O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning boshqa


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning boshqa 
schyotlar bilan bog‘lanishi 
 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Debet 
Kredit 

Aktsiyadorlarga dividendlar hisoblandi 
8710 
6610 

Dividend to‘lash manbaida daromad solig‘i 
hisoblandi 
6610 
6410 

Hisoblangan dividendlar to‘landi 
6610 
5010-
5530 

Chiqib 
ketayotgan 
ta’sischilarga 
ulushlari 
bo‘yicha qarzlar hisoblandi 
8330, 8610, 
8620 
6620 

Chiqib 
ketayotgan 
ta’sischilarga 
ulushlari 
bo‘yicha qarzlar to‘landi 
6620 
5010-
5530 
 
14.6. Kapital qo‘yilmalar hisobi 
Kapital qo‘yilmalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish 
faoliyatining o‘ziga xos bir shaklidir, u asbob-uskunalarni zamonaviylashtirish, 
ishlab chiqarish obyektlari va bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
obyektlarni qayta qurish, ta’mirlash va asosiy ishlab chiqarish vositalarini 
kengaytirilgan holda qayta ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Kapital qo‘yilmalar asosiy vositalarni, takror ishlab chiqarishni kengaytirish 
hamda ularning sifat tarkibini yaxshilash xarajatlarining majmuidir. Kapital 
qo‘yilmalar hajmi ishlab turgan korxonalarni qurish, kengaytirish, texnik qayta 
jihozlash va quvvatlarni saqlash, shuningdek, ishlab chiqarish va ishlab 
chiqarishga mo‘ljallangan uskuna, transport vositalari va asosiy vositalarning 
boshqa obyektlarini xarid qilishga mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari 
hisobiga qilingan xarajatlarning umumiy summasiga ko‘ra belgilanadi.
Kapital sarmoyaning manbalari bir nechta bo'lib, kapital investorlarni, 


362 
banklarni, moliyaviy institutlarni qamrab olishi mumkin.
60
Kapital mablag‘lar hajmiga quyidagi sohalarga yo‘naltirilgan xarajatlar 
kiradi: 

qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geologiya-razvedka, burg‘ulash va 
boshqa ishlarga qilingan xarajatlar; 

ishlab turgan korxonalarni tiklash, texnik qayta jihozlash va texnika 
vositalarning quvvatini kengaytirishga qilingan xarajatlar; 

mashina va uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, 
transport vositalari va asosiy vositalarning boshqa obyektlarini sotib olishga 
ketgan xarajatlar; 

korxona, tashkilot va muassasalar uchun yangi obyektlar qurishga 
ketgan xarajatlar; 

boshqa shu turdagi xarajatlar. 
Kapital qo‘yilmalarni buxgalteriyada hisobga olishda «Asosiy vositalar» 
nomli 5-son BHMS va «Kapital qurilish uchun pudrat shartnomalari» nomli 17-son 
BHMSdan foydalaniladi. 
Kapital qo‘yilmalar va u bilan bog‘liq barcha xarajatlarni buyurtmachi, ya’ni 
o‘zi uchun qurag‘tgan va shu qurilishni mablag‘ bilan ta’minlag‘tgan korxona 
hisobga olib boradi. Yangi korxona qurilag‘tganida qurilag‘tgan korxonaning 
ma’muriyati ana shunday tashkilot bo‘ladi, amalda ishlab turganida esa – kapital 
qurilish bo‘limi orqali ish tutag‘tgan korxonaning o‘zi ana shunday tashkilot 
bo‘ladi. 
Kapital qo‘yilmalarning hisobi amaldagi xarajatlar va smeta qiymati bo‘yicha 
ularning turlari asosida asosida umuman qurilish bo‘yicha ham, ayrim obyektlar 
bo‘yicha ham, qurilish boshlangan yildan e’tiboran o‘sib boruvchi yakunlar bilan 
obyektlar ishga tushirilguniga qadar yoki tegishli ishlarning to‘la-to‘kis bajarilib, 
xarajatlarning hisobdan chiqarilgunigacha yuritiladi. 
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarning analitik hisobi 18-«Kapital 
60
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 753-page, 2014 


363 
mablag‘ xarajatlari» qaydnomasida yuritiladi. Mazkur qaydnoma yil choragi, 
yarim yil yoki yil uchun uchun ochiladi. Qaydnomaga barcha hisobvaraqlarni 
qo‘shish, ishlab chiqarishga tegishli va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan 
obyektlar bo‘yicha xarajatlarni alohida ajratib ko‘rsatish, bular ichida esa yangi 
qurilishni, kengaytirishni, tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashni alohida 
ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ularning amalga oshirilishi va tannarxini hisoblash bilan bog‘liq 
muomalalarning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi 21-son BHMS 
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya 
hisobi schyotlari rejasi va ularni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
0810- “Tugallanmagan qurilish”; 
0820- “Asosiy vositalarni xarid qilish”; 
0830- “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”; 
0840- “Asosiy podani tashkil qilish”; 
0850- “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar”; 
0860- “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga 
kapital qo‘yilmalar”; 
0890- “Boshqa kapital qo‘yilmalar”. 
Analitik hisob har bir kapital qo‘yilma, xo‘jalik shartnomasi va xarajat 
elementlari bo‘yicha tashkil qilinadi. Aytib o‘tilgan obyektlar foydalanishga qabul 
qilingach ularning balans qiymati 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlar” va 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar”da hisobga 
olinadi.
Qurilishga mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalarning buxgalteriya hisobini 
tashkil qilishning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik 
usulida amalga oshirilishdan qat’iy nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha 
hisob-kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, 


364 
uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar 
hisobga olinadi. 
Faoliyati qurilish va qurilish tashkilotlari hisoblangan qo‘shma korxonalarda 
ishlarini bajarilishida xarajatlar hisobini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya Vazirligida 1999 yil 23 dekabrda 579 son bilan ro‘yxatdan o‘tgan 
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining “Kapital qurilishga oid pudrat 
shartnomalari” nomli №17sonli milliy standarti, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 
15 oktabrdagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi. 
Qurilish-montaj ishlari tannarxi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, qurilish 
tashkilotlari ishlab chiqarishida va buyurtmachiga obyektni topshirishda aks 
ettiriladi. 
Pudrat shartnomasi bo‘yicha xarajatlarga qo‘yidagilar kiradi: 
- ushbu pudrat shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan, xarajatlar tarkibidagi 
Nizom asosida bevosita xarajatlar; 
- pudrat shartnomasi bo‘yicha umumiy qurilish faoliyatiga tegishli bo‘lgan 
va pudrat shartnomalari bo‘yicha taqsimlanishi va shartnoma bahosiga ko‘shilishi 
mumkin bo‘lgan, xarajatlar tarkibi haqidagi Nizom asosida bilvosita xarajatlar; 
- qurilish pudrati shartnomalari shartlari bo‘yicha buyurtmachi tomonidan 
qoplanadigan boshqa xarajatlar. Shartnoma shartlarida ular bo‘yicha xarajatlarning 
qoplanishi aytib o‘tilgan. Misol uchun: tajriba - konstruktorlik ishlariga xarajatlar. 
Pudrat shartnomasi bo‘yicha faoliyatga kiritilmaydigan va taqsimlanmaydigan 
xarajatlar qurilish pudrat shartnomasi buyicha xarajatlardan chiqarib yuboriladi. 
Qurilishning pudrat usulida qurilish ishlarining butun bosqichini qurilish 
pudrati shartnomasi tuziladigan pudrat tashkiloti bajaradi. Mazkur shartnoma 
pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra 
muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini 
olishini, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoitlarni 


365 
yaratish, uni qabul qilish va shartlashilgan narxni to‘lash majburiyatini olishini 
nazarda tutadi.
Qurilishning xo‘jalik usuli quruvchining o‘z kuchi bilan, pudrat tashkilotlari 
jalb etilmay bajariladigan qurilish-montaj ishlarini tashkil etish shaklidir. Ya’ni 
xo‘jalik usulida qurilish-montaj ishlari buyurtmachisi va bajaruvchisi birgina 
yuridik shaxs hisoblanadi. Yangi qurilish, faoliyat yurituvchi obyektlarni 
kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va 
modernizatsiyalash xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Asosiy vositalar obyektlarini qurish va ularni foydalanishga topshirish 
bo‘yicha umumiy buxgalteriya o‘tkazmalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
51-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling