O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Yangilik kiritishning muvaffakiyati tahlili va ishlab chiqarish jarayoni


Download 337.32 Kb.
bet25/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Yangilik kiritishning muvaffakiyati tahlili va ishlab chiqarish jarayoni




Yangi tovarning iqtisodiy tahlili uni ishlab chiqish, bozorga olib chiqish va sotish bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek, zarur oborotga ega bo’lgan yangi tovarni ishlab chiqarish bilan asoslanuvchi tavakkalchilik va foydani baholash bilan bog’liq. Buning uchun zararsizlik tahlili uslubi qo’llanib, u savdodan tushuvchi daromad ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’luvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
minimal hajmini tavsiflovchi zararsizlik nuqtasini belgilashga imkon yaratadi (3.3-
49

ойда
rasm).



3.3-rasm. Zararsizlikni tahlil qilish uslubining grafik yordamida aks ettirilishi


Zararsizlik nuqtasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Xdoim

Z = N - Xo‘zg


bu erda :
Xdoim — jami ishlab chiqarish hajmiga sarflanuvchi doimiy xarajatlar; Xo’zg — jami o’zgaruvchan xarajatlar;
N — yangi tovar birligi narxi.
Bu munosabatlar shuningdek, belgilangan zararsizlik nuqtasiga ega bo’lgan holda tovarni sotishning minimal narxi va maksimal xarajatlar summasini aniqlashga imkon beradi.
Yangi tovarni sotish ma‘qul keluvchi foyda keltirishi to’g’risidagi qaror qabul qilingach, yangi tovar modeli yoki prototipini tayyorlashga kirishiladi. Yangi tovar
iste‘molchining texnik talablarini ta‘minlashi va bozor talablariga javob berishi zarur. Marketolog uchun birinchi navbatdagi vazifa tovarning bozorda muvaffaqiyatga erishishini ta‘minlash, ya‘ni uning vazifalarini aks ettirishdan tashqari uni raqobatchilar tovaridan jozibadorligi yuqori bo’lishini aks ettiruvchi xususiyatlarini yaratish hisoblanadi. SHu munosabat bilan yangi tovarni ishlab chiqish jarayonini ikki bosqich - texnik ko’rsatkichlarni shakllantirish va bozor ko’satkichlarini
shakllantirish bosqichlari majmuasi sifatida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.
Tovarni ishlab chiqish uchun aksari hollarda funksiyalararo guruhlar (firma izidan boruvchilar, dizaynerlar, marketologlar) tashkil qilinadi. Bu esa mutaxassislarning birgalikda ochiq faoliyat yuritishini va vazifalar yechimining tezlashishini ta‘minlaydi.
Texnik ko’rsatkichlarning shakllanishi yangi tovarni xaridorlarning aniqlangan istaklarini (ehtiyojlarini) qondiruvchi funksional xususiyatlar bilan ta‘minlash bilan bog’liq. Texnik ko’rsatkichlarni ishlab chiqish bilan ilmiy-tadqiqot tajriba- konstruktorlik ishlari va marketologlar guruhi shug’ullanadi. Tovar g’oyasini texnik nuqtai nazardan rentabelli mahsulotga joriy qilar ekan, ishlab chiquvchilar bu mahsulotga bo’lajak tovar tavsifnomalarini ham kiritishi lozim. Bu holda marketologlarning vazifasi loyihalarni tovarning zarur xususiyatlari va xaridorlar mazkur tovar xususiyatlarini muhokama qilishiga yordam beruvchi xislatlari to’g’risidagi ma‘lumotlar bilan ta‘minlashdan iborat bo’ladi.
Bozor ko„rsatkichlarini shakllantirish tovar dizayni, uning shakli, rangi, og’irligi, o’rovi, nomi va markasini ishlab chiqish tufayli amalga oshiriladi.
Shakl, rang va sifat tovarni xarid qilish to’g’risida qaror qabul qilishga ta‘sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillar hisoblanadi. Tovar to’g’risidagi birinchi taasurot uning tashqi ko’rinishi bilan bog’liq bo’lib, uning sifati va funksional xususiyatlari baholanishidan ilgari yuzaga keladi. Tashqi ko’rinish tovarni sotib olishga undovchi motiv, muayyan bir tovarning potensial xaridorlari doirasini shakllantiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Bu esa iste‘mol tovarlaridan tashqari ishlab chiqarish-texnika tovarlari uchun ham xosdir.
Tovar dizayni shunday vositaki, uning yordamida potensial xaridorlarga ta‘sir
ko’rsatish, ularni tovarni sotib olishga undash va harakatlarini tezlashtirish mumkin.
Shu bilan birga tovarni sotishda uning sifati ham katta rol o’ynaydi. Tovarning sifati bu - uning mazkur tovarga xos bo’lgan (masalan, xizmat qilish muddati, iste‘mol qilinish, saqlanish va hokazo) xususiyatlari yig’indisidir.
Tovar tayyorlangan material turi va rangi ham u yoki bu tovarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning bir-biridan farq qiluvchi variantlari va imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
Tovar shakli tovarni tanib olishga va xaridorda u to’g’risida ma‘lum bir tasavvur uyg’otishga ko’maklashadi.
Texnik tovarlarning shaklini ishlab chiqish imkoniyatlari iste‘mol tovarlari shaklini ishlab chiqishga qaraganda anchagina cheklangandir.
Tovarning individualligini, uning boshka tovarlar orasida ajralib turishi, o’ziga xos va takrorlanmasligini ta‘minlash uchun tovarga nom beriladi. Tovarning nomi ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va kommunikatsiyalarni osonlashtiradi. Ko’pincha, ayniqsa tovar nomi oson aytiladigan, tez esda qoladigan, ijobiy hislarni uyg’otadigan va o’ziga jalb qiladigan bo’lsa, u bozorda yangi tovarning muvaffaqiyatga erishisha garovi bo’ladi.
Tovar uchun yangi nom izlab topish va tayyorlash jiddiy muammo, chunki tovar nomi faqat uni boshqa tovarlardan ajratish uchungina qo’llanilmaydi. Tovar nomi tovarning turini tavsiflashi, xaridorda unga nisbatan ijobiy his-tuyg’ular uyg’otishi, reklama ta‘siriga ega bo’lishi va o’ziga xos bo’lishi lozim.
Tovar uchun yangi nom topishda quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur:

      • izlanishning ijodiy usullaridan foydalanish;

      • biron-bir ma‘lum nomni yangi nomga nisbatan huquqiy e‘tirozlar qolmaguncha transformatsiya qilish(o’zgartirish);

      • yangi nomni raqobatchi tovar nomining aksi sifatida shakllantirish;

      • biron-bir mashhur nomdan uni yangi tovar nomiga qo’shib qo’yish uchun foydalanish.

Har bir muayyan holda, ayniqsa iste‘mol tovarlari nomini tanlashda quyidagi savollarga javob topish lozim: tovar nomi nimani ifodalashi lozim? qaysi nomlarni
tanlovga qo’yish mumkin? ulardan qaysi biri yaxshi? raqobatchilarning xuddi shunday o’xshash tovarining nomi qanday? tovaringiz nomi raqobotchi tovar nomidan nimasi bilan farq qiladi? yangi nomni iste‘molchi faqat bitta tovar uchun qo’llaydimi yoki barcha tovarlar assortimentiga biriktirib qo’yadimi? tovarni oldindan attestatsiya qilish kerakmi?
Tovarning nomi uning bozordagi ―yuzini‖ shakllantirish, tovarning bozor atributikasi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ma‘lum bir nomdagi tovarni doimiy ravishda iste‘mol qilish jarayonida xaridor bozorda mavjud bo’lgan ko’p sonli tovarlar ichida uni osonlik bilan tanib oladi. Bunday tovardan muntazam foydalanish xaridor ongida ijobiy his-tuyg’ularni uyg’otishga xizmat qiladi. Bu reaksiya tovar ishlab chiqaruvchiga ortga qaytuvchi aloqa orqali etkaziladi. Tovar nomini korxonaga biriktirib qo’yish va uning boshqa firmalar tomonidan foydalanishidan himoya qilish maqsadida korxona rahbariyati bu nomni huquqiy ro’yxatdan o’tkazishi zarur. Shu tariqa tovar nomi markirovka qilinadi va tovar markasi vazifasini bajaradi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling