O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
13.7. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi 
Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish 
sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida 
tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin yilda kamida bir marotaba tovar-
moddiy zaxiralarni inventarlash o‘tkaziladi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash 19-son buxgalteriya hisobi milliy 
standarti “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish” bilan belgilangan tartibda 
o‘tkaziladi.
Inventarizatsiya o‘tkazilishi tartibiga ko‘ra, rejali va rejasiz bo‘lishi mumkin. 
Nazorat organining nazorat-taftish ishlari rejasiga asosan o‘tkaziladigan 
inventarizatsiya rejali inventarizatsiya deb ataladi. Inventarizatsiyaning bu turi 
korxonalar va xo‘jaliklararo tashkilotlar taftish komisiyalari ish faoliyatida keng 
tarqalgan bo‘lib, ko‘p hollarda maxsus (shtatdagi) nazoratchilarning tekshirish 
o‘tkazish rejalariga ham kiritiladi. Rejali inventarizatsiya buxgalteriya hisob 


337 
tizimida muhim o‘rin tutadi. Maxsus qarorga ko‘ra, har bir xo‘jalik mablag‘lari va 
moddiy boyliklari turi bo‘yicha ma’lum bir vaqt ichida inventarizatsiya o‘tkazib 
turilishi kerak. 
Quyidagi holatlarda inventarizasiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart: 
 korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek davlat 
korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida; 
 tovar-moddiy boylliklar qayta baholanganda; 
 moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida; 
 talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning 
buzilishi bilan bog‘liq faktlar aniqlanganda; 
 yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda; 
 korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa 
hollarda. 
Tekshirish ko‘lamiga ko‘ra inventarizasiya yoppasiga yoki tanlab 
o‘tkaziladigan, o‘tkazish vaqti bo‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan 
o‘tkaziladigan inventarizasiyalarga bo‘linishi mumkin. 
Inventarlash natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi 
summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yo‘qolish me’yorlari 
chegarasida, shuningdek kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy 
javobgar shaxslardan undirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, uni moliya-xo‘jalik 
faoliyati natijalariga hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hisobot 
davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi. 
Inventarizasiya - TMZning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish 
sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazoratini ta’minlab beruvchi 
jarayondir.
50
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir 
marta moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan 
keyin amalga oshiriladi.
50
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 312-page, 2014 


338 
Inventarizasiya 
jarayonida 
aniqlangan 
tovar-moddiy 
zaxiralarining 
kamomadi haqiqiy (balans) qiymati bo‘yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya 
hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” 
schyoti; 
Kredit “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar” (1000-2900). 
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan 
hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining 
bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining 
haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori bo‘lsa, daromad summasi buxgalteriya 
hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti – 
aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam 
chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” 
schyoti 
- kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga;
Kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti - aybdor 
shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan 
tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy 
zaxiralarining haqiqiy balans qiymati o‘rtasidagi farqiga. 
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan 
hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining 
bozor qiymati (undirladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining 
haqiqiy (balans) qiymatidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi buxgalteriya 
hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti - 
aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam 
chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga; 


339 
Debet 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyoti - aybdor shaxs yoki 
moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy 
zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy 
(balans) qiymati o‘rtasidagi farqiga; 
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” 
schyoti - kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga. 
Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan 
undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining 
kamomadidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya 
hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyoti; 
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” 
schyoti. 
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-
moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash tovar-moddiy 
zaxiralarining bozor qiymati bo‘yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va 
aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettiriladi: 
Debet “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar”; 
Kredit 9390 “Boshqa operasion daromadlar” schyoti. 
Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning 
undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet “Pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar” (5000, 5200, 
5600,5700) yoki “Mehnat haqi bo‘yicha xodim hisoblashishlarni hisobga oluvchi 
schyotlar” (6700), yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar; 
Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling