O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Gedonizm nazariyasi doirasida marketing innovatsiyalari


Download 337.32 Kb.
bet63/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Gedonizm nazariyasi doirasida marketing innovatsiyalari


Ma‘lumki, marketing nazariyasi o’tgan asr o’rtalariga kelib shakllangan. 1980 yilarning boshlarida marketing tushunchasi marketing «qirq yoshlik inqirozi» (marketing mid-life crisis) nomini olgan bir qator o’zgarishlarga duch keldi. Marketing asta-sekinlik bilan ishlab chiqarishga yo’nalganlikda sotuvga yo’naltirilganlikka va u orqali – iste‘molchiga yo’naltirilganlikka o’tdi. Hozirgi kunda barcha harakatlar faqat iste‘molchilarning ehtiyojlari va motivlari, aytilgan va aytilmagan istaklarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. SHunday qilib, 2000 yillarning boshlarida munosabatlar marketingi tushunchasi aniq ta‘rifga ega bo’ldi va hayotimizdan mustahkam o’rin egalladi.


Munosabatlar marketingining strukturaviy o’qini Customer Relationship Management (yoki «mijoz bilan o’zaro munosabatlarni boshqarish») tushunchasi ifodalaydi. CRM – axborot texnologiyalaridan faol foydalaniladigan marketing strategiyasi bo’lib, keng ma‘lumotlar to’plami yaratish va qo’llashni o’z ichiga oladi hamda kompaniyalarga shaxsiy yondashuvga asoslangan o’zaro manfaatli munosabatlar yaratish maqsadida mijozlar haqida axborot to’plash va qayta ishlashga imkon beradi. CRM yondashuvi ommaviyligining o’sishi 1990 yillar oxirida internet texnologiyalari paydo bo’lishi bilan ta‘minlangan.
An‘anaviy marketing modeli o’zining dolzarbligini yo’qotdi. Marketing to’yinib ketgan bozorlarda zamonaviy sharoitlarda iste‘molchi nimalar istashini bilmaydi. Muammo iste‘molchilar va ishlab chiqaruvchilarni qondirishga qodir bo’lgan muqobil yondashuvlarni va oqibatda taklif bilan to’yinganlik sharoilarida yangi marketing usullarini aniqlashdan iborat. Buning uchun yuzaga kelgan vaziyatda ehtimoliy marketing usullarini aniqlash, funksional va gedonistik yondashuvlarning o’zaro aloqalarini ko’rsatish, qadriyatlar marketingi yondashuvidan foydalanish tufayli muammolarning ehtimoliy yechimlarini tahlil qilish zarur.
Bozorga ilgariroq kirib borish natijasida hozirgi paytda ustunlik qilayotgan marketingning bir qismi hisoblangan marketing innovatsiyalarini ham qayd etib o’tish joiz:

  • direkt-marketing;

  • guerilla marketing (partizancha marketing);

  • makromarketing, megamarketing;

  • «yashil» marketing;

  • ichki marketing.

Quyida asosiy marketing innovatsiyalariga qisqacha ta‘rif va tavsif berib o’tiladi.
Tarmoq marketingi – bozor va mijozlarni birlashtiradigan sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida munosabatlar o’rnatish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha marketing faoliyatidir. Bu marketing makro- va megamarketing bilan bir qatorda turadi. Ushbu marketing postulati quyidagidan iborat: toki sotuvchi va xaridor o’rtasida munosabatlar o’rnatilmas, rivojlantirilmas va mustahkamlanmas ekan, bitimni amalga oshirib bo’lmaydi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling