O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


BOB. IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA MARKETINGNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI


Download 337.32 Kb.
bet11/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

BOB. IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA MARKETINGNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI





    1. Innovatsiyalarni boshqarishning nazariy asoslari

Iqtisodiyot globallashuvining yangicha sharoitida iqtisodiy rivojlanishning asosiy belgisi ishlab chiqarishning texnologik usuli va ularning butun jamiyat iqtisodiy salohiyatiga ta‘siridagi o’zgarishlar hisoblanadi. Ko’pchilik zamonaviy tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga ko’ra, bugungi kunda ro’y berayotgan innovatsion o’zgarishlar nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini o’zgartiradi, balki ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidagi markaziy bo’g’inni ham ifodalaydi. Innovatsion rivojlanish konsepsiyasiga ko’ra, texnika va texnologiyalardagi innovatsiyalarning har bir yangi avlodi o’zining ijtimoiy hayotdagi ta‘sir doirasini kengaytiradi. Agar XX asrning o’rtalarida hukmronlik qilgan texnokratik tendensiyalar va texnologik determinizm nazariyalari «texnologik oqilonalik», texnologiyalarning shubhasiz foydali ekanligi va ularni amalga oshirish uchun tadbirkorlik erkinligi zarurligi haqidagi tasavvurlarga asoslangan bo’lsa, innovatsion rivojlanishning zamonaviy nazariyalari ijtimoiy va tashkiliy o’zgarishlar konsepsiyalari bilan juda bog’liqdir. Texnologik o’zgarishlar ilmiy tadqiqotlar yo’nalishlarida, mahsulot ishlab chiqarish va sotishda o’zgarishlarga olib keladi, ko’plab ijtimoiy va tashkiliy-boshqaruv innovatsiyalari yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi. Barcha darajadagi innovatsion tizimlar uchinchi mingyillikda iqtisodiy o’sish yangi modeli shakllanishida hukmron g’oyaga aylanadi.
Ularning asosiy tarkibiy qismlari sifatida takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida yuzaga keladigan, kelib chiqishi, yangilik darajasi, predmetli- mazmunli tuzilishi, iqtisodiy jarayonlarga ta‘siri bo’yicha farqlanadigan innovatsiyalar namoyon bo’ladi.
Raqobatning asosiy vositasiga kapital resurslar va moddiy boyliklarga egalik qilish emas, balki innovatsiyalarni ishlab chiqishga joriy qilishdir.
Shu boisdan texnologiya asosiy yetakchi kuchga aylanadi va biznesning rivojlanishini belgilab beradi. U hattoki kichik kompaniyalarga ham xalqaro bozorda katta o’yinchi bo’lishga imkon beradi. Bu kichik va o’rta kompaniyalar uchun innovatsiyalarni amalga oshirishda juda katta rag’batlantiruvchi kuch(stimul)dir. Yirik kompaniyalarda personalning jalb etlganligi bilan birgalikda iste‘molchiga yo’naltirilganlik boshqaruvning loyihali uslubi paydo bo’lishiga olib keldi. Loyiha doimo muayyan iste‘molchiga yo’naltiriladi va iste‘molchi mavjud ekanligi sababidan ham mavjud bo’ladi. Bunda boshqaruv mehnatini taqsimlash jarayonlari natijasida asr boshlarida vujudga kelgan boshqaruvning qat‘iy vertikal ierarxik tuzilishi va tashkil qilishning ierarxik pog’onalari yo’qolib ketadi, moslashuvchan matritsali tashkil qilish bilan almashinadi.
Raqobatli ustunliklar innovatsion omilining muhimligi shundaki, resurs omilidan farqli ravishda, u importchi-mamlakatlarga bog’liq emas va eksport pasaygan hollarda mahsulot chiqarish ichki ishlab chiqarishning o’sishi bilan qoplanadi. Mana shu sababdan davlatning iqtisodiy siyosati shunday ishlab chiqilishi kerakki, ishlab chiqaruvchilar ichki bozorning kengayishi birinchi navbatda shunday tovarlar hisobiga ro’y berishi uchun mahsulot hayotiylik davrining ilk bosqichlarida ishlashdan manfaatdor bo’lsin.
Iqtisodiyotning tarmoqlarida innovatsiyalar harakati kabi raqobatli ustunlik bilan bog’liq omillar ko’pligi haqida gapirish imkonini beradigan tendensiyalar mavjud. Bu omillar ichki ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga talabning innovatsion tarkibiy qismlari bilan ifodalanadi. Birinchi navbatda, bu qatorga barcha ichki talab omillarini kiritish lozim.
Mahsulotning hayotiylik davri nazariyasi ham, M.Porterning xalqaro raqobat nazariyasi ham jahon bozorida yangilik kiritishning yo’li ichki bozorni o’zlashtirishdan boshlanishini rad etmaydi, chunki yangiliklar kiritishning o’zi avvalboshdan aynan ichki iste‘molchilar tomonidan amalga oshiriladigan ehtiyojlariga bog’lab qo’yiladi.
Shu sababdan iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida innovatsion marketing birinchi navbatda tashqi emas, ichki bozorga yo’naltiriladi. Boshqacha qilib
aytganda, «innovatsiyalar harakati» turidagi raqobatli ustunliklarni amalga oshirish uchun ichki bozor hayotiylik davri qisqa bo’lgan mahsulotlar bilan to’ldirilishi lozim.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling