O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
14.5. Dividendlar hisobi 
 
Bizga ma’lumki, Aktsiyadorlik jamiyatlari sof foydasidan aktsiyadorlarga 
dividend to‘laydi. Dividend – aktsiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan 
daromad, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan uning muassislari o‘rtasida 
taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi. 
Dividend - bu kompaniya aktsiyadorlari sinfiga to'langan, boshqaruv 
kengashi tomonidan belgilanadigan kompaniya daromadlarining bir qismini 
taqsimlash. Dividendlar naqd to'lov sifatida, aksiya yoki boshqa mol-mulk sifatida 
berilishi mumkin.
59
Dividend aktsiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aktsiyalarning soni va turiga 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha 
dividendlar jamiyatning maxsus mo‘ljallangan zaxiralari hisobidan to‘lanishi 
mumkin. 
Dividendlar 
to‘lash 
muddati 
va 
tartibi 
jamiyat 
ustavida 
yoki 
aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar to‘lash 
muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech 
bo‘lmasligi lozim. 
Dividendlar to‘lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha, 
so‘ngra oddiy aktsiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aktsiyalar 
bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to‘lash uchun etarli miqdorda foyda 
mavjud bo‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aktsiyalarni saqlovchilarga dividendlar 
to‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aktsiyadorlar 
59
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 753-page, 2014 


358 
dividendlar to‘lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat etarli miqdorda 
foydaga ega bo‘lmasa yoki zarar ko‘rib ishlagan bo‘lsa, imtiyozli aktsiyalar 
bo‘yicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira kapitali 
hisobidan va ana shu zaxira doirasidagina to‘lanishi mumkin. 
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida xo‘jalik yurituvchi 
subyekt ixtierida qoladigan sof foydadir. Hisobot davridagi sof foyda 
taqsimlanmagan 
foydani 
oshiradi 
va 

quyidagicha 
provodka 
bilan 
rasmiylashtiriladi: 
Debet 9900 – “Yakuniy moliyaviy natija” 
Kredit 8710 – “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan 
zarar)” 
Korxonaning ta’sischilar oldida dividendlar bo‘yicha va chiqib ketayotgan 
ta’sischilar oldida ularning ulushlari bo‘yicha joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi 
axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
6610 “To‘lanadigan dividendlar”; 
6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar”. 
Korxona rahbariyati tomonidan aktsiyalarga dividendlar to‘lash to‘g‘risida 
qaror e’lon qilingandan so‘ng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks 
ettiriladi. Dividendlar aktsiyalar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi. 
6610 “To‘lanadigan dividendlar” schyoti hisoblangan dividend summasiga 
8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti 
bilan bog‘langan holda kreditlanadi. 
6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” 
schyotining kredit tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischisi ulushlari 
bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 “Pay va ulushlar”, 8610 “Sotib 
olingan xususiy aktsiyalar - oddiy”, 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - 
imtiyozli” schyotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 
6610 “To‘lanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga 
ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyotlari bo‘yicha analitik hisob (ko‘rsatuvchiga 


359 
aktsiyalardan tashqari) har bir ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi. 
Qimmatli qog‘ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy hisobotlar 
standartlarga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1. Qiymat usuli. Ushbu usul qo‘llanganda. Investor o‘z mablag‘ini boshqa 
korxonaga dastlabki qiymati bo‘yicha qo‘yadi. Uning asosiy tamoyilari shundan 
iboratki, investitsiyalar qiymati sho‘’ba tizilmalarining moliyaviy ahvolidan qat’iy 
nazar o‘zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida 
hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo‘llash tavsiya etiladi:
- sho‘ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va uni 
nazorat qilish ham vaqtinchalik bo‘lganda;
- sho‘’ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag‘ o‘tkazish qobilyatini jiddiy 
darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar doirasida 
faoliyat yuritganda. Masalan, sho‘’ba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan 
quyiladigan dividendlarni to‘lashda cheklashlar mavjud bo‘lishi mumkin. 
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan sho‘’ba 
jamiyatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash 
tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalarning joriy qiymati sho‘’ba jamiyatining xo‘jalik faoliyati 
natijalariga bog‘liqlikda o‘zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi, 
zarar esa kamayadi;
- bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib ravishda 
aks ettiriladi: uning sho‘’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, bosh jamiyat 
balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko‘p summaga oshiriladi;
- olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar 
qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan dividend pul 
mablaglari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari bilan to‘lanishi mumkin. 
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi: 


360 
Debet 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)” 
Kredit 6610 – “To‘lanadigan dividendlar” 
Hisobot 
yilidagi 
taqsimlanmagan 
foyda 
summasi 
dividendlar 
hisoblanganidan so‘ng 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” 
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 
Foyda olingan holatda: 
Debet 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)” 
Kredit 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” 
Zarar ko‘rilganda: 
Debet 8720 – “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” 
Kredit 8710 – “ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)”. 
To‘lov manbaida soliq solinmagan dividendlar tarzidagi daromadlar oluvchi 
yuridik shaxslar bankda ochilgan maxsus hisobvaraqda ushbu mablag‘larni 
jamlaydilar. Dividendlar tarzidagi daromadlar tushumi yuridik shaxsning 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
– hisoblangan dividendlar: 
Debet 4840 – “Olinadigan dividendlar” 
Kredit 9520 – “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar” 
– dividendlarni maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi: 
Debet 5530–“Boshqa maxsus hisobvaraqlar” 
Kredit 4840 – “Olinadigan dividendlar”. 
Dividendlar 
tarzida 
daromadlar 
olgan 
yuridik 
shaxslar 
maxsus 
hisobvaraqdagi mablag‘larni o‘z ustav kapitalini kapitallashtirishga yo‘naltirganda, 
jamlangan summa maxsus hisobvaraqdan hisob-kitob varag‘iga kapitallashuv 
summasi miqdorida o‘tkaziladi. 
 


361 
50-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling