O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Aktsiyalarni nominal qiymatdan past bahoda sotib olishni aks ettirish


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Aktsiyalarni nominal qiymatdan past bahoda sotib olishni aks ettirish 
 
Xo‘jalik operasiyalarining mazmuni 
Summa, 
ming so‘m 
Debet Kredit 
1 Aktsiyalar sotib olinishi
18 000 
0610 
5110 
2 Har oyda 15 oy davomida aktsiyalarning sotib olish 
narxi va nominal qiymat o‘rtasidagi farqni qismlari 
teng ravishda (bir me’yorda) hisobdan chiqariladi
(2 000 / 15) 
133.333 
0610 
9590 
Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish paytiga kelib ularning 0610-“Qimmatli 
qog‘ozlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan bahosi nominal qiymatiga mos kelishi 
kerak. 
Qimmatli qog‘ozlar haq evaziga sotilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarni 
sotish chog‘ida olingan tushum va balans qiymati o‘rtasidagi farq (amalga 
oshirilgan xarajatlar chegirib tashlangan holda) daromad yoki xarajat sifatida tan 
olinadi.
 
 


352 
47-jadval
Qimmatli qog‘ozlarni sotishni aks ettirish 
Xo‘jalik operasiyalarining mazmuni 
Debet 
Kredit 
Qimmatli qog‘ozlarni haq evaziga sotish 
chog‘ida ularning qiymati hisobdan chiqarildi
9220 
0610 
Xaridorlarga qimmatli qog‘ozlar sotilganda 
ularning qarzi aks ettirildi
4010 
9220 
Qimmatli 
qog‘ozlar 
sotilganda 
xarajatlar 
hisobdan chiqarildi
9220 
Xarajatlarni hisobga 
oluvchi schyotlar 
Qimmatli 
qog‘ozlarni 
sotishdan 
olingan 
daromad aks ettirildi
9220 
9590 
Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan ko‘rilgan zarar
9690 
9220 
0620 – “Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 — “Qaram 
birlashmalarga investitsiyalar”, 0640 – “Qo‘shma korxonalarga investitsiyalar” 
schyotlarida mos ravishda sho‘’ba, qaram va qo‘shma korxonalarga 
investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi. 
Xo‘jalik jamiyati shuba xo‘jalik jamiyati deb tan olinadi, agar boshqa bir 
xo‘jalik jamiyati yoki shirkati quyidagilar tufayli xo‘jalik jamiyati tomonidan 
qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa: 
- ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok etish; 
- ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga (masalan, boshqa jamiyat yoki shirkat 
kompaniyaning boshqaruvchisi sifatida chiqqanda ushbu jamiyatning ishlarini 
boshqarish to‘g‘risida) muvofiq; 
- boshqa imkoniyatlar (masalan, ushbu jamiyatni boshqarish organlariga 
bunday ta’sir ko‘rsatishning haqiqiy imkoni tufayli) (O‘zR FKning 67-moddasi). 
Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga 
qarashli ovoz beradigan aktsiyalar (ustav kapitali)ning 20 foizidan ko‘prog‘iga ega 
bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi (O‘zR FKning 68-


353 
moddasi). 
Ustunlikka ega jamiyat asosiy jamiyat sho‘’ba jamiyatiga nisbatan ega 
bo‘lgan huquqlarga ega emas. Uning imkoniyatlari shu bilan belgilanadiki, u 
aktsiyalar paketining sezilarli qismining egasi hamda tegishli ovozlar soniga ega, 
qaram jamiyatning qaror qabul qilishiga ta’sir etishi mumkin, lekin unga majburiy 
ko‘rsatmalar berish huquqiga ega emas. Shuning uchun O‘zR Fuqarolik kodeksida 
belgilinishicha, bunday munosabatlar sho‘’ba va asosiy jamiyatlar (shirkatlar) 
bilan bo‘lganidek, o‘zaro yoki qo‘shimcha javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. 
Biroq aktsiyadorlik jamiyatining ovoz beradigan aktsiyalarining 20 foizidan 
ortig‘ini yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan 
ortig‘ini qo‘lga kiritgan xo‘jalik jamiyati (aktsiyadorlik jamiyati, mas’uliyati 
cheklangan jamiyat) bu haqdagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda darhol e’lon 
qilishi shart. 
0690 – “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” schyotida kelajakda 
moliyaviy daromad olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya yoki 
ekologiya tashkilotlariga investitsiyalarning mavjudligi hisobga olib boriladi. 
Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetidagi qoldiqlar har oyning boshiga korxona 
tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini ifodalaydm. Debet 
tomonmdagi oboroti oy davomida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatini, 
investitsiya uchun sarflangan mablag‘lar miqdorini, kredit tomonidagi oborotlar 
hisobdan chiqarilgan sotib yuborilgan, qaytarib berilgan qimmatli qog‘ozlar 
qiymatini yoki investitsiyalarning uzilishini aks ettiradi. 
Misol. Korxona tomonidan 540000 so‘mga aktsiyalar sotildi. Sotilgan 
qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati 500000 so‘mni tashkil qiladi. 
48-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling