O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Iste‟mol tovarlari bozorida innovatsiyalarni siljitish kanallari


Download 337.32 Kb.
bet72/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Iste‟mol tovarlari bozorida innovatsiyalarni siljitish kanallari


Kommunikatsion jarayon oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun signalni kodlashning eng yaxshi usulini tanlash va optimal kommunikatsiya kanallaridan foydalanish kerak. Amaliyotda kodlash usuli deyarli har doim kommunikatsiya kanali belgilab beradigan imkoniyatlar va cheklovlarga bog’liq bo’ladi. SHu sababli iste‘molchilar bilan kommunikatsiyalar eng qulay shakllarini, innovatsion mahsulotlarni siljitish integratsiyalashgan tizimi doirasida ulardan foydalanish proporsiyalari va uyg’unliklarini tanlash amaliy vazifasi mohiyatan qaysidir ma‘noda butun kommunikatsiya kompaniyasi samaradorligi va muvaffaqiyatini belgilab beradigan strategik vazifaga aylanadi.


Hozirgi paytda bizning shaharlarda deyarli barcha joylarda kommunikatsiya kanallarining barcha asosiy turlari tarqalgan. Albatta, yirik shaharlarda bu kanallar ayniqsa rangba-rang bo’lib, xaridorlar bilan sifatli va unumdi kommunikatsiyalar jarayoni tashkil qilish borasida sotuvchilar oldida keng imkoniyatlar ochib beradi. Biroq hattoki aholi soni kam bo’lgan kichik shaharlarda ham bugungi kunda innovatsion mahsulotlarni siljitish amaliyotida rivojlangan va zamonaviy kommunikatsiya shakllaridan foydalanish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud, an‘anaviy kanallardan birontasi yaxshi ifodalanmagan joylarda esa ularni rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjud.
Eng ommaviy va an‘anaviy foydalaniladigan kommunikatsiya kanallari quyidagilardir:
bosma nashrlar (asosan gazeta va jurnallar)
xabar berishga oid kanallar (asosan radio va televidenie)
ko’cha reklamasi va tranzit reklama (jumladan, metrodagi reklama) ko’rgazma va yarmarkalar
internet
kundalik yoki bir martalik foydalaniladigan ayrim predmetlar (avtoruchka, yondirgich, o’rov paketlari va h.k.)
foydalanuvchilar uchun tavsiya va yo’riqnomalar (mahsulot bilan birga beriladigan yoki internet orqali yuklab olinadigan)
iste‘molchilar bilan shaxsiy muloqot va ishbilarmonlik yozishmalari
Yuqorida keltirilgan ro’yxat so’zning asl ma‘nosidagi tasnif hisoblanmaydi, chunki u yaqqol ifodalangan tasniflash belgilariga ega emas. Lekin shunga qaramay, unda iste‘molchilarni innovatsion mahsulot haqida xabardor qilishning barcha asosiy usullari yodga olib o’tilgan. Bu kanallarning har biri ularni tanlashda hisobga olish lozim bo’lgan o’ziga xos xususiyatlar, imkoniyatlar va cheklovlar bilan ajralib turadi. Bosma nashrlar. Bosma nashrlarga birinchi o’rinda gazeta va jurnal kabi davriy matbuotlar, shuningdek, varaqalar, reklama bukletlari va ko’pchilik odamlar
orasida tarqatish uchun mo’ljallangan boshqa bosma mahsulotlar kiradi.
Bosma nashrlardagi axborot aksariyat hollarda tipografiya usulida qog’ozda bosib chiqarilgan moddiy vositalarda bo’ladi. ayrim nashrlar bilan birgalikda tarqatiladigan mahsulotlarning reklama namunalari, misol uchun, ovozli, hidli yoki esa bo’ladigan sahifalar va ilovalar, shuningdek, noodatiy va ekzotik nashrlarning o’ziga xos holatlari bundan mustasno.
Innovatsion mahsulot haqida axborot uzatishning bunday usuli bir qator ustunliklarga ega bo’lishiga qaramay, ayrim cheklovlarni ham yuzaga keltiradi. Kommunikatsiyalar sifati nuqtai nazaridan axborot uzatishning bosma usuliga xos bo’lgan asosiy ustunliklardan biri o’quvchining (yoki rasmlarni tomosha qilayotgan shaxsning) axborot olish tezligi, shuningdek, o’qib chiqilgan satrlarga (ko’rib chiqilgan rasmlarga) qaytishni, materialni o’zlashtirish yoki estetik rohat olishni o’zi belgilash imkoniyati hisoblanadi. Bosma nashrlarda tipografiya usulida gazeta va jurnallar sahifalarida bajarilgan guvohnomalar va kuponlar tarqatish imkoniyati ham yana bir ustunlik hisoblanadi. Axborot vositasining moddiyligi va arzonligiga asoslangan bu ustunlik sotuvni rag’batlantirish bo’yicha tadbirlarda juda ko’p qo’llaniladi.
Axborot uzatishning bosma usuli bilan asoslanadigan kamchilik yoki cheklov sifatida ifodalash vositalarining tor doirasini ko’rsatish mumkin bo’lib, bu mohiyatan bosma nashrlarning oq va rangli qog’ozlarida ularning sifati nashr etuvchining poligrafik imkoniyatlariga bog’liq bo’lgan matn va tasvirlarni ifodalashga borib taqaladi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling