O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
KASSA
DAFTARI Kassa 20___ yil "____" ________________ uchun q i r q i s h c h i z i g‘ i Hujjat raqami Kimdan olingan yoki kimga berilgan Korrespon- dentsiyalangan hisobvaraq raqami Kirim Chiqim Hujjat raqami Kimdan olingan yoki kimga berilgan Korrespon- dentsiyalangan hisobvaraq raqami Kirim Chiqim Kun boshidagi qoldiq Kun mobaynida jami: Kun oxirida qoldiq: Shu jumladan: Kassir (yozuv bilan) Kassa daftaridagi yozuvlarni tekshirdi va hujjatlar soni kirimini va chiqimini qabul qildi (yozuv bilan) Kassir kassa daftariga yozuvlarni har bir kassa orderi bo‘yicha pullar 209 olingandan yoki naqd pullar tarqatilgandan keyin darhol kiritadi. Har ish kuni oxirida kassir: bir kunlik operatsiyalar hisobini chiqaradi; kassadagi naqd pullar qoldig‘ini keyingi ish kuniga o‘tkazadi; ikkinchi qirqiladigan varaqni kassirning hisoboti sifatida kassa kirim va chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga kassa daftariga imzo qo‘ydirgan holda topshiradi. Agar kuniga unchalik katta bo‘lmagan operatsiyalar (umumiy summasi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha) amalga oshirilsa, kassir buxgalteriyaga hisobotlarni 3-5 kunda bir marta topshirishi mumkin. Elektron kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab o‘sib borish tartibida raqamlanib, elektron tarzda amalga oshiriladi. Ammo yil yakunida daftar baribir bosmadan chiqarilishi, varaqlarning umumiy soni rahbar hamda bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanishi, tashkilot muhri bilan muhrlanishi lozim bo‘ladi. Kassirning ishlov berilgan hisoboti asosida buxgalteriyada 5000 hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha 1-jurnal-orderda va debeti bo‘yicha 1- vedomostda kassa muomalalarining hisobi yuritiladi. Kassa operatsiyalarini aks ettiruvchi buxgalteriya o‘tkazmalari: Bankdagi hisobraqamdan pul mablag‘lari kassaga kelib tushdi (ish haqi, nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun): Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti” Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan bo‘naklarning qaytarilishi aks ettirildi: Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” Kredit 4200 “Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar” Mahsulot, tovar, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi aks ettirildi: Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 210 Kredit 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” Pul mablag‘larining kassadan bankdagi hisob-kitob schyotiga o‘tkazilishi aks ettirildi: Debet 5110–“Hisob-kitob schyoti” Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” Hisobdor summalarning berilishi aks ettirildi: Debet 4200 “Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” Hisoblangan mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (mukofot va shu kabilar) berilishi aks ettirildi: Debet 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” Puli berilgan holda sotilgan tovarlarning qaytarib olinishi aks ettirildi: Debet 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling