O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Summa, 
ming so‘m 
Debet Kredit 
1 Pudrat tashkilotiga materiallar sotildi 
3600 4010 
9220 
2 Berilgan materiallar bo‘yicha QQS hisoblandi 
600 9220 
6410 
3 Materiallar hisobdan chiqarildi 
3000 9220 
1050 
4 Pudrat tashkiloti oldida tsex qurilishi bo‘yicha 
qarz aks ettirildi 
36000 0810 
6010 
5 Pudrat tashkiloti xizmatlariga haq to‘landi 
36000 6010 
5110 
6 Tsexning foydalanishga topshirildi 
36000 0120 
0810 
Buxgalteriya hisobida obyektlar qurilishi bo‘yicha xarajatlar smeta 
hujjatlarida belgilangan xarajatlarning texnologik strukturasi bo‘yicha guruhlanadi 
18-son “Kapital mablag‘ sarflashlar bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish” nomli 
hamda 18/1-sonli “Tugallangan kapital mablag‘ sarflashlar bo‘yicha xarajatlar” 
nomli qaydnomalarda yuritiladi. 
0840-“Asosiy podani tashkil qilish” schyotida: asosiy podaga o‘tkaziladigan 
xo‘jalikdagi yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarni o‘stirish bo‘yicha xarajatlar; 
asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi mahsuldor va ishchi 
hayvonlarning qiymati shuningdek, ularni etkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar; 


367 
boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo‘jalikka 
etkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olinadi. 
Asosiy podani shakllantirishga sarflangan kapital xarajatlarni hisobga olish 
quyidagi ikkita usul bilan amalga oshiriladi:

o‘stirishdagi va boquvdagi mollarni asosiy podaga o‘tkazish opqali; 

ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish opqali. 
Ish kuchi sifatida foydalaniladigan mollar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, eshaklar 
va boshqa ish hayvonlari (shu jumladan aravada yuk tashishlarda foydalaniladigan 
hayvonlar), shuningdek mahsulot beradigan mollar (yosh mollar, sut, jun va 
hokazo) - sigiplar, qo‘toslar, nasldor biyalar (ish kuchi hisoblanmaydi), sovliqlar 
va boshqa mollar buxgalteriya hisobida qishloq xo‘jaligi tashkilotining asosiy 
podadagi hayvonlari hisoblanadi. Asosiy podadagi hayvonlar asosiy vositalar 
tarkibida ish hayvonlari va mahsuldor mollar sifatida hisobga olinadi. 
Balans qiymatini e’tirof etish payti, baholash va ularga nisbatan 
qo‘llaniladigan amortizatsiyani hisoblash usullarini aniqlash, shuningdek 
hayvonlarning asosiy podadan ish hayvonlari va mahsuldor mollar tarzida chiqib 
ketishidan balans qiymati o‘zgarishlari va moliyaviy natijalarni belgilash hamda 
hisobga olish “Asosiy vositalar” buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son 
BHMS)ga muvofiq amalga oshiriladi. 
Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx bo‘yicha 
baholanadi. Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarning 
barcha turlarining qiymati yil davomida 1110 “O‘stirishdagi hayvonlar” schyotidan 
0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga yil boshida hisobda 
turgan balans qiymatiga, yil boshidan to hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazish 
vaqtigacha bo‘lgan davpda ortgan vazni yoki o‘sgan vaznining peja tannarxini 
qo‘shgan holda, hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning o‘zida, yosh hayvonlarni asosiy 
podaga o‘tkazishda 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyoti debetlanadi va 
0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyoti kpeditlanadi. Yil oxirida hisobot 
kalkulyatsiyasi tuzilgandan keyin yil davomida o‘tkazilgan yosh hayvonlarning 


368 
ko‘rsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi o‘ptasidagi farq 1110 
“O‘stirishdagi hayvonlar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” 
schyotiga, bir vaqtning o‘zida hayvonning bahosini aniqlab, qo‘shimcha 0170 
“Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotlariga hisobdan chiqariladi. 
Chetdan xarid qilingan katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarning 
qiymati 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga uni etkazib 
berish xarajatlari bilan birgalikda, xarid qilishning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim 
qilinadi. 
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomalalari bo‘yicha xarajatlar 
0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotidan 0170 “Ishchi va mahsuldor 
hayvonlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. 
Keltirilgan jadvalga asoslanib, qishloq xo‘jaligida asosiy podani 
shakllantirishga sarflangan xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish va ularni tannarx 
aniqlash jarayoni ahamiyatini yopitish mumkin.
Katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish kirim 
dalolatnomasi yoki schyot-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Unda hayvonlarni sotib 
olish va keltirish xarajatlari asosida haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi. 
53-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling