O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Marketingga yangicha qarashlar tizimi


Download 337.32 Kb.
bet14/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Marketingga yangicha qarashlar tizimi


Giperraqobat strategiya haqidagi eski ta‘limot tamoyillariga putur etkazadi va strategik menejmentni to’liq qayta yo’naltirishni taqozo etadi. Giperraqobat sharoitida korxonalar raqobatli ustunliklarga tezda ega bo’lmoqda va ularni tezda yo’qotmoqda ham.
Giperraqobat korxonalarning o’ziga xos marketing strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi:

  1. Korxonalar, agarda yetakchilik pozitsiyalarini saqlab qolishni istasa, mavjud raqobatli ustunliklarning faoliyat muddatini qisqartirib, yangi ustunliklar yaratish bilan doimiy ravishda shug’ullanishi lozim;

  2. Strategiya raqobatchilar tomonidan kutilgan bo’lib chiqmasligi uchun (bu giperraqobat sharoitlarida korxonani halokatga olib kelishi mumkin) ular mantiqiy oqilona xulq-atvordan chetlashishi lozim. Giperraqobat oldindan aytish mumkin bo’lgan emas, balki kutilmagan qarorlarni talab qiladi;

  3. Firmaning marketing strategiyasi dinamikali, tez yangilanadigan bo’lishi lozim, istalgan uzoq muddatli strategiya korxonaga ziyon keltirishi mumkin;

  4. Giperraqobat sharoitlarida kuchli va kuchsiz tomonlar tahlili potensial ravishda korxonani chalg’itib qo’yadi, chunki u uzoq muddatli istiqbolga yo’naltiriladi. YAgona foydali va uzoq muddatli kompetensiya shundan iborat bo’lishi kerakki, doimiy ravishda yangi, raqobatchi uchun kutilmagan ustunliklar izlab topish va innovatsiyalar uchun mos keluvchi sharoitlar yaratish zarur.

Oxirgi o’n yillikda raqobatbardoshlikni tahlil qilish obyekti tabiatida jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi. Eng avvalo, barcha ma‘lum bo’lgan firma va uning raqobatbardoshligi nazariyalariga asosan tashkil qilingan an‘anaviy firmadan farqli ravishda «yangi firma» tushunchasi paydo bo’ldi. An‘anaviy firmaning asosiy jihatlari quyidagilar:

      • aktiv kapital sig’imining yuqoriligi - asset-intensive (ishlab chiqarish ko’lamida tejamkorlikka erishish va bozorga yangi kirib borayotgan kompaniyalar oldida ustunliklarga ega bo’lish uchun), ularning moddiy xarakteri;

      • vertikal integratsiya darajasining yuqoriligi hamda ta‘minotchi va iste‘molchilar ustidan to’g’ridan-to’g’ri nazorat o’rnatish (oraliq tovarlar bozorining rivojlanmaganligi sharoitlarida ham iste‘mol qilinadigan, ham ishlab chiqariladigan mahsulotlar etkazib berishning ishonchliligini ta‘minlash uchun;

      • ishchi kuchining kompaniya rahbariyatiga bog’liqlik darajasi yuqoriligi (chunki raqobatning etarli emasligi oqibatida ishchi kuchi tor bozori ish joyi bo’yicha to’plangan mahorat va ko’nikmalardan foydalanishga qodir bo’lmay qoladi);

      • kompaniya chegaralari qat‘iy belgilangan va uning moddiy aktivlari bilan belgilanadi.

Kapital, kommunikatsiyalar, inson va axborot resurslarining globallashuvi jarayonlari ta‘siri ostida hozirgi paytda «yangi firma» jihatlari shakllanayotgan bo’lib, uning asosiy tavsifnomalari quyidagilardan iborat:

      • moddiy aktivlar asosiy daromad manbasi bo’lmay qolmoqda, aktivlarning asosiy elementi sifatida inson kapitali ishtirok etmoqda;

      • aktivlar tarkibida nomoddiy elementlar (brendlar, patentlar, strategik bitimlar, ishlab chiqarishni tashkil qilish bo’yicha nou-xau) tobora katta ulushga ega bo’lmoqda;

      • xodimlar, biznes bo’yicha hamkorlar, boshqa tarkibiy bo’linmalar bilan moslashuvchanroq shartnomalar tuzilmoqda;

      • personalning o’z mahorat va ko’nikmalaridan firma doirasidan tashqarida kengroq foydalanish imkoniyatlari oqibatida muayyan kompaniyaga bog’liqlik darajasi pastroq.

Global o’zgarishlar sharoitlarida mutaxassis-marketologlar marketing maqsadlari va usullarini qayta ko’rib chiqishlariga ham to’g’ri keladi. Marketingning ayrim shaxslar yoki bir guruh shaxslar uning yordamida o’z ehtiyojlarini iste‘mol qimmatlari yaratish va ularni ayirboshlash vositasida qondiradigan ijtimoiy va boshqaruv jarayoni sifatidagi ta‘rifi bir qator vazifalar yechimini talab etadi:

      • ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi insonparvarlashuvi;

      • biznesning barcha sohalarida korporativ etikani hisobga olgan holda ishlab chiqarish faoliyatining ijtimoiy va ekologik oqibatlariga mas‘uliyatli yondashuv;

      • axborot texnologiyalaridan foydalanib, iste‘molchilarni kuzatish va o’rganish, yakka tartibdagi xususiyatlar va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tovarlar ishlab chiqish va ularni sotish (masalan, «sifat spirali»ga amal qilgan holda tovarlar ishlab chiqish, ergonomik omillarni hisobga olish);

      • notijorat tashkilotlari: kasalxona, muzey, maktab, hukumat muassasalari va h.k. faoliyatida marketing usullarini qo’llash (masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyani tejashni rag’batlantirish uchun jamiyatdamarketing kampaniyalari o’tkazish).

Shunday qilib, globallashuv jarayoni marketing texnologiyalariga, jumladan, innovatsion marketingga yangicha talablar qo’yadi.



Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling