O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


-rasm. Yangi tovarlar haqidagi g„oyalarni saralash egri chizig„i


Download 337.32 Kb.
bet23/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

3.2-rasm. Yangi tovarlar haqidagi g„oyalarni saralash egri chizig„i


Rasmdan ko’rinib turibdiki, 1968 yilda yangi tovar haqidagi 58 ta g’oyadan faqat bittasigina tovar ishlab chiqarish va uni bozorga olib chiqishda foydalanildi. 1981 yilda esa yangi tovar to’g’risida 7 tagina g’oya to’plangan bo’lib, ulardan faqat bittasi muvaffaqiyatga erishgan.Foyalarni tanlash jarayoni ikki bosqichdan iborat:

  1. g’oyaning firma talablari va tamoyillariga mos kelishini tekshirish;

  2. g’oyaning bozor sharoitlaridagi imkoniyatlarini tekshirish.

Foyalarni testdan o’tkazish uchun quyidagi ko’rsatkichlar qo’llanishi mumkin: bozor hajmi va salohiyati turlari va kattaligi; raqobatchilikdagi vaziyat; g’oyaning tadqiq etish va tayyorlashda amalgi oshirilishi; g’oyani ishlab chiqarish sohasida amalga oshirish imkoniyati, uning moliyaviy va marketing ta‘minoti.
Innovatsiya jarayonining mazkur bosqichida baholash usullari sifatida chek- varaqlar va baholash shkalasi qo’llaniladi. Chek-varaqlar tovar qanday hajmda talab qilinishi yoki umuman talab qilinmasligini aniqlashga imkon beradi. Chek-varaq savollariga javoblar batafsil beriladi, kerak bo’lsa mos keluvchi tadqiqotlar keltiriladi. Chek-varaq tovarning innovatsiya jarayoni doirasida tavakkalchiliklarning qanday turlari mavjud bo’lishini ko’rsatadi. Chek-varaqdan foydalanish yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo’lgan tavakkalchiliklarning oldini olish imkoniyatlarini oldindan baholashga ko’maklashadi.
Baholash me‟yori uslubi g’oyani uning barcha asosiy omillarining ahamiyatini chamalab, solishtirib, taqqoslab ko’rish yo’li bilan baholashga imkon beradi. Muhimlikni o’lchash uchun 0, +1, +2 va — 1, —2 shkalasidan foydalaniladi. Bu uslub baholashni jadval shaklida yoki grafik chizma ko’rinishida amalga oshirishga imkon yaratadi. Har bir omilning salmog’ini miqdoriy baholashdan foydalanish imkoniyatining yo’qligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi (3.3-jadval).
Baholash me‘yori uslubi tahlil qilinayotgan omillar mazkur g’oyani xaridorlar uchun qiziqish uyg’otadigan tovarga aylantirishga qay darajada xizmat qilishini baholashga imkon beradi. Har bir omil bir qator baholar olib, ulardan har biri g’oyaning zarur talablarga qanchalik mos kelishini ko’rsatadi. Har bir omil bo’yicha ballar summasi aniqlanib, ularning asosida g’oya ko’rib chiqilgan omillar bo’yicha alohida yoki birgalikda baholanadi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling