O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish shakllari


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
11.5. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish shakllari 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 
apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida naqd 
pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida” Nizom asosida amalga oshiriladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari:
1) to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; 
2) akkreditivlar bilan hisob-kitoblar; 
3) inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar; 
4) cheklar bilan hisob-kitoblar. 
Yuqorida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga 
oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob xujjatlaridan foydalaniladi: 
1) memorial order;
2) to‘lov topshiriqnomasi; 
3) to‘lov talabnomasi;  
4) inkasso topshiriqnomasi; 
5) akkreditivga ariza; 


216 
6) tijorat bankining hisob-kitob cheki. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan (BPK) foydalangan 
holda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli va hisob-kitob hujjatlarining turi 
mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga 
(bitimga) muvofiq belgilanadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddatlar belgilab qo‘yilgan 
bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov hujjati bankka kelib tushgan kunda mablag‘larni 
mijozning hisobvarag‘iga kirim qilishi yoki mablag‘larni uning hisobvarag‘idan 
hisobdan chiqarishi shart. 
Banklar mijozning topshirig‘iga binoan elektron to‘lovni tegishli to‘lov 
hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida tushgan bo‘lsa, 
amalga oshirishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar 
to‘lov hujjati amaliyot kuni tugaganidan keyin tushsa, banklar elektron to‘lovni 
keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart. 
Banklar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 
2004 y., 43-son, 451-modda) muvofiq, hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni 
to‘xtatib turishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli. 
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida unga qo‘yilgan talablarni 
qondirish uchun etarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda, mablag‘larni 
hisobdan chiqarish “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul 
mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat 
raqami 2342, 2012 yil 15 mart) muvofiq amalga oshiriladi. 
Hisob-kitob hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladi. 
Hisob-kitob hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Cheklar havo yoki qora rang pastasi bo‘lgan sharikli ruchka bilan yoxud 
texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldirilishi mumkin.


217 
Bank tomonidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul 
qilinadi:

yuridik shaxslardan — hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va muhr izi 
imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan namunaga 
muvofiq (rahbarlik vazifalarini hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish 
vazifalarini amalga oshiradigan shaxsning) bo‘lganda (mikrofirmalar uchun 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi 
shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi);

yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib 
dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan — hisob-kitob 
hujjatlaridagi imzo va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan 
varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan 
ijroga qabul qilinadi.
Mijozlarning imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchasida 
dumaloq muhr izi qo‘yilmagan bo‘lsa, hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul 
qilinadi.
Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchaga 
imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. Hisob-kitob hujjatlarini 
faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash 
taqiqlanadi. 
Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob 
hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi: 

mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda; 

bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda; 

banklarning o‘z ichki operatsiyalarida; 

mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar banklar bilan 
mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa; 

buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda; 

jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan 


218 
yozma topshiriqlari bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga 
oshirishda. Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur topshiriq memorial 
order bilan birga bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling