O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Qimmatli qog‘ozlar - hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan 
yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz 
munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni 
hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish 
55
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 728-page, 2014 
56
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 728-page, 2014 


346 
imkoniyatini nazarda tutadi.
57
Investitsiya jarayonining barcha subyektlari chet ellik investorlardan 
boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar 
va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishtirokchilariga aylanadilar. 
12-sonli “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli buxgalteriya hisobining 
milliy standartiga asosan qimmatli qog‘ozlar: joriy, bozor qiymatlariga ega.
Joriy qiymat - bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor, sotib olishni hohlagan 
xaridor bilan xabardor, sotishni xohlayotgan sotuvchi o‘rtasida aktiv 
almashtiriladigan miqdor. 
Amaliyotda qimmatli qog‘ozlar bir necha ko‘rinishdagi qiymatga ega 
bo‘lishi mumkin: bozor qiymati (kurs bo‘yicha), nominal qiymat, emissiya 
qiymati, balans qiymati (haqiqiy tannarx), bekor qilinish qiymati, garov qiymati, 
iste’mol qiymati. 
Bozor (kurs bo‘yicha) qiymati - qimmatli qog‘ozning pul ifodasidagi yoki 
tegishli ekvivalentlardagi (foizda nominalga nisbatan) qiymati. Bu qiymat bo‘yicha 
qimmatli qog‘oz ma’lum bir belgilangan vaqt oralig‘ida ochiq bozorda sotib 
oluvchi to‘lashga rozi bo‘lgan sotuvchi esa shu narxga rozi bo‘lgan narxni 
bildiradi, bunda sotib oluvchi ham, sotuvchi ham mazkur bitimning ahamiyati 
tomonlari bo‘yicha etarli ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
Nominal qiymat - qimmatli qog‘oz blankida ko‘rsatilgan va qimmatli 
qog‘ozlarning 
bozordagi 
aylanuviga 
ahamiyatli 
hech 
qanday 
ta’sir 
ko‘rsatmaydigan qiymatdir. Bu qiymat faqat ma’lumot sifatida kapital ulushi yoki 
qarzni miqdorini ko‘rsatadi. 
Nominal qiymati - chiqarilgan xavfsizlikning belgilangan qiymati. Nominal 
qiymat - qimmatli qog‘ozlarning blankida ko‘rsatilgan qiymatidir.
58
Emissiya qiymati - bu qiymat bo‘yicha qimmatli qog‘oz birlamchi bozorda 
sotiladi. Nominal va emission qiymatlar orasida farq qshmatli qog‘ozlarni 
57
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni (Yangi tahriri) (22.07.2008 y. N 
O‘RQ-163) 3-moddasi
58
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 753-page, 2014 


347 
tarqatuvchm diler firmalarining xizmatlari bilan bog‘liq. Dilerlar qimmatli 
qog‘ozlarni emitentdan nommnal qiymati bo‘yicha sotib oladilar va investorlar 
orasida emission qiymat bo‘yicha sotadilar. 
Balans qiymati - bu qimmatli qog‘ozni xarid qilishda sarf qilingan haqiqiy 
xarajatlar qiymati. Bu qiymat moliyaviy hisobot hujjatlari asosida aniqlanadi. 
Bekor qilish (lmkvidatsiya) qiymati - bitta qimmatli qog‘ozga to‘g‘ri 
keladigan real (mavjud) mulkni haqiqiy sotuv narxdagi qismining qiymati. 
Garov qiymati - bu qimmatli qog‘ozlarning qarz va kreditlar olinganda 
garov sifatida hisobga olinadigan qiymati. Garov qiymati deb, asosan, qimmatli 
qog‘oz garovga berilishi mumkin bo‘lgan kreditning maksimal summasiga 
aytiladi. 
Iste’mol qiymati - bu kurs qiymatining ortishi natijasida keltirilgan foyda. 
Investor qimmatli qog‘ozlarga qilingan 21-sonli “Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarning 
rejasi” buxgalteriya hisobining milliy standartiga asosan ifodalaydi va qimmatli 
qog‘ozlarni qiymatini, avvalambor, sotib olish qiymatida va sotish davrigacha 
ularni narxini nominal narxgacha etkazadi. Shuningdek, hisobvaraqlaridagi 
qimmatli kog‘ozlar qiymatini o‘zgarish mezonlarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. 
Ammo, 12-sonli “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli buxgalteriya 
hisobining milliy standarti va 39-sonli “Moliyaviy instrumentlar” nomli xalqaro 
moliyaviy hisobot standartida asosiy mezonlardan biri ehtiyotkorlik tamoyili 
bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlarni mavjud baholardan “eng kami” va “haqiqiy bozor 
qiymati” bo‘yicha hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Aktsiyalar uchun haqiqiy xarid bahosi nominal bahoga nisbatan muhimroq 
ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki aktsiya, odatda, muddatsiz qimmatli qog‘oz 
bo‘ladi va uning nominal qiymati - bu faqat oldindan avanslangan kapital 
miqdoridir. Ta’kidlash joizki, aktsiyalarning bozor qiymati ularning emissiyasidan 
keyingi emitentning nizom kapitali bilan juda ham bog‘liq emas. 
Obligatsiyalarni muomalada bo‘lishi ularning nominal qiymati bilan bog‘liq, 


348 
negaki ularning qoplanish muddati yaqinlashgani sari boshqa shart-sharoitlar 
o‘zgarmagan holda, masalan, emitentning barqarorligi va hokazo) uning bozor 
qiymati nominalga yaqinlashib boradi. Aktsiya va obligatsiyalar uchun ikki baho 
bo‘lishining muhimligini tahlil qilish va boshqarish masalalari bilan bog‘liqlik 
orasidagi farq ma’lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad miqdorining 
mohiyatidan iborat. Shunday qilib, tadqiqot natijasida qimmatli qog‘ozlar 
qiymatini uch xil bahoda ifodalash asoslangan; haqiqiy, nominal va bozor 
qiymatlarida. 
Korxonaning moliyaviy investitdiyalari vaqti-vaqti bilan qayta baholanishi 
mumkin. Qayta baholashni o‘tkazish davri korxonaning hisob siyosati bilan 
belgilanadi. 
Qayta baholash natijalari, xususan, qayta baholash natijasida uzoq muddatli 
moliyaviy investitsiyalarning qo‘shimcha baholanish summasi qayta baholashdan 
daromad sifatida xususiy kapitalga (8510-“Mulkni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar” schyotiga) o‘tkaziladi. 
Xalqaro amaliyot qimmatli qog‘ozlar hisobi uchun ikki xil bahoni qo‘llashni 
belgilab beradi: eng pastki xaqiqiy tannarx yoki bozor qiymati bo‘yicha. 
Eng past qiymat bo‘yicha baholash usuli hisobida xarid qilishning xaqiqiy 
qiymati yoki joriy bozor narxlarini qay biri kichik bo‘lsa, ana shunisi orqali aks 
ettirishni ko‘zda tutadi. Mazkur baholash usuli ham xarid qilingan qimmatli 
qog‘ozlarni nominal qiymatini aniqlash imkon bermaydi va aktsiyalarning 
investorga tegishli bo‘lgan qismida emitent-kompaniyani xususiy kapital miqdorini 
aniqlab bera olmaydi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling