O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini yuritish tartibi


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

14.3. Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini yuritish tartibi 
Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda qimmatli qog‘ozlarning 
buxgalteriya hisobi bo‘yicha muomalalar yagona (umumiy) tamoyillar asosida 
amalga oshirilishi lozim. 21-son BHMSga muvofiq 0600-“Uzoq muddatli 
investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar" schyotida mamlakatimizda va 
undan tashqarida barpo etilgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlarga, sho‘’ba, 


349 
qaram xo‘jalik jamiyatlarning hamda chet el sarmoyali korxonalarning nizom 
kapitali (jamg‘armasi)ga uzoq muddatli qo‘yilmalar (investitsiyalar) mavjudligi va 
harakati to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagi hisob-varaqalaridan kelib chiqib 
umumlashtiriladi: 
0610 “Qimmatli qog‘ozlar”; 
0620 “Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”; 
0630 “Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar”; 
0640 “Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar”; 
0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”. 
0610-“Qimmatli 
qog‘ozlar" schyotida aksiyadorlik jamiyatlarining 
aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari (ortsion, fyuchers va 
boshqalar) ga uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mavjudligi va harakati 
aks ettiriladi. 
Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks 
ettirish uchun asos bo‘lib ularga egalik qilish huquqi o‘tganligini tasdiqlovchi 
quyidagi hujjatlar xizmat qiladi:
- oldi-sotdi shartnomasi (barcha qimmatli qog‘ozlar uchun); 
- sertifikatni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (faqat hujjatli qimmatli 
qog‘ozlar uchun); 
- shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma (egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlar 
reestrni yuritish tizimida hisobga olinganda); 
- depo hisobvaraqdan ko‘chirma (qimmatli qog‘ozlar depozitariyga hisobga 
olinganda). 
Qimmatli qog‘ozlarning turiga bog‘liq holda egalik qilish huquqining o‘tish 
sanasi, tegishincha ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasi bo‘lib 
quyidagilar hisoblanishi mumkin:
- qabul qilish-topshirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan sana; 
- xarid qiluvchining unga reestrni yuritish tizimida ochilgan shaxsiy 
hisobvarag‘idan ko‘chirmada ko‘rsatilgan sana; 


350 
- xarid qiluvchiga qimmatli qog‘ozlar sotuvchi tomonidan saqlashga 
berilgan depozitariyga ochilgan depo hisobvaraqdan ko‘chirmada ko‘rsatilgan 
sana. 
Qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha barcha xarajatlar ularning xarid 
qiymatiga kiritiladi.
44-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling