192
QQQQQTning ixtisoslashtirilgan tizimostilari, odatda, tashkilotni yuqori va
o‗rta darajada boshqarishda qo‗llaniladi. Kompaniya rahbarlari va etakchi
menedjerlari mamlakatda biznes faolligi yoki iqtisodiy vaziyat o‗zgarishida
QQQQQTning moliyaviy modulidan kompaniya
aktivlardan foydalanish
samaradorligining o‗sishi yoki pasayishini prognozlash maqsadida foydalanishlari
mumkin. O‗rta bo‗g‗im menedjerlariga ham xuddi shu tizim bajariladigan
loyihalar bo‗yicha qisqa muddatli investitsiyalar istiqbolini baholash uchun foydali
bo‗lishi mumkin. Loyiha rahbarlari uchun – bu moliyaviy va resursli rejalashtirish
hamda rejalashtirilayotgan xaridga ko‗ra vositalarni taqsimlash uchun quroldir.
QQQQQT odatda quyidagi standart komponentlardan tashkil topadi:
dasturiy yadro, ma‘lumotlar ombori, ma‘lumotlarni
qayta ishlash va tahlil
qilishning tahliliy vositasi,
vizualizatsiya va axborot, telekommunikatsiya
qurilmalarini taqdim etish vositasi.
Ma‘lumotlar ombori tuzilishda tashkil etilgan va tahliliy operatsiyalarni amalga
oshirish uchun optimallashtirilgan korporativ ma‘lumotlarni
saqlashning yagona
muhitini taqdim etadi
.
Tahliliy muhit axborot texnologiyalari sohasida maxsus bilimga ega bo‗lmagan
oxirgi foydalanuvchiga navigatsiya va fan sohasi atamalarida ma‘lumotlarni taqdim
etishni amalga oshirishga imkon beradi
. Foydalanuvchilar
uchun QQQTning turli
tasniflari interfeyslarning har xil turlari bilan o‗z servislariga kirishga yordam
beradi (3.3.2-rasm).
Tahliliy tizimlar uchta asosiy vazifa: hozirgi vaqtda
turli darajada shaklga
solingan turlicha keng ko‗lamli axborotlarni tahlil qilish,
keyin biznes vaziyatlarini
rivojlantirish modellarini yaratish va hisobot kiritish bilan ma‘lumotlarni intelektual
tahlil qilishga imkon beradi
.