O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
 
 


340 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Ishlab chiqarish zaxiralari deganda nimani tushunasiz? 
2. Ishlab chiqarish zaxiralarining qanday turlari mavjud? 
3. Ishlab chiqarish zaxiralari qaysi baholarda bahola-nadi? 
4. Materiallar harakati qaysi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi? 
5. Materiallarning ombordagi va buxgalteriyadagi hiso-bi qanday tashkil 
qilinadi? 
6. TMZlarni hisobga olish vazifalarini sanab bering? 
7. TMZlarni baholash usullarini tushuntiring? 
8. TMZlar harakatini hujjatlashtirish deganda nimani tushunasiz? 
9. TMZlarning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobini yuritish qoidalarini 
izohlang. 
10. Invetnar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlarini aytib o‘ting. 
 
 


341 
14-BOB. INVESTITSIYALAR HISOBI 
 
14.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish 
 
“2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da kapitalni jalb qilish hamda 
korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning 
muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston 
Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda 
rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish belgilangan.
51
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi: 
- mustahkam moliyaviy institutlarga qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, 
veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish
- qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli 
organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini 
kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki qimmatli 
qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya 
qiluvchi organ sifatida faoliyati samaradorligini oshirish; 
- qimmatli qog‘ozlarni dastlabki va qo‘shimcha emissiya qilishni davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish; 
- sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, 
sug‘urta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish; 
- alohida milliy korxonalar aktsiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida 
dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga 
chiqishini ta’minlash. 
Xo‘jalik subyektlari bilan uning tashqi va ichki manbalari o‘rtasida 
investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta’minlash borasida qaror qabul 
qilish investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun 
moliyaviy investitsiyalar resurlari oqimini boshqarish investitsiya faoliyatini 
51
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 8-ilova. 


342 
boshqarishdagi markaziy masala hisoblanadi. 
Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida subyektni uchta izchil 
bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig‘ish va to‘plash; uni tahlil qilish; 
boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish. 
Investitsiya inglizcha investment so‘zidan olingan bo‘lib, sarmoya qo‘yish 
degan ma’noni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati 
to‘g‘risida”gi
52
Qonunining 3-moddasiga binoan, investitsiyalar - qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat 
obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan 
huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek 
reinvestitsiyalar.

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling