O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


-jadval Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning innovatsion salohiyatini baholash


Download 337.32 Kb.
bet62/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

8.1-jadval Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning innovatsion salohiyatini baholash


ko„rsatkichlari

Salohiyat tarkibiy
qismlari



Ko„rsatkichlar

Kadrlar


Ilmiy-texnik xodimlar (tadqiqotchilar, konstruktorlar, texnologlar, eksperimental baza ishchilari), jumladan, fan doktorlari, fan nomzodlari va ilmiy darajasi bo’lmagan xodimlar umumiy soni.
Ushbu ilmiy yo’nalish bo’yicha o’rtacha mehnat staji. Ushbu ilmiy yo’nalish doirasida ilmiy maktab mavjudligi.
Ushbu ilmiy yo’nalish mavzularida dissertatsiya himoya qilgan fan doktorlari va fan




nomzodlari soni

Axborot


Ushbu ilmiy yo’nalish mavzulari bo’yicha chop etilgan nashrlar, jumladan, xorijda chop etilgan monografiya va nashrlar soni.
Nashrlardan sitata keltirishlar, jumladan, xorijda.
Ilmiy anjumanlarda ishtirok etish uchun, jumladan, xorijdan takliflar soni. Ilmiy yo’nalish mavzulari bo’yicha kashfiyotlar mavjudligi
Ilmiy yo’nalish mavzulari bo’yicha, jumladan, xorijda patentlangan ixtirolar soni. Sotilgan litsenziyalar soni.
Ushbu ilmiy yo’nalish bo’yicha davlat miqyosida mukofot bilan taqdirlangan ilmiy
natijalar mavjudligi

Moddiy- texnik



Moliyalashtirish hajmi, jumladan, davlat byudjetidan, byudjetdan tashqari fondlardan, boshka manbalardan.
Ushbu ilmiy yo’nalishda foydalaniladigan, jumladan, xizmat muddat 5 yildan kam bo’lgan ilmiy va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining balans qiymati
Ilmiy yo’nalishning asbob-uskunalar va materiallar bilan ta‘minlanganlik darajasi (shkala bo’yicha o’zini-o’zi baholash).
Ishchi maydonlar bilan ta‘minlanganlik darajasi (shkala bo’yicha o’zini-o’zi baholash).
Sinov-eksperimental baza bilan ta‘minlanganlik darajasi (shkala bo’yicha o’zini- o’zi baholash).
Ijtimoiy muammolarning hal qilinganlik darajasi (shkala bo’yicha o’zini-o’zi
baholash)

Tashkiliy- boshqaruv



Boshqaruv obyektiga ta‘sir ko’rsatishning ustunlik qiluvchi usullari (shkala bo’yicha o’zini-o’zi baholash).
Kooperatsiya mavjudligi va darajasi (shkala bo’yicha o’zini-o’zi baholash).
Ilmiy yo’nalish doirasida boshqaruvni tashkil qilish darajasi (shkala bo’yicha o’zini- o’zi baholash).
Foydalanilayotgan tadqiqot usullarining progressivlik darajasi (shkala bo’yicha o’zini-o’zi baholash)
Xalqaro ilmiy kooperatsiyada ishtirok etish (shkala bo’yicha o’zini-o’zi baholash)

Innovatsion salohiyat va uni alohida hududlar va kishilar hayot faoliyatida amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari holati indikatorlar (ko’rsatkichlar) tizimi quyidagilarni qamrab oladi:



  1. ichki bozorda mahsulot (xizmatlar) umumiy hajmida innovatsion mahsulot (xizmatlar) ulushi;

  2. innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar ulushi;

  3. xo’jalik aylanmasida bo’lgan korxonalar nomoddiy aktivlari ulushi (intellektual faoliyat natijalari);

  4. iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektori rivojlanishi, uning qayta ishlash sanoati mahsulotlari va xizmatlaridagi salmog’i, innovatsion faollik;

  5. bilimlar sektoriga (jamiyat va xususiy) investitsiyalar hajmi, jumladan, oliy ta‘lim, ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlari, shuningdek, dasturiy ta‘minot ishlab chiqish xarajatlari;

  6. axborot va kommunikatsiya uskunalari, dasturiy mahsulot va xizmatlar ishlab chiqish va chiqarish;

  7. fan va yuqori texnologiyalar sohasida band bo’lganlar soni;

  8. hozircha yangi yuqori texnologiyali firmalarni moliyalashtirishning asosiy manbasi rolini saqlab kelayotganvenchurli kapital hajmi va strukturasi;

  9. ITTKIni moliyalashtirishda xususiy kapitalning ishtiroki;

  10. imiy tadqiqotlar bosqichlari bo’yicha ITTKI xarajatlar strukturasi; 11)mamlakatlararo bilimlar oqimi, shuningdek, fan va innovatsiyalar sohasida

xalqaro hamkorlik;

  1. firmalar, ilmiy-tadqiqotchilik tashkilotlari va universitetlar o’rtasida kooperatsiyaning kuchayishi;

  2. ixtirochilik faoliyati natijalari bilan mamlakatlararo almashinuv;

  3. AQSH, Angliya, Germaniya va boshqa mamlakatlarga o’qishga ketayotgan talabalar, yuqori texnologiyalar sohasidagi olimlar va muhandislar harakatchanligi;

  4. moliyaviy operatsiyalar hajmi, jumladan, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari oqimining ortishi;

  5. axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng tarqalishi, shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanilishi, axborot-kommunikatsiya sektorining bandlik va ish o’rinlari soniga hissasi;

  6. bilimlarga talab o’sgan holda bozor xizmatlarining rivojlanish darajasi; 18)yuqori texnologiyalar sohasida yangi ishlanmalar va ixtirolar natijalarini

patentlashning tezlashishi.
Bu ishlar natijalari bo’yicha hududlar iqtisodiy rivojlanishining iqtisodiy turi bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etiladi. Ushbu organ faoliyati hududdagi innovatsion turdagi iqtisodiyotga erishishga yo’naltirilgan barcha ilmiy-
tadqiqotchilik tashkilotlari va korxonalarning bevosita ishtirokida amaliy yo’nalishga ega bo’lishi lozim.
Barcha faoliyat turlari, jumladan, innovatsion faoliyat turlari biron-bir natijaga yo’naltirilgan bo’lishi, ya‘ni ma‘lum bir samaradorlik va unumdorlik bilan tavsiflanishi lozim, chunki ular resurslar sarflaydi va ma‘lum bir natijaga olib keladi.
Aynan innovatsion faollikdagi tafovutlar boshlang’ich shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda innovatsion natijalarning turlicha bo’lishini asoslabb eradi.
Innovatsion faoliyat strukturasi ixtisoslashgan bo’linmalar va muvaqqat ijodiy jamoalarda ishlar bajarishni o’z ichiga olishi lozim.



    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling