O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 337.32 Kb.
bet15/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Innovatsiya deganda nimani tushunasiz?

  2. Innovatsiyaga turli olimlar bergan ta‘riflari xususida to’xtalib o’ting.

  3. Innovatsion marketing deganda nimani tushunasiz? 4.Innovatsiyalarning asosiy funksiyalariga nimalar kiradi?

  1. Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali nimaga erishish mumkin?

  2. Raqobat ustunligiga erishishning qanday usullari mavjud?

  3. Giperraqobat marketingning qanday strategiyalarini ishlab chiqishni talab etadi?

  4. Marketing innovatsiyalarining asosiy bosqichlarini ko’rsatib o’ting.

  5. Global marketingning asosiy mazmuni nimadan iborat?

  6. O’zaro munosabatlar marketingi deganda nimani tushunasiz?
  1. BOB. INNOVATSION MARKETING - XO„JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI VOSITA SIFATIDA





    1. Innovatsion marketingni o„ziga xos xususiyatlari

O’zbekistonda sanoat salohiyatini oshirish vazifalarini samarali amalga oshirishda korxonalarda innovatsion marketing strategiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ushbu masala O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish»4 muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishi O’zbekistonda sanoati korxonalarida innovatsion marketing strategiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirishni taqozo etadi.


Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularning asosida tamomila yangi tovar va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va iste‘molchilarning ehtiyojlari tobora o’zgarmoqda. Iste‘molchi nimani, qaerdan, qanday ko’rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Marketing konsepsiyasini tushunishga yangicha yondashuv ya‘ni maqsadli guruhlar – strategik bozor segmentidan potensial mijozlar bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor tadqiqotlari yordamida bir xil iste‘molchilar guruhlarini ajratib, strategik segmentlarni aniqlagan holda, korxona sezilarli miqdorda mablag’lar tejab qoladi hamda mavjud va potensial mijozlar bilan kelgusi aloqalarda ko’proq unumdorlikka erishadi. Tanlab olingan bozor sektorlari bilan faol kommunikatsiyalar iste‘molchilarning katta qismi e‘tiborini jalb qilishga imkon beradi va ularning aksariyati kompaniya mijozlariga aylanadi. Mana shu sababdan XXI asrning boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor yetakchilarining ko’pchiligi reklama, PR,


4Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. ПФ-4947-сон, 2017 йил 7 февраль. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 й., 6-сон, 70-модда.
to’g’ridan-to’g’ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari uchun javob beradigan bo’limlarni birlashgan kommunikatsiya xizmatlariga birlashtirishi ro’y berdi. Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan foydalanuvchi kompaniyalar soni o’smoqda.
Innovatsion faoliyat yo’nalishlari eng avvalo, ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste‘molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko’rishini o’rganish natijalari bilan belgilanishi lozim. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirishda ushbu mahsulotni laboratoriyada sinab ko’rishga emas, balki bozorda tekshirib ko’rishga ko’proq e‘tibor qaratish kerak. Yangi mahsulotlar ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar yangi mahsulot muvaffaqiyatining quyidagi omillarini aniqlab berdi (2.1-jadval).

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling