O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


-rasm. Korxona buxgalteriyasining taxminiy tarkibiy tuzilishi


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
20-rasm. Korxona buxgalteriyasining taxminiy tarkibiy tuzilishi 
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob apparati 
markaziy buxgalteriyada jamlanadi va unda alohida bo‘linmalar (bo‘lim, 
omborxona va h.k.)dan kelib tushuvchi dastlabki va yig‘ma hujjatlarga asosan 
sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga oshiriladi. Korxona bo‘linmalarida esa 


192 
faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning 
alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga 
oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning balans va 
hisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning 
balans va hisobotlarini umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va 
hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va 
hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi 
qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda 
qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi tashkil etilib, tarkibiy 
bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim sintetik schyotlar 
bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, 
xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda 
yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari 
tuzilmaydi. 
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining 
grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi. 
Hisob ishlari grafiklarining asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida vazifalarni 
taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, hisob xodimlarining 
mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar belgilanmoqda. Bunday grafiklar 
individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi mumkin. 
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan 
qanday ishlar va ular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi. Grafikda 
xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (hafta, oy, chorak va 
h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi. 
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy 
bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiy bo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan 
qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi. 


193 
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini bajarish 
(inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarni tuzish va 
sh.k.) muddatlari ko‘rsatiladi. Unda korxona bo‘yicha butun hisob-jarayoni 
umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Uning bajarilishi uchun korxona bosh 
buxgalteri mas’ul hisoblanadi. Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida 
tuzilib, ularda rejalashtirilgan ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi 
qo‘yish ko‘zda tutiladi. 
Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uni 
bosh buxgalter boshqaradi. Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning 
boshqaruv tuzilmasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va 
texnik vositalar mavjudligiga bog‘liq. 
Qoidaga ko‘ra bosh buxgalter lavozimdan bo‘shatilgan vaqtida ishlar yangi 
tayinlangan bosh buxgalterga topshirilishi lozim. Yangidan tayinlanadigan 
buxgalter bo‘lmagan hollarda korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan 
xodimga topshiriladi. Bunda buxgalteriya hisobining ahvoli va hisobot 
ma’lumotlarining ishonchliligi tekshirilib dalolatnoma tuzilishi va korxona rahbari 
tomonidan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq. 
Bizningcha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuzilib, 
undan birinchisi korxonada qoldirilishi va ikkinchi nusxasi ishni topshiruvchiga 
berilishi lozim. 
Hujjatlar aylanish grafigi qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya 
hisobini tashkil etishda muhim jarayon hisoblanadi. Shuning uchun bu jarayon 
xo‘jalikda hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa ilova sifatida berilishi kerak va 
uning bajarilishini qat’iy nazorat qilish shart. 
Shuni qayd etish zarurki, turli hujjatlar bo‘yicha hujjatlar aylanish rejasida 
ularni taqdim etish va ishlov berishning turlicha tartibi ko‘zda tutiladi. Ayrim 
hujjatlar buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlar uchun ularni oldindan 
guruhlarga ajratmasdan bevosita asos bo‘ladi: asosiy vositalarni kirim qilish va 
hisobdan chiqarish dalolatnomalari, turli buxgalteriya ma’lumotnomalari va 


194 
shunga o‘xshashlar. Bunday holda hujjatlar aylanishi grafigida tegishli hujjatni 
markaziy buxgalteriyaga ulardagi ma’lumotlar asosida hisob registrlariga 
yozuvlarni yozish uchun bevosita taqdim etish ko‘zda tutiladi. Boshqa hujjatlar 
(ular ko‘p qismni tashkil etadi) oldindan guruhlanadi va tegishli yig‘ma hujjatlarda 
umumlashtiriladi. Masalan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar va mehnatni 
hisobga olish bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumotlar tegishli jamg‘arma 
vedomostlarida yoki jurnallarda qayd etiladi, moddiy boyliklar harakati 
ko‘rsatkichlari - moddiy boyliklar harakatlari haqidagi hisobotlarda, kassa 
hujjatlari ma’lumotlari – kassirning hisobotlarida qayd etiladi va h.k. Hisob 
registrlaridagi barcha keyingi yozuvlar tuzilgan yig‘ma hujjatlar asosida olib 
boriladi. Tabiiyki, ushbu guruhdagi hujjatlar bo‘yicha hujjatlar aylanishi rejasida 
dastlabki hujjatlarning ularni tuzishdan tortib, tegishli yig‘ma hujjatni 
rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan harakati qayd etiladi. Bunda ko‘pchilik hollarda 
bu ishlar xo‘jalikning markaziy buxgalteriyasida emas, balki bo‘linma 
buxgalteriyasida qayd etiladi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hamda hisob siyosatini ishlab chiqishda
xo‘jaliklarda hujjatlar aylanish grafigiga kam e’tibor qaratiladi va undan keyin 
amalga oshiriladigan hisob ishlari yoritilishi bo‘yicha ishonchli manbalar juda kam 
uchraydi. Fikrimizcha, xo‘jalikda hujjatlar aylanish grafigi bilan birga hisob 
ishlarining bajarilish grafigi ishlab chiqilishi hisobni tashkil etishda bir qator 
murakkabliklarni bartaraf qiladi. 
Hisob ishlarini bajarish grafigi hujjatlar aylanishi grafigi bilan uning davomi 
va mantiqan tugallanishi sifatida chambarchas bog‘liqdir. Agar hujjatlar aylanishi 
grafigida hujjatlarning ularni tuzishdan to foydalanilishigacha bo‘lgan harakati 
qayd etilsa, hisob ishlarini bajarish grafigida buxgalteriyada kelib tushgan va 
ishlov berilgan dastlabki hujjatlar asosida bajariladigan hisob ishlarnning ro‘yxati 
ko‘rsatiladi. Bunday grafik o‘z hisob apparatiga ega bo‘lgan har bir tarkibiy 
bo‘linmalarda alohida tuzilishi mumkin, so‘ngra umuman xo‘jalik bo‘yicha yoki 
xo‘jalikdagi barcha hisob ishlari markaziy buxgalteriyaga to‘plangan bo‘lsa, u 


195 
holda faqat xo‘jalik bo‘yicha tuzilishi mumkin. 
Hisob ishlarini bajarish grafigida: tegishli hisob registrlarining (jurnal-
orderlar, yordamchi vedomostlar, ishlab chiqarish hisobotlari va shunga 
o‘xshashlar) nomi va nomeri, ularning har biriga asoslanib tuziladigan hujjatlar 
bajarish muddatlari va ularni kim tuzishi ko‘rsatiladi. Hisob ishlarini bajarish 
grafigi shunday tuzilishi kerakki, bunda hisob apparati butun oy mobaynida bir 
tekis yuklama (ish) bilan ta’minlanishi kerak. Bu buxgalteriya hisobini ratsional 
tashkil etishning muhim shartidir. 
Hisob ishlarini bajarish grafigi hujjatlar aylanishi grafigi bilan 
muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu demak, hujjatlar aylanishi grafigidagi 
tegishli holatlar bo‘yicha yakuniy bosqichlar hisob ishlarini bajarish grafigidagi 
xuddi shu holatlarning boshlang‘ich bosqichlari bilan muvofiq kelishi kerak. 
Masalan, kassa hujjatlari bo‘yicha hujjatlar aylanishi rejasi kassirning hisobotini 
tuzish bilan uni bajaruvchi va bajarishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan holda 
tugallanadi. Hisob ishlarini bajarish grafigida kassirning hisoboti 1- jurnal-orderni 
tuzish uchun dastlabki material bo‘lib xizmat qiladi. Tegishli ravishda ana shu 
turdagi ishlar bo‘yicha ularni bajarish muddatlarining muvofiqligi ta’minlanishi 
kerak. 
Buxgalteriyada vazifalarni taqsimlash ham hisob ishlarini bajarish rejasi 
bilan bog‘liq. Yuqorida qayd etilgandek hisob ishlarini bajarish rejasi hisob 
apparatining oy davomida bir tekisda ish bilan ta’minlanishini ko‘zda tutishi kerak. 
Buxgalteriyadagi xizmat vazifalarini taqsimlash ham birinchi navbatda ana 
shundan kelib chiqib hal etiladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunda boshqa omillar 
ham: u yoki bu ishning muhimligi, bajaruvchilarning malakasi, hisob jarayonining 
tashkiliy tuzilmasi va boshqalar hisobga olinadi. 
Xizmat vazifalarini taqsimlashda eng mas’uliyatli va murakkab ishlar 
ko‘proq malakali xodimlar tomonidan bajarilishi lozimligidan kelib chiqiladi. 
Masalan, bosh buxgalter yoki bosh buxgalter o‘rinbosari odatda kassa va bank 
hujjatlariga ishlov berish va ularni registrlarga yozish ishlarini bajaradilar. 


196 
Buxgalteriyaning malakali xodimi (odatda bosh buxgalter o‘rinbosari) ishlab 
chiqarishga, ayniqsa chorvachilikka qilinadigan xarajatlarning hisobini amalga 
oshiradi. Tajribali xodim moliya hisobini olib borishi kerak. Vazifalar taqsimoti 
shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, bunda xodimlarning o‘zaro almashtirilishi (bir-
birining o‘rnini bosishi) ta’minlanishi kerak. 
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashtirilgan 
buxgalteriya, mustaqil ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta-
maxsus ma’lumotga ega professional buxgalter tomonidan ham yuritilishi mumkin. 
Hisob jarayonini to‘liq markazlashtirish shundan iboratki, bunda butun hisob 
jarayoni markaziy buxgalteriyaga to‘plangan bo‘ladi. Xo‘jalik bo‘linmalarida faqat 
dastlabki hisob amalga oshiriladi. To‘ldirilgan dastlabki hujjatlar markaziy 
buxgalteriyaga kelib tushadi. Bu yerda ular tekshiriladi, ishlanadi, solishtiriladi va 
hisob registrlaridagi barcha yozuvlar amalga oshiriladi. Biroq keyingi yillarda, 
ayniqsa hisobning kompyuterlashtirilishi va boshqaruvning bo‘linma tuzilmasi 
qo‘llanilishi bilan hisob jarayonini bunday tashkil etish tobora keng tarqalib 
bormoqda. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida hisob jarayonini to‘liq markazlashtirmaslik 
nisbatan kam qo‘llaniladi. U shundan iboratki, xo‘jalikning har bir bo‘linmasida 
hisob ishlarining to‘liq davri: dastlabki hujjatlarni to‘ldirishdan boshlab barcha 
hisob registrlarini rasmiylashtirish va balans tuzishgacha bo‘lgan ishlar yuritiladi. 
Xo‘jalikning markaziy buxgalteriyasida bunday holda faqat umumxo‘jalik 
bo‘yicha yig‘ma hisob yuritiladi. 
Qisman markazlashtirilmaganlik eng keng tarqalgan hisoblanadi. Bunday 
holda xo‘jalik bo‘linmalarida xo‘jalik muomalalarini hujjat bilan rasmiylashtirish, 
shuningdek, 
hujjatlarni 
va 
ishlab 
chiqarish 
hisobotlarini 
tuzishgacha 
guruhlashtirish va yig‘ish ishlari yuritiladi. Bu erda, odatda ish haqi (mehnatga haq 
to‘lash) hisoblab yoziladi va to‘lov vedomostlari tuziladi. Bajarilgan muomalalarni 
hisobi registrlarda aks ettirish bo‘linmalardan beriladigan ishlab chiqarish 
hisobotlarini moddiy hisobotlar va boshqa yig‘ma hujjatlar asosida xo‘jalikning 


197 
markaziy buxgalteriyasida amalga oshiriladi. 
Hisob jarayonining bunday tashkiliy tuzilmasi fermer xo‘jaliklari uchun 
xarakterli bo‘lgan. So‘nggi yillarda u agrofirmalarda ancha ko‘p qo‘llanila 
boshladi. Biroq yuqorida ta’kidlanganidek, hisobni kompyuterlashtirish joriy 
etilishi bilan, shuningdek ishlab chiqarishni boshqarishning bo‘linma tuzilmasi 
joriy etilishi bilan hisob jarayonini tashkil etishning markazlashtirilgan tamoyiliga 
asoslangan turi tobora ko‘p qo‘llanilmoqda. 
Hisob jarayonining hisob ishlarini to‘liq markazlashtirishga asoslangan 
tashkiliy tuzilmasida markaziy buxgalteriyada xizmat vazifalarni taqsimlash 
shunday tashkil etiladiki, bunda xodimlar ayrim muomalalar: hujjatlarni qabul 
qilish, hujjatlarni ishlash, hujjatlar ma’lumotini, hisob registrlariga yozish va 
hokazolar bo‘yicha ixtisoslashadilar. Bunda har bir xodim bir necha xil o‘zaro 
bog‘liq schyotlar bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarishi mumkin. Masalan, ishlab 
chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi bo‘yicha bitta xodim dastlabki hujjatlarni 
qabul qilishi va ular bilan ishlashi mumkin, boshqasi - undagi ma’lumotlar bilan 
ishlashi va ishlab chiqarish hisobotlarini tuzishi mumkin, uchinchisi - hisob 
registrlariga yozib borishi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni hisobga olish 
vedomosti va daftarlari hamda tegishli jurnal-orderlarda aks ettira borishi mumkin. 
Boshqa variantda esa har bir xodimga balans schyoti bo‘yicha hisob ishlarining 
barcha kompleksi biriktirib qo‘yiladi. Masalan, tegishli balans schyoti bo‘yicha 
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha bitta xodim 
hujjatlarni qabul qiladi, ular bilan ishlaydi, dehqonchilik bo‘yicha qilingan 
xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha registrlarga tegishli yozuvlarni yozadi, boshqa 
xodim chorvachilik bo‘yicha hisob ishlari kompleksini, uchinchisi sanoat, 
yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisob ishlarini yuritadi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan variantlarning har biri xo‘jalikdagi aniq sharoit va hisob 
xodimlarining malakasiga qarab qo‘llanilishi mumkin. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling