O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
13.5. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari 
Materiallar ichida o‘ziga xos xusisiyatlarga ega bo‘lgan inventar va xo‘jalik 
anjomlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Mol-mulk inventar va xo‘jalik 
anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi lozim: 
- xizmat muddati bir yildan oshmagan
- xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston 
Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik 
baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida 
ularni inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar 
qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli.
Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati 
vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga to‘liq 
hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl bo‘yicha (bir 
tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki 
guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, 
bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar 
bo‘yicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar 


331 
ko‘rsatiladi. 
Agar inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun 
xarid qilish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 
o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, unda tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu 
inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga 
kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish, ya’ni ularni 
xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali amalga 
oshiriladi:
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga 
mutanosib ravishda hisobdan chiqarish; 
b) teng me’yorli tarzda. 
Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib 
ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan 
chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining 
natural ko‘rsatkichidan va inventar hamda xo‘jalik anjomlari tannarxining 
ko‘rsatilgan inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali ishlatishning butun 
kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning taxmin 
qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Qiymatni teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xo‘jalik 
anjomlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali 
ishlatish muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib 
chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Inventar va xo‘jalik anjomlari qiymatining ularni foydalanishga berishda 
hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning 
foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. 
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari 
tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 
- maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli 
va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun 


332 
mo‘ljallangan, maqsadli asbob va moslamalar); 
- maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal; 
- ko‘rpa-to‘shaklar; 
- yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar 
va hokazolar); 
- oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar; 
- barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan 
vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; 
- foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar; 
- ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo). 
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq 
holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun 
hisobvaraqlarni mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va 
xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga 
kiritiladi. 
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish buxgalteriya hisobida 
inventar va xo‘jalik jihozlarini xarid qilish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq haqiqiy 
xarajatlar summasi (haqiqiy tannarx bo‘yicha) xarajatlarni hisobga oluvchi 
schyotlarda aks ettiriladi va quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi: 
Debet 2000, 2300, 2500, 2700, 9400, 3290 
Kredit 1080 
Bir vaqtning o‘zida, foydalanishda bo‘lgan inventar va xo‘jalik jihozlarini 
saqlanishini nazorat qilish maqsadida balansdan tashqari schyotda quyidagi yozuv 
amalga oshiriladi: 
Debet 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” hisobga olishga 
o‘tkazilgan inventar va xo‘jalik jihozlari summasiga. 
Inventar va xo‘jalik jihozlarini balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi 
inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida hisobga olish oddiy shakl (bir tomonlama 
tartibda) inventar va xo‘jalik jihozlarini nomi yoki ularning guruhi 


333 
(yiriklashtirilgan komplektlar kesimida, foydalanishga kelib tushgan sanasini 
ko‘rsatish bilan xarid qilish (ishlab chiqarish)ning haqiqiy tannarxi bo‘yicha, 
foydalanish joyi va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi. 
Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq kamyob yoki 
tarkibida qimmatli metallar yoki qimmatli toshlar mavjud bo‘lgan inventar va 
xo‘jalik jihozlari safiga kiritilgan, inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga 
olish uchun ham tarkibiy bo‘linma omboriga vakolatli shaxs tomonidan 
imzolangan talabnoma taqdim etiladi. Talabnomada inventar va xo‘jalik jihozlarini 
oladigan ishchining imzosi bo‘lishi kerak. 
Ishchilarga maxsus kiyimlar, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan maxsus 
kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul 
berishning tarmoq bo‘yicha namunaviy me’yorlari, shuningdek ishchilarni maxsus 
kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan 
ta’minlashning qoidalari asosidagi kollektiv shartnomada belgilangan tartibda 
beriladi. 
Maxsus kiyimlarni ishchilarga berilishi rasmiylashtiriluvchi hujjatlar 
(talabnoma va hokazolar)da, boshqa rekizitlar bilan bir qatorda berishning asosi, 
shaxsiy kartochkada esa kiyish mumkin bo‘lgan muddati, qaytarilganda 
foydalanishga yaroqliligi darajasi aks ettirilishi lozim. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling