda yuritiladi. Buning uchun vedomostda chorak, yarim yil va yil mobaynida bulishi mumkin bulgan operatsiyalardan kelib chikkan xolda xar bir debitor va kreditorlarga muljallangan kator ajratiladi. Bu vedomostga yozuvlar dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari asosida yoziladi. Ular oborot vedomosti tamoyillariga asoslangan bo‘lib, kreditli oborotlar tegishli schyotlarning debeti bilan korrespondentsiyalanadi. Oy oxirida har bir debitor va kreditor bo‘yicha hamda hamma debitor va kreditorlar bo‘yicha yakun aniqlanadi. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling