O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablag‘larni 
to‘lovchining) topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv 
ochgan bank (bank-emitent) mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs 
hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni 
bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi. 
Akkreditivning amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi 
mablag‘larni to‘lovchi bilan mablag‘larni oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab 
qo‘yiladi. 
Shartnomada yana quyidagilar bo‘lishi kerak: 
 mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi; 
 akkreditivning turi va uni bajarish usuli; 
 akkreditiv ochilganligi haqida mablag‘larni oluvchini xabardor qilish 
usuli; 
 akkreditiv bo‘yicha mablag‘lar olish uchun mablag‘larni oluvchi 
tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi; 


223 
 tovarlar jo‘natilganidan (xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilganidan) 
keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan 
talablar. 
Akkreditiv quyidagi turlarga bo‘linadi: 
- qoplangan (deponentlangan) akkreditiv; 
- qoplanmagan akkreditiv. 
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag‘larni 
to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning o‘z 
mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni mablag‘larni to‘lovchiga xizmat 
ko‘rsatuvchi bankning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga 
mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank ixtiyoriga o‘tkazishi shart. 
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablag‘larni to‘lovchiga xizmat 
ko‘rsatuvchi bank mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka 
akkreditivning butun summasini mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi 
bankning mablag‘larni oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankda yuritilayotgan 
hisobvarag‘idan o‘chirish huquqini beradi. 
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib 
olinmaydigan shaklda bo‘lishi mumkin. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv 
hisoblanadi. 
Chek 
— chek beruvchining hisobvarag‘idan chek oluvchining 
hisobvarag‘iga chekda belgilangan summani o‘tkazish bo‘yicha topshiriq nazarda 
tutilgan hisob-kitob hujjati. 
Chek-hisob-kitob hujati bo‘lib chek beruvchining chek oluvchining 
hisobiga chekda belgilangan (nazarda tutilgan) summani (mablag‘ni) o‘tkazish.
28
Cheklar banklar buyurtmasiga muvofiq «Davlat belgisi» davlat-ishlab 
chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Chekning seriyasi va tartib raqami, 
mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va firma belgisi 
28
Accounting, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 72 page, 2014 


224 
bosma shaklda chor etiladi. 
Cheklar jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-
kitoblarda qo‘llaniladi. 
Chekning maksimal summasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan, minimal summasi, shuningdek chekning amal qilish muddati banklar 
tomonidan belgilanadi.
BPK — bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov 
vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi 
mablag‘lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz 
hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini va 
bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi. 
BPKlardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan 
naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va 
bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishda foydalaniladi. 
Xalqaro BPKlar vakolatli banklar tomonidan muomalaga chiqariladi va 
ularga xizmat ko‘rsatiladi.

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling