О‘simlikshunoslik kafedrasi о‘simlikshunoslik


Birinchi guruh donli о‘simliklarning barg tilchasi va barg


Download 255.97 Kb.
bet4/6
Sana07.05.2023
Hajmi255.97 Kb.
#1437027
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-амалий машғулот Дон экинлари (1)

Birinchi guruh donli о‘simliklarning barg tilchasi va barg
quloqchalarining tuzilishi.

Barg qismlari

Bug‘doy

Javdar

Arpa

Suli

Tilchasi,

Quloqchalari



kalta ozroq konussimon
mayda, aniq ifodalangan kо‘pincha kiprikchalari
bо‘ladi.

kalta

mayda kiprikchalar bо‘lmaydi, barvaqt qurib qoladi


yoki tushib ketadi

kalta

juda yirik,shox


simon shaklda, kiprikchalari bо‘lmaydi, kо‘pincha bir birining tagiga uchma-uch kirib turadi

Juda rivojlangan, cheti tishchali
quloqcha-
lari
bо‘lmaydi





Gultо‘plam . Donli о‘simliklarning gultо‘plami

  • bug‘doy, arpa, javdarda - boshoq

  • suli, jо‘xori, tariq, sholida rо‘vak

  • makkajо‘xorida esa gultо‘plam ikki xil; rо‘vak (otalik gultо‘plami) va sо‘ta (onalik gultо‘plami) bо‘ladi

Boshoqning tuzilishi. Boshoqli gultо‘plam, boshoq о‘qidan iborat bо‘lib, bu о‘simlik poyasining davomi hisoblanadi. Boshoq о‘qi tо‘g‘ri va bukilgan shaklga ega. Boshoq о‘qi bо‘g‘inchalar hosil qiladi, bо‘g‘inchalarda ustunchalar bо‘lib har bir ustunchada boshoqchalar joylashadi. Boshoq о‘qining har bir ustunchasida bug‘doyda, javdarda bittadan boshoqcha, arpada esa uchtadan boshoqcha о‘tiradi.
Boshoqcha - Har bir boshoqcha ikki tomonida bittadan ikkita boshoqcha qobig‘iga ega. Boshoqcha qobiqlarining orasida gullar joylashgan bо‘ladi. Bug‘doy boshoqchasi kо‘pgulli, boshoqcha qobiqlari orasida 2 tadan 5 tagacha gul joylashgan bо‘ladi. Javdarda 2-3 ta, arpada esa bitta boshoqchada bitta gul joylashadi.
Gul ikkita tashqi va ichki gul qobig‘iga ega. Tashqi gul qobig‘i yaxshi rivojlangan bо‘lib, qayiqcha shakliga ega bо‘lib, boshoqcha qobig‘i tomonida joylashgan. Bu gul qobiq donli о‘simliklarning qiltiqli shakllarida va navlarida qiltiq bilan tugallanadi. Bu qiltiqlar fotosintez nafas olish transpiratsiya jarayonlarida ma’lum rolni о‘ynaydilar.
Gul qobiqlarining orasida gulning generativ qismlari: tuguncha ikkita patsimon onalik va uchta otalik (faqat sholida 6 ta) joylashgan. Tuguncha bir uylik bо‘lib, uning ostki qismida ikkita mayin qobiq joylashgan, ular lodikule deb ataladi. Lodikule о‘ziga nam olib bо‘rtishi natijasida gul ochiladi.

Download 255.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling