O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Download 337.32 Kb.
bet102/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Tarmoq marketingi – bozor va mijozlarni birlashtiradigan sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida munosabatlar o’rnatish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha marketing faoliyatidir.
Ijtimoiy marketing - iste‘molchilar va ushbu tovar o’rtasida ayirboshlashga ijobiy ta‘sir etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy ta‘sir ko’rsatadigan notijorat harakatlarini o’z ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidan iborat bo’ladi.
Geomarketing - taklifni yaxshiroq moslashtirish uchun mahalliy iste‘molchilar talabini tushunish va aniqlashga yo’naltiriladi. U ko’cha/kvartal/sektor tipologiyasini aniqlash uchun iqtisodiy makonlarni aniq va geografik tahlil qilishga asoslanadi.
Munosabatlar marketingi -korxona va mijoz uchun o’zaro manfaatli foydani ifodalaydigan uzoq muddatli munosabatlarni o’rnatish, rivojlantirish va qo’llab- quvvatlashdir. Tahlil mijozning (korxona, xaridor, iste‘molchi) individuallashuviga yo’naltiriladi va ishonchli mijozlar va ta‘minotchilar o’rtasida uzoq munosabatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi.
Taassurotlar marketingi - uchun iste‘molchi tovar va xizmatlarni ularning funksional atributlaridan ko’ra ko’proq ularni iste‘mol qilish, foydalanishda olinadigan emotsional samarasi uchun xarid qiladi. Boshdan kechirilgan har bir kechinma, u jamoaviy yoki ikka tartibdagi bo’lishidan qat‘i nazar, alohida bir kishi uchun o’z shaxsini, o’ziga xsoligini mustahkamlash usulidir.
Partizancha marketing – bu hamma joyda qabul qilingan tovarni ilgari surish va reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga chiqadigan marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi – reklamaga ko’p pul sarflash o’rniga tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy usullari bilan birga ijodiy fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi.
Virusli marketing – bu shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki ularning reklamasi kishiga shu qadar ta‘sir ko’rsatib, uni mahsulot yoki xizmatni tarqatish g’oyasi bilan «kasallantiradi» va uning o’za faol reklama tarqatuvchiga aylanadi. Bu kishining u haqida do’stlari va tanishlariga o’zi mamnuniyat bilan gapirib beradigan, unga yoqadigan reklamadir.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling