О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XО‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
О‘SIMLIKSHUNOSLIK KAFEDRASI
О‘simlikshunoslik
fanidan amaliy mashg‘ulot darsi uchun
Q.x.f.f.d., S.S.Tog‘ayeva
Amaliy mashg‘ulot
Don ekinlarining umumiy morfologiyasi
Dars maqsadi: talabalarga g‘alla ekinlarining umumiy morfologiyasi, guruhlarini о‘rgatish, xaqiqiy donli ekinlar va tariqsimon don ekinlarini bir –biridan farqini ajratib kо‘rsatish.
Kо‘rgazma material: g‘alla ekinlarining 1-2 guruhlari jadvali, о‘simliklar bog‘lamlari, urug‘lari, konservalangan poya va barglari va murtak ildizlar.
Donli о‘simliklarning hammasi qо‘ng‘irboshsimonlar (Poaseae) oilasiga mansubdir. Bu oila eng katta botanik oilalardan biri bо‘lib, unga sakkizta donli ekinlar avlodi, tur, kenja tur, tur xillari kiradi. Donli о‘simliklar juda kо‘p xil shakllarga ega bо‘lishi bilan bir qatorda ular kо‘p umumiy morfologik va biologik xususiyatlarga ega, shu sababli ularni umumiy xususiyatlaridan boshlab keyinchalik esa har bir avlod va turlarini о‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Donli о‘simliklar guruhlari
Donli о‘simliklar morfologik belgilari va biologik xususiyatlari va xо‘jalik belgilari bо‘yicha ikki guruhga bо‘linadi.
1. Xaqiqiy yoki shimoliy donli о‘simliklar.
Bu guruhga bug‘doy, arpa, javdar va suli о‘simliklari kiradi.
2. Tariqsimon yoki janubiy donli о‘simliklar.
Bu guruhga makkajо‘xori, jо‘xori, sholi va tariq kiradi. Bulardan tashqari boshqa oilaga (Poligonaceae) mansub bо‘lsa xam ishlatilishi bо‘yicha marjumak о‘simligi xam kiradi. Bu о‘simliklar bir-biridan ildizidagi murtak ildizchalar soni bilan, poyasining uzunligi bilan, namga talabchanligi bilan, uzun yoki qisqa kunligi bilan, rivojlanish fazalarining qaysi bosqichida tez yoki sekin о‘sishi bilan, donining qorin tomonida ariqchasi bor yoki yо‘qligi bilan farq qiladi.
1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |