O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsion salohiyatni va innovatsion faollikni baholash


Download 337.32 Kb.
bet61/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsion salohiyatni va innovatsion faollikni baholash


Innovatsion tizim shakllantirishning eng muhim yo’nalishlaridan biri mamlakat mintaqalarini innovatsion rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarning innovatsion salohiyati va innovatsion faollikni baholash hisoblanadi. Bunda innovatsion faollik hududning rivojlanishini ta‘minlaydigan yagona omil sanaladigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
Hududlar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo’liga o’tishini integral baholash uchun ushbu hududlarda amaliy ITTKI bosqichida bo’lgan, sanoatda qo’llash va o’zlashtirish bashorat qilinayotgan ilmiy tadqiqot va ishlanmalar ma‘lumotlarini ekspertiza qilish zarur. Ekspertiza o’tkazishning asosiy maqsadi – innovatsion loyihalar ma‘lumotlarini innovatsion turdagi iqtisodiyotga o’tish salohiyatini shakllantirishga kiritish imkoniyatlarini aniqlashdir.
Ekspertiza texnologiyasi quyidagilarni o’z ichiga olishi zarur:
ishlab chiqilgan ITTKI va innovatsion loyihalarning iqtisodiy baholarini tavsiflaydigan ko’rsatkichlar ishonchliligini hisob-kitob qilish;
hisoblab chiqilgan samaradorlik ko’rsatkichlari: a) sof diskontlangan daromad (SDD); b) diskontlangan daromadlilik indeksi (DDI); v) o’zini qoplash muddati; g) ichki daromadlilik me‘yori (IDM) sifatini baholash. Loyihalar samaradorligi hisob- kitoblarining ishonchliligini baholash innovatsion loyihalar vujudga keltiradigan pul oqimlari hisob-kitoblari va bashorat narxlariga asoslanadi.
Ekspertiza va innovatsiyalarni tanlashning ko’p variantli tizimi asosida ilmiy va texnologik salohiyatlarni rivojlantirish hisobiga hududlarni rivojlantirish iqtisodiy ko’rsatkichlari va innovatsion portfel ishlab chiqiladi. Buning uchun amaliy ITTKI bosqichida bo’lgan hamda sanoatda qo’llash va o’zlashtirish mo’ljallangan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning innovatsion salohiyati o’rganiladi.
Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning innovatsion salohiyatini baholash quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi (8.1-jadval).

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling