O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Kassa muomalalarini hisobga olish


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
11.2. Kassa muomalalarini hisobga olish 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va berish bilan 


203 
bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Yuridik 
shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga asosan 
tashkil qilinadi va yuritiladi.
Kassa operasiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan 
operasiyalarni majmuasidir.
26
Har bir xo‘jalik subyekti naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshirish 
maqsadida o‘z kassasiga ega bo‘lishi lozim. Naqd pul bilan hisob-kitoblarni 
amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega bo‘lishlari talab etilmaydi. 
Kassa xonasi alohida ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa operatsiyalarni amalga 
oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan 
shaxslarning ushbu xonaga kirishi man etiladi. 
Xo‘jalik subyektidagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar 
yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni tugaganidan so‘ng, 
kalit bilan qulflanadi va unga kassirning muhri bosiladi.
Xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa 
qimmatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi. 
Kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun 
to‘liq moddiy javobgar hisoblanadi. Kassirning ishga tayinlanganligi to‘g‘risida 
buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot rahbari kassirni Qoidalar bilan tanishtiradi 
va u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi. 
Kassir o‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi 
taqiqlanadi. 
Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda bo‘lmagan 
hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol tashkilot rahbari hamda 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs 
va boshqa xodimlardan tarkib topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan 
shaxs tomonidan qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya a’zolari 
26
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 66 p. 


204 
tomonidan imzolanadi. 
Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5010 “Milliy valyutadagi pul 
mablag‘lari” schyotida yuritiladi. Mazkur schyot xo‘jalik yurituvchi subyekt 
kassalarida turgan pul mablag‘lari va ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi 
hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Xo‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan 
bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart. 
Korxona kassasiga naqd pullar: 

bank kassasidan - bank cheki asosida; 

aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish natijasida olingan 
naqd pul tushumi shaklida; 

korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib tushishi 
mumkin. 
Xaridorlardan naqd pul olayotganda korxona: 

fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qo‘llashi; 

xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlaydigan chek 
berishi shart. 
O‘zbekiston Respublikasida faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida 
foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining 
davlat reestriga kiritiligan NKM modellaridan foydalanish mumkin. Har qanday 
apparat “O‘zstandart” agentligi yoki u akkreditatsiyalagan organ tomonidan 
sertifikatlanishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Ilgari ishlatilgan 
NKMdan foydalanish taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM soliq organlaridagi 
avvalgi hisobdan o‘chirilishi kerak, bu haqda DSI apparatning ro‘yxatdan o‘tkazish 
kartasida maxsus belgi qo‘yadi. Har qanday – yangi yoki ishlatilgan – NKMni 
qo‘llashni boshlashdan avval uni savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq 


205 
organida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini olish kerak. 
KM savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Agar savdo shoxobchalari bir nechta bo‘lsa, joylashgan joydagi DSIda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan alohida kassa apparati bilan har bir savdo shaxobchasi jihozlanishi 
kerak.
Soliq organlari 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning 
ishonchliligini tekshiradilar, mazkur NKMning fiskal xotirasiga kirishni 
kodlashtiradilar va uni plombalaydilar. NKM plombalarining butligi uchun 
shaxsan korxona rahbari javob beradi. Ish kuni oxirida kassir NKM bo‘yicha 
kundalik hisobotni olishi va kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini (uni 
kassa daftari bilan chalkashtirmaslik kerak) albatta to‘ldirish shart.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim orderi (KO-1) 
bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) 
va unga oid kvitantsiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib 
beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. 
Kassa orderlarini olish vaqtida kassir:
• ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga 
oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa tashkilot rahbari 
yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini; 
• hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini; 
• hujjatlarda qayd etilgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi shart. 
Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlarni belgilangan 
tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi. 
Kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgalteriyasi 
tomonidan tegishli ravishda “Kassa kirim orderlariniqayd etish daftari”da va 
“Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari”da ro‘yxatga olish lozim. Ish haqini 
to‘lashga doir to‘lov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlari u 
to‘langanidan so‘ng ro‘yxatga olinadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari 


206 
(KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov 
vedomostlari, pul berish to‘g‘risidagi arizalar, to‘lovnoma va boshqalar)ga asosan 
beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi 
bo‘lishi lozim. Naqd pul olish uchun to‘ldirilgan hujjatlarda xo‘jalik yurituvchi 
subyekt rahbari va bosh buxgalterning yoki ular vakolat bergan shaxslarning 
imzosi bo‘lishi kerak. 
15-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling