158
3-BOB. IQTISODIYOT SOHALARIDAGI AXBOROT KOMPLEKSLARI
O‘RTASIDAGI O‘ZARO INTEGRATSIYA
3.1. Integratsiyalashgan axborot tizimlari qahida tushuncha
Korxonaning zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi zamonaviy axborot
texnologiyalarining ishlashi, biznes maqsadlarini ro‗yobga chiqarish uchun integratsiya
muhiti hisoblanadi. Bitta axborot tizimi doirasida turli
boshqaruv funksiyalarini
avtomatlashtiruvchi va boshqaruvning turli bosqichlaridagi qaror qabul qilish
jarayonida tayyorgarlik bosqichida faol qo‗llanuvchi o‗nlab ATlar ishlatilishi mumkin.
(3.1.1-rasm). Shu munosabat bilan bugungi kunda ichki bozorni ishlab chiqish va joriy
etishda ikkita asosiy yo‗nalish hukmronlik qilmoqda.
Birinchisi, masalan, korxona avtomatlashtirish tizimini faqat o‗z faoliyatining
ayrim sohalarida tanlangan (―lokustli‖) avtomatlashtirish bilan ta‘minlab va
keyinchalik ularni umumiy tizimga birlashtirishni taklif etib joriy etishga harakat qiladi.
Garchi, bu yo‗l,
bir qarashda, kam xarajatdek ko‗rinsada, bu kabi tizimlarni amalga
oshirish tajribasi shunga o‗xshash loyihalarda minimal xarajatlar ko‗pincha
eng kam
daromadga aylanishini ko‗rsatdi yoki umuman kutilgan natijani keltirib chiqarmaydi.
Ikkinchi yo„nalish — avtomatlashtirish tizimini kompleks amalga
oshirish va jarayonlarni axborotlashtirib kuzatish, bu menejment tizimining barcha
bo‗g‗imlarini: ishlab chiqarishni qismlarga ajratishning
eng past bosqichidan
yuqori boshqaruv darajasigacha egallashga imkon beradi.
Bu kabi holatlarda
ushbu integratsiyalangan tizim quyidagilarni o„z ichiga oladi:
•
boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta‘minlash,
tahlil qilish va strategik rejalashtirish jarayonlari;
•
korxona faoliyatining ko‗plab yo‗nalishlarini
avtomatlashtirish
(buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruv, shaxsiy, savdo, ta‘minot va hokazo);
•
korxonaning asosiy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va
axborot bilan ta‘minlash.
3.1.2 –rasmda korxona boshqaruvida integratsiyalashgan tizimni
apparat
kommunikativ amalga oshirishning umumiy sxemasi ko‗rsatilgan
1
.