O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


-rasm. Innovatsiyalarning yangiligini ko„rib chiqish darajalari5


Download 337.32 Kb.
bet17/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

2.1-rasm. Innovatsiyalarning yangiligini ko„rib chiqish darajalari5


Innovatsion marketing obyekti intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari hisoblanadi.


Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Innovatsiyalarni tijoratlashtirish esa yoki mukammallashmagan, yoki umuman bo’lmagan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida innovatsiyalar ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo’llashni tashkillashtira oladiganlar g’olib kelmoqda.



Yangi tovarlar yaratish usullari6


2.2-jadval




Usul

Afzalliklar

Kamchiliklar

O’z yangiliklari

Yaratilayotgan mahsulot raqobatbardoshligi yuqori. Tovarga yo’naltirilganlik. Yuqori daromadlar

Yangilik yaratish muddati uzunligi. Ularning katta qismi kutilgan natija keltirmaydigan ilmiy tadqiqotlar xarajatlarining kattaligi.
Malakali xodim ehtiyoj. Risk yuqoriligi

Yangilikni boshqa firmadan xarid qilish (firmani, patent yoki litsenziyani xarid qilish)

Tovarning hayotiylik davri boshida litsenziya xarid qilishda samarali.
Ilmiy tadqiqotlar o’tkazish vaqtining qisqarishi.
Ilmiy tadqiqotlarni joriy moliyalashtirish xarajatlari qisqarishi.
Yangilikning ishlab chiqarishga tez joriy qilinishi.
Ixtironi moliyalashtirish shaklini tanlash imkoniyati

Yangilikni ishlab chiqarishda tez o’zlashtirish zarurati.
Boshqa firmalarning innovatsion faoliyatiga bog’liqlik.
Bir martalik xarajatlar kattaligi.
Boshqa ishlab chiqaruvchilarning tovardan nusxa ko’chirish riski katta.
O’z sohasida yetakchi bo’la olmaydigan ishlab chiqaruvchi imidji

Birgalikdagi ishlanmalar

Ilmiy tadqiqotlar xarajatlari taqsimlanishi. Malakaliroq personaldan foydalanish imkoniyati. Hamkorning bozoriga chiqish imkoniyatini qo’lga kiritish. Har bir hamkorning alohida ilmiy tadqiqotlar xarajatlari kamayishi

Ishni muvofiqlashtirish qiyinligi. Yangilik yaratish jarayoni uzoq davom etishi.
Foydaning hamkorlar o’rtasida nomuvofiq taqsimlanishi.
Ishonch bilan bog’liq muammolar

Innovatsion marketing iste‘molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy biznesda ustuvorlikni «funksional» mahsulotlardan «innovatsion» mahsulotlarga o’tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi:


funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o’tirmasdan xarid qilinadi (kerak bo’lib qoldi — ko’rib qoldi — xarid qildi);

innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so’nggi so’zini ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha qisqaroq bo’ladi
Yangi mahsulot iste‘molchi ahamiyatga ega deb hisoblaydigan har qanday yangilik kiritish yoki mavjud tovarni o’zgartirishni ko’zda tutadi. Biroq yangilik darajasi turlicha bo’lishi va bir necha pog’onada ko’rib chiqilishi mumkin. Korxona uchun ilgari hech ham ishlab chiqarilmagan tovarlar innovatsion tovarlar bo’ladi.
Shunday qilib, innovatsion marketing majmui maqsadli bozorga va innovatsiyalar potensial iste‘molchisiga ta‘sir ko’rsatish, shuningdek, raqobat muhiti va iste‘molchilar istaklaridagi o’zgarishlarga o’z vaqtida javob qaytarish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar yig’indisini ifodalaydi.



    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling