O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Download 337.32 Kb.
bet30/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsion mahsulotlar narxi


Innovatsion mahsulot xarajatlari tuzilmasi ko’pchilik tovarlar va xizmatlar xarajatlari strukturasidan farq qiladi. Innovatsion mahsulotning o’ziga xosligi shundaki, intellektual mulk xarid qilish xarajatlari mahsulot tayyorlashning yakuniy bosqichlarida xarajatlar hajmini belgilab bera olmaydi. SHu bilan bir paytda innovatsion mahsulot qiymati doim ham uni tayyorlash xarajatlari bilan munosabatda bo’lavermaydi. Innovatsion mahsulot uni ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishda aniqlanadigan quyidagi xususiyatlarga ega: yuqori raqobatbardoshlik va ilmiy-texnik yangiliklar kiritishga sezuvchanlik; narx shakllantirishning o’ziga xosligi; iste‘molchilarning barqaror bo’lmagan talabiga bog’liqlik.


Innovatsion mahsulotni bozor tomon siljitish ushbu mahsulotga nisbatan o’ziga xos narx siyosati yuritini taqozo etadi. Narx siyosatini ko’rib chiqishda (yangilik- tovarni bozorga belgilangan narxda chiqarish hajmini rejalashtirishni hosila ko’rsatkich sifatida hisobga olib, umumiy mahsulot chiqarish hajmi va narxni rejalashtirish esa zarar kelitrmaslikni tahlil qilish bilan bog’liqlikda ko’rib chiqiladi) uning quyidagi asosiy variantlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Eng tarqalgan usul ba‘zida «soyabonli narx shakllantirish» deb ataladigan narx shakllantirish hisoblanadi. Bozorga yangi mahsulot chiqarish bo’yicha narx siyosatining ikkinchi varianti to’lovga layoqatli innovatsion talabni «to’g’ri topgan» mustahkam patent(mahsulotning texnik yangiligini tashkil qiladigan ko’plab tarkibiy qismlarni kapital sig’imi katta bo’lgan patentlashda) himoyasiga (yoki ularni mos keluvchi nou- xau bo’yicha tijorat sirlarini himoya qilishga, bunda raqobatchilarni nou-xau vositalaridan chegaralab qo’yish kuzatiladi) asoslanadigan variant hisoblanadi. Uchinchi variant bo’lib innovatsion monopoliya monopol ustama foyda olish uchun emas, balki xaridorlarni to’xtatish va shu usulda uning ortiqcha – o’zining kapitali – foydaga to’g’ri keladigan o’rtacha tarmoq ko’rsatkichlaridan yuqori kapitallashtirish yordamida baholanadigan innovatsion mahsulot doimiy mijozlari ko’rinishida firmaning o’ta qimmatli nomoddiy aktivini shakllantirish maqsadida foydalaniladigar variant xizmat qiladi.
Dinamik narx tizimlarini bunday talqin qilish bilan bozor mexanizmlarining mashhur bilimdoni Filipp Kotler shug’ullangan. Innovatsion tovarga narx belgilash strategiyasi o’ziga zosliklarga egadir. Bunda haqiqiy yangilik-tovar va uni o’xshatishga harakat qiladigan tovarni farqlay olish lozim. Patent bilan himoya qilingan, haqiqatda yangi bo’lgan tovarga narx belgilashda bir nechta strategiya farqlanadi: "qaymog’ini olish" strategiyasi (innovatsion mahsulotni bozorga chiqarishda standart bozor sharoitlarida optimal foydani ta‘minlaydigan narx darajasiga nisbatan ancha yuqori narx belgilash va kelgusida narxni asta-sekinlik bilan pasaytirish ko’zda tutiladi), kirib borish strategiyasi (mahsulot bozorga nisbatan arzon narxda chiqarilishi, biroq kelgusida kompaniya imkon qadar narxni ko’tarishga harakat qilishi ko’zda tutiladi), bozorga kirish uchun faqat arzon kirish narxlari strategiyasi (bozorga kirib borish strategiyasining eng chetki varianti va ekstremal holatlarni ifodalaydi. Ubozorga kirib borish strategiyasidan foydalanishdagidan ham arzon boshlang’ich narx darajasi belgilashni nazarda tutadi).
Yangi tovar-imitatorga narx belgilashda tovar narxi va sifatiga qarab quyidagi strategiyalar farqlanadi: mukofot ustamalari strategiyasi, bozorga chuqur kirib borish strategiyasi, oshirilgan narx strategiyasi, o’rtacha daraja strategiyasi, sifatlilik strategiyasi, talon-taroj strategiyasi, namunali biznes strategiyasi va h.k.
Korxonalar ko’pincha ilgari o’zlashtirilgan mahsulot o’rnini almashtirmaydigan, lekin mavjud mahsulotlar parametrik qatorini to’ldiradigan yoki kengaytiradigan mahsulotni loyihalash va o’zlashtirishga majbur bo’ladi.
Mahsulot birligiga xarajatlar normativlarini hisobga olgan holda uning iste‘mol xususiyatlari darajasiga qarab, yangi mahsulot narxini tashkil qilishning qator usullari mavjud. Bunday usullar ekonometrik usullar nomini olgan bo’lib, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • solishtirma ko’rsatkichlar usuli;

  • regression tahlil usuli;

  • ball usuli.

Ekonometrik usullarning uchchalasiga ham xos bo’lgan umumiy kamchilik narxning faqat tovar xususiyatlariga bog’liq ekanligi taxmin qilinishi hisoblanadi.
Raqobatchi firmalar o’z tovari narxini uning sifat ko’rsatkichlari asosidagina belgilamasdan, o’zining narx siyosatiga amal qilgan holda narxni oshirishi yoki tushirishi mumkinligi hisobga olinmaydi.



    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling