O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Kassa kirim orderlarini qayd etish


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Kassa kirim orderlarini qayd etish 
DAFTARI 
T/r 
Kimdan olindi 
Maqsadi 
Miqdori 
(summasi) 
Sana 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16-jadval 
Kassa chiqim orderlarini qayd etish 
DAFTARI 
T/r 
Kimga berildi 
Maqsadi 
Miqdori 
(summasi) 
Sana 
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, to‘lovnomalar 
(schyotlar) va boshqalarda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining ijozat beruvchi 
imzosi bo‘lgan hollarda chiqim kassa orderlarida rahbar imzosi bo‘lishi shart emas. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning xodimlari ro‘yxatida turmaydigan 
shaxslarga pul tuzilgan shartnomalar asosida har bir shaxs uchun alohida 
yoziladigan chiqim kassa orderi bo‘yicha beriladi. 
Kassir pulni faqat chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosuvchi 
hujjatda ko‘rsatilgan shaxsga beradi. Ayrim hollarda pul ko‘rsatilgan tartibda 
rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida olinadigan bo‘lsa, chiqim orderi matnida 
pul oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismidan keyin pul olish uchun ishonch 
bildirilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yozib qo‘yiladi. Agar pul 


207 
vedomosti bo‘yicha berilayotgan bo‘lsa, pul olinganini tasdiqlovchi imzo oldidan 
kassir “Ishonchnoma asosida” deb yozib qo‘yadi. Ishonchnomani kassir olib 
qoladi va chiqim kassa orderiga yoki ishonchnomaga tikib qo‘yadi. 
Kassir ish haqi, ish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotish nafaqasi, stipendiya, 
pensiya va mukofotlarni har bir oluvchi uchun chiqim kassa orderi tuzmasdan
to‘lov (hisob-kitob-to‘lov) vedomostlari bo‘yicha beradi. 
To‘lov (hisob-kitob-to‘lov) vedomostining yuzida pul berishga ruxsat 
etuvchi ustxat yozilib, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterining 
yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzolari, pul berish muddatlari hamda so‘z 
bilan yozilgan summa bo‘lishi shart. 
Ish haqi sifatida bir marta to‘lanadigan pullar (ta’tilga chiqayotganda, kasal 
bo‘lganda va hokazo), shuningdek, deponentdagi summalar, bir necha shaxslarga 
xizmat safari xarajatlari uchun hisobot topshirish sharti bilan beriladigan pullar 
ham shu tartibda rasmiylashtiriladi. 
Kirim va chiqim kassa orderlari buxgalteriya tomonidan siyoh yoki sharikli 
ruchka bilan aniq va tushunarli yozilishi shart. Hujjatni elektron tarzda to‘ldirish va 
keyin bosib chiqarish ham mumkin. Kassa orderlariga har qanday o‘chirib yozish 
va tuzatishlar kiritish, izohlar yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Kassa limiti – bu sizning kassangizda doimo turishi mumkin bo‘lgan pul 
miqdoridir. U har yili yanvar oyida korxonalar va banklar o‘rtasidagi kelishuvga 
asosan belgilanadi va har qanday paytda naqd pul aylanmasidan kelib chiqqan 
holda yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar korxonaning o‘rtacha 
kunlik naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqi summasiga etmaydigan bo‘lsa, 
limit 2 yil muddatga belgilanadi. 
Agar siz hisob-kitoblarni naqd pulda amalga oshirmasangiz, u holda 
kassangiz limiti ham nolga teng bo‘ladi, chunki kassada pul qoldirishga sizda 
ehtiyoj bo‘lmaydi. 
Limit doirasidan ortiqcha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lash 
kunlaridagina (3 ish kuni) saqlash mumkin. 


208 
Korxona kassasiga kelib tushgan naqd pul tushumi har kuni to‘liq bankka 
topshirilishi shart - inkassator xizmati orqali yoki korxonaning o‘zi uni mustaqil 
ravishda banklarning kunduzgi va kechki kassalariga topshiradi. 
Kassir kassa kirim va chiqim orderlari asosida kassa daftarini yuritadi, 
unda tashkilotning barcha kelib tushgan va berilgan naqd pullari hisobga olinadi. 
Kassa daftaridagi varaqlar oldindan raqamlangan, tikilgan va tashkilot muhri 
bilan muhrlangan (korxonada muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘lishi lozim. 
So‘nggi varaqda varaqlar soni, rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatiladi va rahbar 
hamda bosh buxgalter imzosi qo‘yiladi. 
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida 2 nusxada yoziladi. Bunda 
varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi, qirqiladigan ikkinchi 
nusxasi esa kassirning hisoboti hisoblanadi. Varaqlarning ikkala nusxasi bir xil 
raqam bilan raqamlanadi. 
17-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling